Universiteti tarix fakulteti ashirqulov jamshid



Yüklə 77,96 Kb.
səhifə1/8
tarix01.05.2023
ölçüsü77,96 Kb.
#105505
  1   2   3   4   5   6   7   8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI

ASHIRQULOV JAMSHID


BUXORO AMIRLIGIDA SOLIQ VA MAJBURIYATLAR MAVZUSIDAGI
KURS ISHI

Qabul qildi ; O’SAROV UMID
Toshkent-2023


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. BUXORO AMIRLIGI O’ZBEK SULOLASI ASHTARXONIYLAR O’RNIGA KELGAN O’ZBEK MANG’ITLARI SULOLASI VAKILLARI O’ZLARINI AMIR DEB ATASHGAN .
1.1. Mavzuning manbashunosligi........................................................................
1.2. Mavzuning tarixshunoslik tahlili..................................................................
II. BOB. BUXORO AMIRLIGIDA SOLIQLARNING YUZAGA KELISHI VA ULARNING MAJBURIYATLARI.
2.1. O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro Amirligi aholi orasida soliq turlari.………………………………………………...………………………...…
2.2. Buxoro Davlatida yer suv mulkchiligining soliq turlari. ………………………………………………………………
XULOSA………………………………………………….………..
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI


KIRISH

Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
. Bugun, biz talabalarning oldida o’ta muhim vazifa turibdi, u ham bo’lsa tariximizni kelajak avlodga haqqoniy tarix sifatida o’lmagan, deb orqavorotdan tashviqot yuritayotgan, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga harakat qilayotgan kuchlarga zarba berishga tayyor bo’lishligimiz zamon talabi bo’lib qolmoqda. Prezident I.A.Karimov aytganidek ―Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non tuzini yeganmiz. Hammamiz o’zimizni o’zbek sanaymiz. O’zligimizdan faxrlanamiz, g’ururlanamiz. ...qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o’troq madaniyat tashkil etganmi yo ko’chmanchi? O’zbek xalqining shakllanishida qanday elatlar ta’siri bo’lgan ? 1 degan og’ir savollarni qo’yib, unga javob topishga undaydi. Ana shu savollarga javob topish maqsadida, ilmiy asosda tushunib olish uchun Mang’itlar davrida Buxoro amirligining iqtisodiy tarixini ilmiy jihatdan malakaviy ish sifatida o’rganishga kirishdik. Vatanimiz tarixida XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro hududining juda ko’p shaharlarida karvonsaroylar kurilishiga katta
e’tibor berildi. Aynan mana shu davrda Buxoroning kushni davlatlari va Rossiya, Eron, Hindiston davlatlari bilan savdo aloqalari tez sur’atlar bilan rivojlanib borgan. Ichki bozorda Buxoro, Samarkand, Qarshi, G’uzor shaharlari amirlikning yirik savdo markazlari xisoblangan. Ushbu shaxar bozorlarida pulning kiymati va mahsulotlar tannarxi belgilangan. Buxoro bozori nafaqat shaxarliklar, balki uning atrofidagi qishloklar aholisining talablarini qondirishda ham, aloxida ahamiyatga ega bo’lgan eng yirik savdo markazlaridan hisoblangan. Buxoro bozorida kuchmanchi chorvadorlar o’z mahsulotlarini Buxoro hunarmandlari mahsulotlariga ayirboshlashgan. Buxoro bozorida parcha, duxoba, har xil chitlar, ipak matolar, temir, tilla, kumush, mis, chuyan idishlar, qog’oz, igna, turli xil iplar yaxshi savdo qilingan. Buxoroda yanvar oyidan may oyigacha savdo yaxshi bo’lgan. Bu davrda savdo yarmarkalari tashkil qilingan. Bu savdo yarmarkalariga Eron, Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Rossiya va amirlikning barcha viloyatlaridan savdogarlar tashrif buyurishgan. Bu savdo mavsumida nihoyatda ko’p maxsulotlar ortgan savdo karvonlari Buxoroga kelishgan. Savdo karvonlari ular uchun muljallangan maxsus karvonsaroylarda tuxtashgan. XIX asrning boshida Buxoroda chet ellik savdogarlar uchun muljallangan 10 ta karvonsaroy bo’lgan. XIX asrning 40-yillariga kelib esa 24 ta toshdan qurilgan va 14 yogochdan yasalgan, jami 38 ta karvon saroy mavjud bo’lgan. Buxoro shaxrining bosh bozori Registonning markaziy maydonida joylashgan bo’lgan. Buxoro savdogarlari qo’shni davlatlar va xalqlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor berganlar. Ko’chmanchi qozoqlar Buxoro amirligiga cho’l mahsulotlari, ya’ni palaslar, namatlar va o’troq aholi uchun kerakli bo’lgan muhim xom ashyo —jun va terini ko’plab keltirishgan. Buxoro dehqonlari va xunarmandlari esa, o’z navbatida, qozoq dashtlariga non, oziq-ovqat mahsulotlari, sabzovotlar, kiyim-kechaklar paxta matolari yetkazib berishgan. Buxoroda turkman gilamlari nihoyatda katta talabga ega bo’lgan. O’z
navbatida turkmanlar Buxorodan kiyim-kechak uchun kerak bo’lgan bo’z va
boshqa matolarni olib ketishgan. Buxoro savdogarlari Balx va Badaxshonda ham katta savdo ishlarini olib borishgan. Bu yerda buxoroliklar qozon, buxoro matolari, Rossiyadan keltirilgan igna, oyna, qaychi va shu kabi boshqa maxsulotlarni olib kelishgan. U yerdan Buxoroga kumush, oltinlar olib qaytishgan. Uni o’rganish kelajak avlod uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 77,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin