Oyoq skeleti
Reja:
Oyoq kamari suyaklari
Oyoqning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar
Kichik boldir suyagi
Tovon suyagi
Oyoq kafti suyaklari
Oyoq barmoqlarining suyaklari
Oyoq suyaklari qo‘l suyaklari singari ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi oyoq kamari (cingulum membri inferioris) bo‘lib, ikkala tomonda bittadan chanoq suyagidan tuzilgan. Ikkinchisi – erkin turgan qismi – skeleton membri inferioris liberi esa uch qimdan iborat: 1) proksimal qismi – son suyagidan; 2) o‘rta qismi – boldir (katta va kichik boldir) suyaklaridan hamda tizza qopqog‘i suyagidan; 3) distal qismi – oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan.
rasm. Oyoq skeleti (skeleton membri inferioris).
1 – os sacrum; 2 – os coxae; 3–femur; 4–patella; 5–tibia; 6–fibula; 7–ossa tarsi; 8–ossa metatarsalia; 9–ossa digitorum pedis.
OYOQ KAMARI SUYAKLARI
Chanoq suyagi ( os coxae, rasm) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat bo‘lib, odam yurayotganda gavda og‘irligini oyoqqa o‘tkazadi va chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Chanoq suyagining shunday vazifalari uning murakkab tuzilishiga sabab bo‘lgan.
rasm. Chanoq suyagi (os coxae). Tashqi yuzasi.
1–labium externum cristae iliacae; 2–linea intermedia; 3–labium internum cristae iliacae; 4–facies gluteae; 5–spina iliaca anterior superior; 6– spina iliaca anterior inferior; 7–corpus ossis ilii; 8–fossa acetabuli; 9–ramus superior ossis pubis; 10– tuberculum pubicum; 11– tuberculum obturatorium anterius; 12– os pubis; 13–ramus inferior ossis pubis; 14–incisura acetabuli; 15–foramen obturatum; 16– pamus ossis ischii; 17– os ischii; 18– tuber ischiadicum; 19– corpus ossis ischii; 20– incisura ischiadica minor; 21– spina ischiadica; 22– facies lunata; 23– linea glutea inferior; 24–incisura ischiadica major; 25–spina iliaca posterior inferior; 26–spina iliaca posterior superior; 27– linea glutea inferior; 28– os ilium; 29– ala ossis ilii; 30– linea glutea anterior.
O‘rta yashar odamning chanoq suyagida uchta ayrim suyaklar: yonbosh suyagi (os ilium), qov suyagi (os pubis) va quymich (o‘tirg‘ich) suyagi (os ischii) tafovut qilinadi. Bu suyaklar 14–16 yoshga kirguncha alohida bo‘lib, tog‘ay plastikalar vositasida o‘zaro qo‘shiladi, keyinchalik suyaklanib bir butun chanoq suyagini hosil qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida (uchchala suyakning o‘zaro birlashgan joyida) son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi (acetabulum) bo‘lib, uning gir atrofi yarim oy bo‘g‘im yuzasi (facies lunata) bilan o‘ralgan, qirg‘oqning pastki qismi quymich o‘ymasi (incisura acetabuli) bilan chegaralangan. Quymich kosasiga son suyagining boshchasi bo‘g‘im hosil qilib joylashadi. Quymich kosasining markazida kosa chuqurchasi – fossa acetabuli ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: |