1.X-XII asrlarda Bolosog‘un
shahri qaysi
davlatlaming poytaxti bo‘lgan?
A)G‘aznaviylar, qoraxoniylar
B)Qoraxoniylar, qoraxitoylar
C)Saljuqiylar, xorazmshoblar
D)G‘aznaviylar, saljuqiylar
2.Nasr ibn Sayyor noibligi davrida ...
1)Moliya islohoti o‘tkazildi; 2)Mahalliy aholiga
nisbatan jazo choralari kuchaytirildi; 3)Islomni
yangi qabul qilganlar jiz’yadan ozod etildi; 4)Yer egasining e'tiqodiga qarab xiroj to‘lashi belgilab
qo’yildi
A)1,2,3 B)1,3 C)3,4 D)1,2,4
3. Quyidagi davlatlar va ularning poytaxti
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1)Qarluqlar davlati; 2)O‘g‘uzlar davlati;
3)Qoraxitoylar davlati; 4)Kidariylar davlati.
a) Bolasog‘un; b)Balx; c)Suyob; d)Yangikent.
A)1-d; 2-c; 3-a; 4-b B)1-b; 2-c; 3-d; 4-a
C)1-c; 2-d; 3-a; 4-b D)1-c; 2-d; 3-b; 4-a
4. Quyidagi voqealar va ularning sanasi to‘g‘ri
ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1)Yoqub va Amir ibn Lays boshchiligidagi
qo‘zg‘olonchilar Nishopurni egalladi;
2)Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib,
dashtliklarga zarba berdi; 3)Rofe ibn Lays
boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon
ko‘tarildi; 4)Tohir ibn Husayn xutbadan xalifa
nomini chiqartirib tashladi.
a)893-yil; b)873-yil; c)806-yil; d)822-yil.
A)1-c; 2-b; 3-d; 4-a B)1-b; 2-a; 3-c; 4-d
C)1-b; 2-c; 3-a; 4-d D)1-a; 2-b; 3-d; 4-c
5. XIII asr boshida
Xorazm davlatining
chegaralarini mos ravishda belgilang.
1)Shimoli-g’arbiy va g’arbiy; 2)Janubi g’arbiy;
3)Janubi sharqiy; 4)Shimoli- sharqiy.
a)Orol va Kaspiy dengizi sohillari; b)Iroq;
c)G’azna; d)Yettisuv va Dashti Qipchoq.
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
6. O‘rta asrlarda Xorazm davlatining
mustaqillikka erishishi qaysi hukmdor nomi
bilan bog‘liq?
A)Anushtegin B)Qutbiddin Muhammad
C)Otsiz D)Elarslon
7. O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda
tashkil topgan hokimliklar va ularga oid
ma’lumotlar to‘g‘ri muvofiqlashtirilgan javobni toping.
1) . . . mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi edi;
2) . . . da ayniqsa qurolsozlik rivojlangan;
3) . . . qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha
buyumlar va dori-darmonlar chiqargan;
4) . . . tangalarining old betida hukmdor surati,
ayrim tangalarda esa, hukmdorga yonma-yon
malika tasviri tushirilgan
a)Choch; b)Sug‘d; c)Farg‘ona; d)Toxariston
A)1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
8. Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo aholisining
madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar,
xususan . . .
A)dasht aholisi mahalliy me’morchilik an’analari
bilan uyg‘unlashib ilk o‘rta asr madaniyatining
shakllanishida muhim rol o‘ynadi
B)Turkiy xalqlar madaniyati an’analarining
qo‘shilishi va ilk o‘rta asrlar madaniyati
ravnaqiga olib keldi
C)Xitoy va Eron
tasviriy uslublari bilan
uyg‘unlashuvi yuz berib ilk asrlar
madaniyatining shakllanishiga ta’sir etdi
D)Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan
uyg‘unlashib ilk o‘rta asrlar madaniyatining
shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi
9. Qoraxoniylar iqto yerlarni hukmron
sulola namoyondalaridan tashqari kimlarga
hadya qilganlar?
1)sayidlarga; 2)oliy darajali harbiylarga;
3)davlat ma‘murlariga; 4)arablarga; 5)mahalliy
zodagonlarga; 6) dehqonlarga
A)2, 4, 6 B)2, 3, 6 C)1, 4, 5 D)2, 3, 5
10. IX asrning so‘nggi choragiga kelib
Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari
qaysi davlat (sulola) tasarrufiga o‘tgan?
A) Tohiriylar B) Safforiylar
C) Somoniylar D) Qoraxoniylar
11. Quyidagilardan Xorazmda Anushteginiylar
sulolasi hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida
sodir bo‘lgan voqeani belgilang.
A)Ibrohim Bo‘ritegin Amudaryo bo‘yi
viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh va
Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oldi.
B)Buxoro Nasr Eloqxon boshchiligidagi
qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan
Somoniylar
hukmronligi batamom barham
topdi.
C)Alptegin G‘azna va Kobul viloyatlarini
mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar
davlatiga asos soldi.
D)Qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida
qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga
qaqshatqich zarba berdilar.
12. Ma’muniylar sulolasi davrida Gurganchda
shoh qarorgohi, markaziy boshqarma –
devonxona tashkil etilgan bo‘lib, uning
tarkibida faoliyat yuritgan mahkamalarni
toping.
1) ziroat; 2) ma’muriy; 3) savdo-tijorat;
4) moliya; 5) zarbxona; 6) mulkchilik; 7)soliq.
A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 7
13. Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar
(b)tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning
etnogenezida muhim rol o‘ynagan;
2)Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish
daryosining o‘rta oqimida yashaganlar;
3)Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos
solganlar; 4) davlat
poytaxti Chu daryosidan
shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan;
5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu
hududda o‘z davlatlariga asos solganlar;
6) X asrning birinchi choragida shimolisharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga
uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va
tojiklarning etnogenezida muhim rol
o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri
bo‘lgan
A) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8
B) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7
C) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6
D) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8
14. Quyidagi voqealardan Arab xalifaligida
Muoviya I hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida
bo‘lib o‘tganlarini toping.
1) Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib
o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kirdi;
2) arablarning Maymurg‘ga ilk hujumlari
amalga oshirildi; 3) Qutayba ibn Muslim
boshchiligidagi arablar Movarounnahrni zabt
etishga kirishdi; 4) arablarning
Chag‘oniyonga ilk hujumlari amalga oshirildi
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3
14. Quyidagi qaysi Xuroson noibining boshqaruvi
xalifa Marvon II hukmronligi davriga to‘g‘ri
keladi?
A) Abu Muslim B) Qutayba ibn Muslim
C) Ashros D)
Nasr ibn Sayyor
15. Quyidagilardan G‘aznaviylar saroyida ijod
qilgan buyuk mutafakkirlar to‘g‘ri
ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Abu Rayhon Beruniy; 2) Muhammad
Narshaxiy; 3) Nosir Xusrav; 4) Ibn Sino;
5) Gardiziy; 6) Atomalik Juvayniy; 7)
Mirxond; 8) Bayhaqiy
A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 4, 6, 8
C) 1, 3, 5, 8 D) 3, 4, 6, 7
16. Quyidagi voqealarni bo’lib o’tgan asriga
qarab to’g’ri tartibda joylashtiring
1)VI asrning ikkinchi yarmi; 2)VII asrning
birinchi yarmi; 3)VII asrning dastlabki
choragi; 4)VI asr; 5)VI asr o’rtalari
a)Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va
Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha
hokimliklari mavjjud edi; b)G’arbiy
Turk
xoqonligi nihoyatda kuchayadi; c)Abruy
boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tadi; d)G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida
iqtisodiy aloqalar faollashadi; e)Oltoy va
Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni
birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi
A)1-c,2-d,3-b,4-a,5-e B)1-c,2-d,3-a,4-b,5-a
C)1-c,2-d,3-b,4-e,5-a D)1-c,2-d,3-e,4-a,5-b
17. Quyidagi arab xalifalarining
hukmronlik yillariga qarab xronologik
tartibda joylashtiring
1)Umar ibn Abdulaziz; 2)Marvon II; 3)Mansur;
