Izokosta va ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtiruvchi omillar sarfini aniqlash
Ishlab chiqarish resurslari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish masalasi firmalar uchun asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalani soddalashtirish uchun ikkita o‘zgaruvchi omilni ko‘ramiz: mehnat va kapital. Mehnat sarfi ( L ) soatbay ish haqi bilan, kapital sarfi ( K ) - uskuna, mashina va mexanizmlardan foydalanish vaqti (soatlarda) o‘lchanadi. Faraz qilaylik, mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanadi va ijaraga olinadi. Mehnat haqi bir soatlik ish haqi bilan o‘lchanadi va uni W orqali belgilaymiz. Kapital narxi - uskuna, mashinalarning bir soatlik ijara haqiga teng deylik va uni r deb belgilaymiz.
Mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanishi va ijaraga olinishini e’tiborga olsak, ularning narxi bozorda aniqlanadi va o‘zgarmaydi. Demak, mehnat va kapital narxlari o‘zgarmaydi. Berilgan xarajatlarda ishlab chiqarishni maksimallashtirish masalasini qarashda xarajatlar chizig‘idan, ya’ni izokostadan foydalanamiz.
Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo‘lib, u umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oladi, ya’ni umumiy qiymati bir xil bo‘lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oladi.
Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni S deb
ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
C W L r K
(1)
Demak, firmaning ishchi kuchiga sarfi bilan kapitalga sarfi yig‘indisi uning umumiy xarajati C ga teng.
Izokostani grafikda quyidagicha aniqlaymiz:
munosabatdan
K 0
bo‘lsa, ya’ni firma mablag‘ini faqat ishchi kuchiga
sarflasa, u
L C
W
miqdorda ishchi kuchi yollashi mumkin.
nuqtani gorizontal o‘q
W
bo‘lsa,
K C
r
kapitalni ijaraga olish mumkin.
C
r nuqtani vertikal o‘q bo‘yicha
joylashtiramiz.
K - Kapital
Dostları ilə paylaş: |