1– tajriba ishi Yanchish apparatlarda rudalarning yanchilish darajasini aniqlash Ishdan maqsad



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#167402
  1   2
1-Tajriba ishi



1– tajriba ishi 
Yanchish apparatlarda rudalarning yanchilish darajasini aniqlash 
Ishdan maqsad
: Rudalarning qattiqligini, yanchilish darajasini va yanchuvchi 
uskunalarning tuzilishini o„rganish. 
Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar 
Yanchish jarayoni rudani boyitishdan oldingi tayyorlash jarayoni hisoblanadi. 
Boyitish usuliga qarab rudalar 10 – 20 mm dan 0,1 – 0,04 mm yiriklikgacha 
yanchiladi. 
Dastlabki va yanchilgan mahsulotlar tarkibidagi eng katta bo„laklarning nisbati 
yanchish darajasi deb ataladi. 
Yanchish darajasi chiziqli (i=d
b
/d
o
) va hajmiy (i=v
b
/v
o
) yanchish darajalariga 
bo„linadi. Bu yerda “b” va “o” indekslari boshlang„ich va oxirgi o„lcham va hajmni 
ko„rsatadi.
Amalda eng katta bo„laklar va yanchilgan mahsulot o„lchamlari elak 
ko„zining o„lchamlari bilan belgilanadi. Bunda elak ko„zining shakli dastlabki va 
yanchilish mahsulot uchun bir xil bo„lishi kerak (dumaloq, kvadrat, to„g„ri 
to„rtburchak va h.k.). 
Rudali jismni kerakli o„lchamgacha maydalash va yanchish ezilish
ishqalanish, zarba, kesilish va h.k. usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. 
1.
Ezilish – ruda yuk ta‟sirida butun hajm bo„ylab deformatsiyalanadi va undagi 
ichki kuchlanish uning mustahkamligi (siqilish) dan oshib ketganda – ruda 
parchalanadi (4.1 – rasm, a). 
2.
Bo„linish – ruda, tegirmonning maydalovchi tig„li ishchi elementlari hisobiga 
ezilib, yuklama konsentratsiyasi yuqori bo„lgan joylaridan parchalanadi (4.1 – rasm, 
b).
3.
Sindirish – rudani egilish kuchlari ta‟sirida rudaning parchalanishi (4.1-rasm, e).
4.
Kesish – rudani oldindan belgilangan o„lcham va shakldagi qismlarga bo„linadi 
(4.1-rasm, f). 
5.
Arralash – natijalar yog„och taxtalarni arralash natijasida hosil bo‟luvchi yog„och 
taxta qirindilari bir xil bo„ladi (4.1 – rasm, g). 


6.
Ishqalanish – ruda siqish, tortish va kesish kuchlari ta‟sirida yanchiladi (4.1 – 
rasm, h). 
7.
Siqiq zarba – ruda, tegirmonning ikkita ishchi qismi orasida parchalanadi. 
Bunday parchalanishning ta‟siri zarba kuchining kinetik energiyasiga bog„liq. (4.1 – 
rasm, i). 
8.
Erkin zarba – rudaning parchalanishi uni tegirmonning ishchi organi bilan yoki 
boshqa harakatlanayotgan jismga (ruda bo„laklarining bir biriga urilishi) to„qnashuvi 
natijasida sodir bo„ladi. Bunday parchalanishning ta‟siri, rudalarning yoki 
tegirmonning ishchi qismi harakatlanishidan qat‟i nazar, ularning to„qnashuv tezligi 
bilan belgilanadi (4.1-rasm, j). 
Sanoatda maydalash uchun “ezilish” usuli bo„yicha ishlovchi jag„li 
maydalagichlar, “ezilish va ishqalanish” bo„yicha ishlovchi konusli maydalagichlar
yanchish uchun “siqiq zarba” usuli bo„yicha ishlovchi sharli tegirmonlar, “erkin 
zarba” usuli bo‟yicha ishlovchi o„ziyanchuvchi tegirmonlar va h.k.lar ishlatiladi. 
4.1-jadval 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin