1. Vegetativ ko`payishga hizmat qiladi. O`simlikni tuproqqa biriktiradi



Yüklə 7,86 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü7,86 Kb.
#184735
7-mavzu ildiz turlari va tizimlari-hozir.org


7-mavzu ildiz turlari va tizimlari

7-MAVZU: ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI

Ildizning vazifalari

ILDIZ o`simliklarning vegetativ organi bo`lib u quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:

1. Vegetativ ko`payishga hizmat qiladi.

2. O`simlikni tuproqqa biriktiradi.

3. Tuproqdan suv va unda erigan tuzlarni shimadi va o`simlikning yer ustki qismiga yetkazadi.

Ildiz novdadan farq qilib barg hosil qilish hususuyatiga ega emas.

Ildizning turlari


  • Ildizlar, odatda kelib chiqishiga ko`ra asosiy, yon va qo`shimcha ildizlarga bo`linadi.


ILDIZ

ASOSIY

YON

QO`SHIMCHA

Ildizning turlari


  • Asosiy ildiz murtakdagi

  • Qo`shimcha ildizlar

      barg va poyadan hosil bo`ladi.


  • Yon ildizlar asosiy va qo`shimcha

      ildizdan hosil bo`ladi.

Ildiz tizimi (sistemasi)


  • Bir tup o`simlikdagi ildizlar yig`indisiga ildiz tizimi yoki ildiz sistemasi deyiladi. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi o`simlik turiga, ildizning shoxlanishiga, qo`shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog`liq.

  • Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra o`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi.

O`q ildiz tizimi


  • Murtakdagi boshlang`ich ildizlar o`sishda davom etsa, undan yon ildizlar o`sib chiqadi, natijada o`q ildiz tizimi hosil bo`ladi.

  • O`q ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi

      rivojlangan bo`lib, undan yon ildizlar

      o`sib chiqadi.


  • Bu ildiz ikki urug`pallali o`simliklarga

      xos bo`lib, uni do`lana terak, saksovul,

      na`matak, g`o`za, quvun, tarvuz, no`xat,

      loviya va mosh kabilar misolida ko`rish

      mumkin.

Popuk ildiz tizimi


  • Agar murtakdagi boshlang`ich ildiz o`sishda davom etmasa, u holda boshlang`ich poyadan qo`shimcha ildizlar o`sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo`ladi.

  • Popuk ildiz tizimi mayda qo`shimcha va

      yon ildizlardan tashkil topadi.

      Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi.


  • Bunday ildizlar, asosan, bir urug`pallali

      o`simliklarda uchraydi.

      Masalan bug`doy, makkajo`xori, arpa

      kabi o`simliklarda.

Xulosa!!!

ILDIZ TURLARI


  • ASOSIY ILDIZ

  • YON ILDIZ

  • QO`SHIMCHA ILDIZ

ILDIZ TIZIMLARI YOKI SISTEMALARI


  • O`Q ILDIZ

  • POPUK ILDIZ

BILIMINGIZNI SINAB KO`RING!

1. Ildiz yuksak o`simliklarning qanday organi hisoblanadi?


  • Vegetativ

  • Generativ

  • Yuksak o`simliklarda ildiz rivojlanmagan.

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

2. Tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimib, o`simlikning yer ustki qismiga yetkazib beradigan organ bu …..?


  • Barg

  • Poya

  • Ildiz

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

3. Ildizning novdadan farq qiluvchi belgisini ko`rsating.


  • Qo`shimcha ildiz hosil qilishi

  • Barg hosil qilmasligi

  • Oziq modda to`plashi.

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

4. Ildizning turlarini (kelib chiqishiga ko`ra hillarini) ko`rsating.

1.o`q ildiz 2.asosiy ildiz 3.qo`shimcha ildiz 4.popuk ildiz 5.yon ildiz.


  • 2,3,5

  • 1,2,3

  • 1,4,5

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

5. Murtakdagi boshlang`ich ildizning bevosita o`sishidan nima hosil bo`ladi?


  • Popuk ildiz tizimi

  • Asosiy ildiz

  • Yon ildizlar

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

6. Qo`shimcha ildizlar qayerdan hosil bo`ladi?


  • Bargdan

  • Poyadan

  • A va C javoblar to`gri

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

7. Yon ildizlar qayerdan hosil bo`ladi?


  • Barg va poyadan

  • Asosiy va qo`shimcha ildizdan

  • Murtakdagi boshlang`ich poyadan

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

8. Bir tup o`simlikdagi ildizlar yig`indisi nima deb ataladi?


  • Ildiz turlari

  • Ildiz tizimi yoki sistemasi

  • Ildizpoya

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

9. Ildiz tizimi hillarini belgilang.

1.o`q ildiz 2.asosiy ildiz 3.qo`shimcha ildiz 4.popuk ildiz 5.yon ildiz.


  • 1,4

  • 2,3,5

  • 1,2,4

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

10. Qanday ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo`lib, undan qo`shimcha va yon illdizlar o`sib chiqadi?


  • Popuk ildiz

  • Asosiy ildiz

  • O`q ildiz

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

11. Qaysi ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi rivojlanmay, boshlang`ich poyadan qo`shimcha ildizlar o`sib chiqadi?


  • O`q ildiz

  • Popuk ildiz

  • Yon ildiz

BIIMINGIZNI SINAB KO`RING!

12. Ildizlar kelib chiqishiga ko`ra (a), va tizimiga ko`ra (b) hillarini belgilang:

1.o`q ildiz 2.asosiy ildiz 3.qo`shimcha ildiz 4.popuk ildiz 5.yon ildiz.


  • a-2,3,5 b-1,4

  • a-1,4 b-2,3,5

  • a-1,2,3 b-4,5

UYGA VAZIFA

1. 7-mavzu, ya`ni “Ildiz turlari va tizimlari” mavzusini yaxshilab o`qib chiqib savol-javobga tayyorgarlik ko`rish.

2. Mavzu ohirida, ya`ni 23-betda keltirilgan 3 ta savolga daftarga javob yozish.

3. Ildiz rasmlarini daftarga chizib olish.

E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR !!!



http://hozir.org
Yüklə 7,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin