Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni



Yüklə 52,02 Kb.
səhifə1/8
tarix25.10.2023
ölçüsü52,02 Kb.
#161280
  1   2   3   4   5   6   7   8
ExtractPagesResult 2023 10 23 05 39 54


Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi (10.3-rasm).
1
8

6


0
O’rtacha va chekli


mahsuldorli
APL, MPL
Mehnat sarfi, L

L
1 2 3 4 8
10.3-rasm. Bir o‘zgaruvchi omil (L-mehnat) sarfida ishlab chiqarish
grafigi

Agar biz o‘zgaruvchan omil sifatida mehnat sarfini qarasak (kapital sarfi o‘zgarmaganda), mehnat sarfi kichik miqdorda oshganda mahsulot ishlab chiqarish hajmini anchagina oshiradi, nima uchun deganda, boshlang‘ich davrda mehnat sarfining oshishi kapitaldan to‘liqroq foydalanish imkonini beradi. Natijada chekli mahsuldorlik, umumiy va o‘rtacha mahsuldorlik oshadi. Lekin pirovard natijada ishchilar sonining oshishi (kapitalning o‘zgarmaganligi) chekli mehnat unumdorligini kamayishiga olib keladi, ya’ni omil mahsuldorligining kamayish qonuni ishlay boshlaydi.


Omil mahsuldorligining (bir birlik qo‘shimcha omil sarfiga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha mahsulot) kamayish qonuni qisqa muddatli oraliqqa xosdir, chunki bu

oraliqda kamida bitta omil o‘zgarmasdir. Uzoq muddatli oraliqda barcha omillar ma’lum miqdordagi kombinatsiyada oshsa ishlab chiqarish hajmi ham oshib boradi.
Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi. Mahsuldorlik kamayish qonuni ma’lum bir ishlab chiqarish texnologiyasida o‘rinlidir (10.3-rasm). Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotiga ko‘ra umumiy mahsulot miqdori, o‘rtacha va chekli mahsulot miqdorlarini qarab chiqamiz: O‘rtacha mahsulot va chekli mahsulot chiziqlari bir-biri bilan bog‘liqdir. Agar chekli
mahsulot o‘rtacha mahsulotdan katta bo‘lsa MPL AP , o‘rtacha mahsulot o‘sadi.

Rasmda
NA'
oraliqda chekli mahsulot MPL o‘rtacha mahsulot AP dan katta

bo‘lgani uchun, o‘rtacha mahsulot o‘sadi. A nuqtada, chekli mahsulot maksimumga
erishadi. AM oraliqda chekli mahsulot kamayib, M nuqtada o‘rtacha mahsulotga
teng bo‘ladi. MC oraliqda MPL AP bo‘lgani uchun o‘rtacha mahsulot kamayib boradi.
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni absolyut bo‘lmasdan nisbiy xarakterga egadir va u ma’lum ishlab chiqarish texnologiyasiga qo‘llaniladi. Vaqt o‘tishi bilan texnologiyaning takomillashuvi, mahsulot ishlab chiqarish chizig‘ini yuqoriroqga ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, birinchi texnologiyada o‘zgaruvchan mehnat resursidan maksimal foydalanish L1 bo‘lsa (10.4-rasm), yangi, takomillashgan 2-texnologiyaga o‘tilishi, mehnat sarfi hajmini L2 ga oshiradi
L2 L1 , yanada takomillashgan 3-texnologiyaga o‘tilishi mehnat sarfini L3
miqdorgacha oshiradi L3 L2 L1 .
Mahsulot C

Yüklə 52,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin