Buxoro xonligi



Yüklə 91,19 Kb.
səhifə1/2
tarix12.05.2022
ölçüsü91,19 Kb.
#57639
  1   2
BUXORO XONLIGI


BUXORO XONLIGI

BUXORO XONLIGI (amirligi) — uzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (16—20-a.boshlari). 1533-y. gacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510-y. Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnaxr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar. Shu vaqtdan boshlab Movarounnaxr butunlay shayboniylarga tobe boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda xonlikka hoz. Uzbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon kirgan. Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda boʻlaklarga boʻlinib ketgan. Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon, Samarqandda esa Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon mustaqillik eʼlon qilgan. Balx va Badaxshonda shayboniylardan Pirmuhammadxon mustaqil hukmronlik qilgan. Shu yillari shayboniy sultonlari va mahalliy mulqdorlarning hokimiyat uchun kurashi kuchaygan. Toshkent va Turkistonda Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonqolda Iskandarxon, Balxda Pirmuhammadxon va b. kichikkichik hukmdorlar mustaqil boʻlib olganlar. 1551—56 y. larda shayboniylar oʻrtasidagi Movarounnaxr uchun kurashda Iskandarxonning oʻgʻli Abdullaxon gʻolib chiqib, Buxoro xonligida oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 1557-y. dan boshlab Buxoro uzilkesil xonlik poytaxtiga aylangan. Iskandarxon (1563—83) va uning oʻgʻli Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan. Abdullaxon II Balx (1573), Samarqand (1578), Toshkent (1582), Fargʻona (1583), Badaxshon (1584), Koʻlob (1585), Xuroson (1588), Xorazm (1595—96) ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgan; markaziy davlat boshqaruv devonini mustahkamlagan. Shunday qilib 16-a. oxiriga kelib Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylangan. Sharqda Qashqar b-n chegaradosh boʻlgan, gʻarbiy chekkasi Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha borib tutashgan. Xonlikning shim. dagi chegaralari Turkiston va Sayramgacha yetib, jan. da Xurosonning sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hunarmandchilik, savdosotiq rivojlangan, madaniy hayot ancha yuksalgan. Juda kup sugʻorish inshootlari: Abdullaxon bandы, Tuyatortar kanali, Oqchopsoy toʻgʻoni va suv ombori, Vaxshdan chiqarilgan koʻplab ariqdarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantirdi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida bugʻdoyning 10 xil turi, suli, qoʻnoq, joʻxori, mosh, noʻxat, makkajoʻxori, loviya, sholi, paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bogʻdorchilik, chorvachilik va ipakchilik rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Xoʻjand, Andijon, Toshkent, Jizzax, Oʻratepa, Shaxrisabz va b. yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqkiy qilgan. Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, 16-a. da Samarqandda hunarning 61 turi mavjud boʻlgan. Movarounnaholik kosiblar zoʻr sanʼat bilan turlituman metall buyumlar, ip va ipak matolar, aʼlo navli qogʻozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro sh. bir muncha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan. Shaharlar oʻrtasidagi savdo yoʻllarida tim (Abdullaxon timi), koʻchalar chorrahasi ustiga gumbaztoqlar, hammomlar, karvon yoʻllarida sardobalar, karvonsaroylar, koʻpriklar qurilgan. Shayboniylar zamonida Buxoro xonligi ningHindiston, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. Tarixiy manbalardan maʼlum boʻlishicha, 1572—78 y. lari Hindistonda Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarntt elchilari boʻlgan. Abdullaxon davrida boshlangan ichki siyosiy nizolar natijasida 1598-y. da Abdullaxonning oʻzi va shu yilda uning oʻgʻli Abdulmoʻmin oʻldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601-y. taxtdan agʻdarilgan. Shu bilan qariyb 100-y. hukm surgan shayboniylar sulolasi barham topib, Movarounnaxrda Joʻjixon naslidan boʻlgan ashtarxonjlar (joniylar) sulolasi hukmronligi boshlangan.


Yüklə 91,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin