Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə1/6
tarix11.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#96182
  1   2   3   4   5   6
dilnavoz


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi
Qo’qon davlat pedogogika instituti


Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi Kenjayeva Dilnavozning
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash fanidan

MAVZU : Ayollar ko’ylagi asos chizmasini konstruksiyalash
Qishki fasonda bluzkani modellashtirish maketlarini
tayyorlash texnologik xarita yaratish

Topshirdi. ________________ Kenjayeva Dilnavoz


Qabul qildi _________________ Isaqova Zuxraxon

QOQON 2023

REJA:
KIRISH.

    1. Kiyim tarixidan ma’lumot va ayollar ko’ylagi tavsifi.

    2. Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash.

    3. Kiyimga qo’yiladigan talablar.

    4. Modellashtirishning maqsad va vazifalari.

    5. Ayollar qishki fasondagi bluzkasini modellashtirish.

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
MUNDARIJA.


KIRISH
Mustaqil mamlakatimiz xalqining o’sib borayotgan moddiy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish masalasini hal qilishda tikuvichlik ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga ham muhim vazifalar yuklanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun kiyimlarni modellashni mukammallashtirish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilish, tikuvchilik korxonalarini eng yangi jihozlar bilan ta’minlash talab qilinadi. Hozirgi vaqtda tikuvchilik ishlab chiqarishi juda keng tarmoq bo‘lib, unda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning ilg‘or vositalaridan, kompyuter texnikasidan, fan va texnika yutuqlaridan keng foydalaniladi. Bulaming hammasi tikuvchi mutaxassislardan yuqori bilimli bo’lishni, mahorat va malaka orttirishni talab qiladi. Xususiy mulkchilikka keng yo‘l berilishi natijasida kichik va o'rta korxonalar, xususan tikuvchilik korxonalari rivoj topayotganligi bu talabni yanada oshirib yuboradi.Bu vazifalrni bajarish uchun kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Tikuvchilik korxonalari uchun mutuxassis ishchilar kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadi. Bu kollejlar uchun kiyim tikish texnologiyasini mukammal biladigan pedagog-kadrlar tayyorlash esa pedagogika oliy o ‘quv yurtlari zimmasidadir. Kasb ta’limi bo'yicha tayyorlanayotgan talabalar kiyimlarni yakka buyurtma asosida va ommaviy tarzda ishlab chiqarishda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, zamonaviy asbob-uskunalar va moslamalardan foydalangan holda barcha talablarga javob beradigan mahsulotlar tayyorlashni bilishi zarur. Ushbu o'quv qo‘llanma talabalarga tikuvchilik texnologiyasi bo'yicha dastlabki zarur bilimlar berish, tikuvchilik texnoloigyasi asoslarini o'rgatish va ularda kerakli ko'nikrna va malakalarni shakllantirishga mo’ljallangan. Bugungi kunda jahon bozorida tabiiy mahsulotlarga talab juda katta. Shu bois Respublikamizda mahalliy tabiiy xomashyodan ishlab chiqariladigan tikuvchilik mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, kiyim strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilg‘or texnologiyani joriy etish, yangi majmua mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo‘llash, yangi materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda yangi kichik korxonalar barpo etish ishlarini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va ishlab chiqarish jihatidan samarali bo‘lishi uchun unga loyihalash bosqichidayoq zamin yaratish lozim.
Kiyimni konstruksiyalash loyihalashning eng muhim qismi bo‘lib, u badiiy konstruktorlik va texnik vazifalarining yechimini o‘z ichiga qamrab oladi. Yetakchi tarmqolar tajribasidan ma’lum avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini yaratish va amaliyotda qo‘llash loyihalash jarayonini takomillashtirishning taraqqiyoti va perspektiv asosi hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining asosiy maqsadi — sifatni yaxshilash, moddiy harajatlarni kamaytirish va loyihalash muddatlarini qisqartirishdir.
Modaning almashib turishi, kiyimning eng muhim fazilatlaridan biridir. Har bir yangi tavsiya etilgan kiyim modeli uchun baza asosi konstruksiyasini yaratish birmuncha murakkab vazifa hisoblanadi. Ishni yengillashtirishda har xil va baza konstruksiyalardan foydalaniladi.
Kiyim-kechaklar o‘zbek xalqi tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin