Menejer – bu boshqaruv faoliyati bilan shug’ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo’yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarga ega bo’lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o’rinlarni egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma’lum turlarining tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo’lmagan masalalarni yechadilar, har xil vazifalarni bajaradilar.

Tashkilot menejersiz mavjud bo’lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
tashkilotdagi alohida operatsiyalar o’rtasidagi aloqalarni o’rnatadilar;
tashkilot tomonidan o’zining asosiy belgilanishini bajarilishini ta’minlaydilar;
obro’si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo’l ostidagilarni o’zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo’ladilar;
tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;
tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;
tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo’ladilar;
tashkilotga tegishli bo’lgan shaxslar yoki idoralarning mafaatlarini ta’minlaydilar;
tashkilotning tashqi muhit(hokimiyat, sheriklar va h.k.) bilan aloqasi bo’yicha asosiy bo’g’in rolini bajaradilar;
jamoani tashkil qiladilar va uni rivojlanishini kerakli yo’lga yo’naltiradilar, yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan holda, jamoa a’zolarini tarbiyalaydilar;
hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki “ nou-xau” ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga tadbiq etuvchi innovator rolida bo’ladilar;
g’oyani ishlab chiqadilar, undagi kuchli va zaif tomonlarini topadilar, muammoning mohiyatiga qarashga, haqiqatgacha surishtirib bilishga intiladilar;
qilinganlarni tahlil qiladilar, baholaydilar, ishlarining holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni belgilaydilar va amalga oshiradilar;
tashkilotni har xil tadbirlarda nomoyon qiladilar.