1-Topshiriq. Taqdimot ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar Talaba nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan taqdimot ishini bajarish talab etiladi. O‘qituvchi tomonidan taqdimot mavzulari talabaga biriktirib beriladi yoki talaba o‘zi ham mavzuni tanlashi mumkin.
Taqdimot ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Taqdimot mavzusi yuzasidan adabiyotlar va ilmiy manbalar o‘rganilib chiqiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar 12 tadan kam bo‘lmasligi
Umumrivojlantiruvchi mashqlarning ketma-ketligi to‘g'ri bo‘lishi
Umumrivojlantiruvchi mashqlar ixtiyoriy tanlanadi
Taqdimot ishi Power Point dasturida 4-5ta sahifadan oshmagan holda tayyorlanadi.
Taqdimot ishini mazmunini yoritishda video, audio yoki suratlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bilan taqdimot ishini boyitish.
Taqdimotni HEMIS platformasiga yuklash.
Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar:
mavzuning dolzarbligi;
asosiy qism;
xulosa;
taklif va tavsiyalar.
1-TOPSHIRIQ. TAQDIMOT MAVZULARI
№
Topshiriq savollari
Talabaning tartib raqami
1
Umumrivojlantiruvchi mashqlar (buyumsiz)
1-100 gacha
2
Umumrivojlantiruvchi mashqlar (buyumlar bilan)
1-100 gacha
3
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni amaliy bajarish
1-100 gacha
1-TOPSHIRIQNI BAHOLASH ME’ZONI
№
Baholash me’zoni
Qo‘yiladigan ball
1
Berilgan mavzuni to‘liq yoritib berishi, mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi asosiy qismni yoritish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Shuningdek:
-umumrivojlantiruvchi mashqlar 12 tadan kam bo‘lmasligi;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarning ketma-ketligi to‘g'ri bo‘lishi;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarning mazmunini to‘g‘ri yoritish;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarga uslubiy ko‘rsatmalari to‘g‘ri berilsa;
- ikki daqiqa vaqt ichida umumrivojlantiruvchi mashqlarning video ko‘rinishida bajarib taqdim etish;
-mashqlar texnikasini to‘g‘ri bajarilishi;
-mashqlarni sport formasida ko‘rsatish;
20-16 balgacha
2
Berilgan mavzuni to‘liq yoritib berishi, mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi asosiy qismni yoritish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Shuningdek:
- umumrivojlantiruvchi mashqlar 12 tadan kam bo‘lmasligi;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarning mazmunini to‘g‘ri yoritish;
- umumrivojlantiruvchi mashqlarga uslubiy ko‘rsatmalari to‘g‘ri berilsa;
- ikki daqiqa vaqt ichida umumrivojlantiruvchi mashqlarning video ko‘rinishida bajarib taqdim etish;
15-11 balgacha
3
Berilgan mavzuga sayoz yondoshuv bo‘lsa, mavzu qisqa va yetarlicha ochib berilmasa, hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
balgacha
4
Talaba topshiriq bo‘yicha ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘ysa, boshqa talaba tomonidan bajarilgan topshiriqni o‘zlashtirsa, berilgan topshiriqqa (mavzuga) oid material yuklamasa, topshiqir belgilangan muddatlariga qat’iy amal qilmasa hamda fan (mavzu) bo‘yicha aniq tasavvurga ega emasligi.