4)Horun ar-Rashid; 5)MuoviyaI
A)5,1,2,4,3 B)1,5,2,3,4 C)5,1,2,3,4 D)5,1,3,2,4
18. Samarqand, Buxoro va Kesh vohalarining o’n bitta yirik mulklarining har biri.....
A)o’z hokimi, kumush puli va davlat xazinasiga ega edi
B)o’z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi
S)o’z hokimi, alohida soliqlari va boshqaruv ma’muriyatiga ega edi
D)o’z qo’shini, sug’orish inshootlari va mis puli birligiga ega edi
19. Saljuqiylar davlatidan dastlab qaysi hududlar ajralib chiqib ketdi?
A)Kichik Osiyo va Kermon
B) Fors va Ozarbayjon
S)Xuroson va Hindiston
D)
Armaniston va Ozarbayjon
20. Jaloliddin Xorazmshoh tarixiga oid
quyidagi janglarni to’g’ri xronologik
tartibda belgilang
1)Basra yaqinidagi jang; 2)Isfaxon yaqinidagi;
3)Parvon dashtidagi jang; 4)Arzinjondagi jang;
5)Garni qal’asi yaqinidagi jang
A)3, 1, 5, 2, 4 B)2, 3, 5, 4, 1
C)5, 3, 4, 1, 2 D)3, 5, 2, 1, 4
21. Quyidagilardan Abbosiylar (a) va Somoniylar
(b) tomonidan Xurosonga noib etib tayinlangan
shaxslarni belgilang.
1) Tohir ibn Husayn; 2) Rofe ibn Lays;
3) Sobuqtegin; 4) Ibrohim Bo‘ritegin
A) a - 1, b – 3 B) a - 2, b - 4
C) a - 2, b – 3 D) a - 1, b – 4
22. X asr oxirida barham topgan sulolalarni
aniqlang.
A) ma’muniylar va somoniylar
B) tohiriylar va safforiylar
C) afrig‘iylar va somoniylar
D) g‘aznaviylar va tohiriylar
23. Arab xalifasi Mansur davrida bo‘lib o‘tgan
qo‘zg‘olonni aniqlang.
A) Bobak qo‘zg‘oloni
B) Abu Muslim qo‘zg‘oloni
C) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni
D) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni
24. Somoniylar davrida isyon ko’targan
Ibrohim
kimning yordamida Buxoro taxtni egallaydi?
A) Sabutegin B) Nux ibn Nasr
C) Abu Ali Chag’oniy D) Foyiq
25. Xorazmshoh Otsiz dastavval qaysi qabilalarni
o’ziga bo’ysuntiradi?
A) turkman va qipchoqlarni
B) qarluq va o’g’uzlarni
C) qang’li va turkmanlarni
D) qo’ngirot va naymanlarni
26. Xorazimshohlar davlati hukmdorlari ketmaketligi to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.
A) Otsiz, Elarslon, Aloviddin Muhammad,
Takash
B) Qutbiddin Muhammad, Otsiz, Elarslon,
Takash
C) Shohmalik, Otsiz, Elarslon, Takash
D) Takash, Aloviddin Muhammad, Otsiz,
Abulg’ozi
27. Quyidagi qaysi hududlar Sharqiy Turк xoqonligi
tarkibiga kirgan?
A) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo
havzalari
B)
Sharqiy Xitoy, Oltoy va Yettisuvning shimoliy qismi
C) Shimoliy Xitoy, Janubiy Sibir va Urxun havzasi
D) Shimoliy Xitoy, Mo'g'iliston va G‘arbiy Sibir
28. O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli
mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi.
Ular huzuriga xoqonlikning noiblari -... yuboriladi?
A) Ixshid B) Yabg’u C) Tudun D) Dehqon
29. ....davrida aholining tabaqalanishi, ya’ni mulkiy tengsizlik
kuchayib borgan. Shu boisdan davlat boshqaruvida qonun
qoidalar tarkib topgan. Davlat harbiy kuchga tayangan,
jinoyat uchun juda qattiq jazolangan.
A) Eftaliylar B) Turk xoqonligi
C) Xorazmshohlar D) Kidariylar
30 Quyidagi qaysi hududlar Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga tobeligini izohr etib, umumiy dushman - mo`g`ullarga qarshi kurash istagini bildirishadi?
1.Kirmon 2.Fors 3. Isfahon 4.Badaxshon
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 2,3
.