Kiyim tarixidan ma’lumot va ayollar ko’ylagi tavsifi. Kiyim tarixidan ma’lumot.
Zamonaviy kiyim murakkab tizim bo‘lib unga xos loyihalashning shakllanish qonuniyatlarini tushunmoq uchun, kiyimning uzoq o‘tmishdagi ko‘rinishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Kiyim hozirgi mukammal ko‘rinishiga murakkab bosqichlar orqali yetib kelgan. U odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan himoya topmoq vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Kiyimning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy davr odamlarining qabila bo‘lib yashagan vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda insonlar daraxt barglari, poxollar, hayvon terilarini tanaga beldan bog‘lab yurishgan. Kiyim insonning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va ongining rivojlanishi tufayli u ham rivojlanib bordi. Kiyimning keyingi ko‘rinishi turli o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan to‘qilgan oddiy gazlamalarni tanaga o‘rab yurishdan iborat edi. Qadimgi Gresiyada erkaklar kiyimi ikki qismdan — xiton va gimatiydan iborat bo‘lgan. Xiton — bu ichki kiyim bo‘lib, jun yoki zig‘ir tolali gazlamadan tayyorlangan. Erkaklar biror yumush bilan ko‘chaga chiqayotganda ustki kiyim — gimatiyni kiyib olishgan. Gimatiy to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi, 1,7x4 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lib, uni yelka ustida bog‘lab yoki yelkaga tashlab quyib, gavdaning tabiiy go‘zalligi va harakat bemalolligini ko‘rsatadigan hamda unga halaqit bermaydigan nafis taxlamalar tushirib drapirovka qilib qo‘yilgan (1-rasm, a).
Ayollar kiyimi ham erkaklar kiyimiga o‘xshab ikki qismdan iborat bo‘lib, ular kiyimi yopiqroq va uzunroq bo‘lgan. Ichki kiyimi— xiton va ustki kiyimi peplos deb atalgan. Peplos 1,5x3,5 m o‘lchamdagi gazlama bo‘lagidan iborat bo‘lgan (1-rasm, b). Qadimgi greklar va rimliklar bunday burmalangan kiyimlarni ustalik va yuqori did bilan bajarganlar. Tabiatshunoslik, samo fanlarining kelib chiqishi kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Kiyim gazlamasi turlari paydo bo‘lgan (yupqa, qalin, shoyi, ip tolali gazlamalar). Keyinchalik kiyimda tananing qismlariga alohida gazlamalarni o‘rab tayyorlash, bo‘ylab biriktirish mehnat qilish uchun ancha qulaylik tug‘dirgan.
Ayniqsa, ignaning kelib chiqishi kiyim qismlarini biriktirib tikishda uning takomillashishiga olib kelgan. XIII asrga kelib kiyimda yoqalar, yeng, manjetlar, cho‘ntaklar, taqilmalar shakllangan. Bu vaqtga kelib kiyimning tashqi ko‘rinishida, gazlamasida, bichilishida o‘zgarishlar tez rivojlangan. Kiyimning gavdaga yopishgan, etaklari hajmli, qavatli ko‘rinishlari, gazlamalarning atlas, barxat, movut kabi turlari paydo bo‘lgan.
Yevropa mamlakatlarida feodalizm mustahkam qaror topgan o‘rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum harakteri tarkib topgan. Odamzot gavdasining go‘zalligidan zavqlanish nomunosib va gunoh ish hisoblanib, gavdani qo‘poldan-qo‘pol, og‘ir, keyinchalik esa cho‘ziq shakllarga o‘rab tashlangan. Tor, yuqori qismi qator-qator murakkab taxlamalardan iborat, orqa etagi juda uzun, ko‘ylak juda baland konussimon bosh- kiyim va nihoyatda cho‘ziq poyafzal bilan birga qo‘shilgan holda qaddi qomat ko‘rinishini o‘zgartirib yuborar edi (1-rasm, v).
a b v
1- rasm.
2-rasm. 3 – rasm
O‘rta asrlarda kostyum gavdani turli vositalar (shnurlar, korsetlar) yordamida qattiq qisib, tabiiy shakldan uzoqlashtiradigan „g‘ilof“ sistemasi rivoj topishini boshlab berdi.
Uyg‘onish davrida (XVI-XVII asrlar) estetik dunyoqarashni qayta baholash yuz berdi, ya’ni gumanistik ideologiyalar shakllandi. Bu davrda ayollar kiyimi juda noqulay — qattiq, harakatga halaqit beradigan holatda bo‘lgan. Ikki qavatli kiyim bir vaqtda kiyilib, beldan etak qismiga karkas yordamida konussimon shakl ko‘rinishida bo‘lgan. Yubka qismida hech qanday burmalar bo‘lmay, karkasga tortib qo‘yilgan. Ko‘ylakning yuqori lif qismi juda tor bo‘lib, pastga tomon burchak shaklida tugallangan edi. Bu davrda ayollar belni xipcha qilib ko‘rsatish maqsadida korsetlar kiyishgan (2-rasm).
Erkaklar kiyimi esa sipo va sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Kashtali ko‘ylak, keng kamzul, triko va kalta shar shakliga o‘xshab ketuvchi pantalonlar kiyilgan (3-rasm).
XVIII asr (Barokko davri) larga kelib kiyimda xashamatdorlik juda avj oldi. Bu davr ayollar kiyimi shakllarining nazokatliligi, murakkabligi bilan va g‘aroyib jimjimadorligi bilan farq qilgan. Kostyumda gavdaning bel qismi, ko‘krak, bo‘ksa ko‘zga tashlanib turgan. Kostyum yengil, nozik bo‘lib, boshdan-oyoq unga gul tikilgan, tyuldan, gazsimon materialdan, to‘qima to‘rdan, „ko‘pchitib“ qo‘ygandek bezatilgan. Ayollar ko‘ylagining bezagiga alohida e’tibor berilgan. Ustki ko‘ylak ko‘krak qismida bantlar bilan maxkamlangan. Bantlar ketma- ketlikda joylashgan, ya’ni avval kattalari, bel tomon esa mayda bantlar mahkamlab qo‘yilgan. Ayollar kiyimi ikki kamiza va kotta qismlardan iborat bo‘lgan. Kotta ustki kiyim bo‘lib, yuqori qismi juda tor va yon yoki orqada shnurli taqilmasi bo‘lgan, yenglari ham juda tor va uzun bo‘lib, yubka qismi esa bo‘laklardan iborat juda keng va uzun shleyflar bilan yakunlangan (4-rasm).
4-rasm 5 –rasm
Bu davr erkaklar ichki kiyimlari kamiza, ustki kiyimi plash esa tabar deb yuritilgan. Xabarlarda yon chok bo‘lmagan va bu kiyim juda e’zozlangan. Erkaklar kiyimida ham xashamatdorlik sezilib turardi.
XIX asr boshlanishi san’atda, shuningdek, kiyimda ampir uslubi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu davr uchun fan va texnikaning gurkirab taraqqiy etishi, yangi-yangi materiallar, tikuv mashinasi paydo bo’lishi xarakterli edi.
Kostyumda qator-qator shakllar, siluetlar, karkaslardan (korset va krinolindan) xalos bo‘lish va gavdani erkin ko‘rsatish sekin-asta sezila boshlandi. Erkaklar tik yoqali oq ko‘ylak, galstuk yoki sharf, frak kiya boshlaganlar. Ayollar kiyimi oddiy
va sipo ko‘rinishga ega edi. Kostyumning bel qismi yuqoriroqda bo‘lib, yubka qismi esa shleyf, yumshoq taxlamalardan iborat bo‘lgan. Tantanali kiyimlar juda ochiq va uzun shleyfli qilib tikilgan (5-rasm).
Kostyumning asosiy intilishi odam harakatlariga maksimal gavdaning bel qismi, ko‘krak, bo‘ksa ko‘zga tashlanib turgan. Kostyum yengil, nozik bo‘lib, boshdan-oyoq unga gul tikilgan, tyuldan, gazsimon materialdan, to‘qima to‘rdan, „ko‘pchitib“ qo‘ygandek bezatilgan. Ayollar ko‘ylagining bezagiga alohida e’tibor berilgan. Ustki ko‘ylak ko‘krak qismida bantlar bilan maxkamlangan. Bantlar ketma- ketlikda joylashgan, ya’ni avval kattalari, bel tomon esa mayda bantlar mahkamlab qo‘yilgan. Ayollar kiyimi ikki kamiza va kotta qismlardan iborat bo‘lgan.
XX asr dunyodagi bo‘layotgan voqealar kiyimga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu asrning 20-yillar kiyimida ixchamlashtirish, uzunligini kaltalashtirish, etaklarini toraytirish, oddiy bichimlilikni ko‘rish mumkin.
30-40-yillardan so‘ng kiyimni kiyilish o‘rniga qarab uslub bo‘yicha kiyiladigan bo‘ldi, ya’ni klassik, sport, fantaziya uslubi va keyinchalik erkin uslub paydo bo‘ldi.
Klassik uslubda — rasmiy ko‘rinishda ko‘chalik kiyimlar tushunilsa, sport uslubida faqat sport mashg‘ulotlari uchungina emas, balki harakat qilish uchun, turli ishlar uchun, aktiv dam olish uchun qulay kiyimlar, fantaziya uslubda esa bayram, tantanali kiyimlar ko‘zda tutilgan. 70-80-yillarda ko‘proq erkin uslubdagi kiyimlar kiyish paydo bo‘lib, ularda klassik, fantaziya uslublari o‘z ko‘rinishini beradi.
50-60-yillardan boshlab yangi xususiyatli materiallar assorti- menti kiyim loyihalashsiga va shakliga katta o‘zgarishlar kiritdi.
70-80-yillarda kiyim bichimi va shakli murakkablashib, uning konstruktiv tuzilishiga ko‘proq ahamiyat berildi.
Shunday qilib, avval insonni iqlimiy ta’sirlardan muhofazasi o‘zgarib, kiyim amaliy san’at obyektiga aylandi. qilish uchun yaratilgan kiyimning, keyinchalik, turli tarixiy o‘zga- rishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tasavvur evolyusiyasi ta’siri ostida shakli va xillar o’zgarib, kiyim amaliy san’at obyektiga aylanadi.
Ayollar kiyimlarining tavsifi.
Kiyim-kechaklar o‘zbek xalqi tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi.
Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Xalqimizning xilma-xil, rang-barang va jozibali liboslari tarixini o‘rganishdan maqsad — yoshlarga milliy o‘zligini anglatish, o‘zbek xalqining qadimdan to hozirgi davrgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror kiyimlarini ko‘rsatish, xalqimiz orasida saqlanib kelayotgan madaniy merosimizni aks ettirish va davomiyligini anglatishdan iboratdir.
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrida (IX-XIV asrlar) ayollar ikkita ko‘ylak kiyishardi: ich ko‘ylak gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli, uzun, tor yengli, ko‘krak qismida vertikal kesimi bor bo‘lsa, ust ko‘ylak ham gavdaga juda yopishib turadigan, beldan past qismi tugmasiz ochiq, yenglari kalta-kalta bo‘lardi. Ko‘ylaklar ip gazlamadan va shoyi gazlamadan sernaqsh qilib tikilardi. U davr kiyimi haqidagi ma’lumotni odam rasmini chizish man etilmagan vaqtlarda tuzilib, bizgacha etib kelgan ajoyib kitob miniatyurasidan olishimiz mumkin. U vaqtlarda ayollar yuzlarini bekitmay yoki yuzlarining pastki qisminigina doka ro‘mol bilan bekitib yurardilar.
Paranji yopinish XVIII asrda odat bo‘ldi. Bu turmushni biqiqlikka olib kelgan, sosial o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Paranji arabcha „faroji“, erkaklar ust kiyimi — to‘n so‘zidan kelib chiqqan. To‘n asta-sekin boshga yopilib, gavdani ham yashirib turishga xizmat qiladigan, orqa tomonidan pastki qismi bir-biriga chatilgan ikkita uzun soxta yengi (bandak) bor ayollar kiyimi bo‘lib qolgan. Betga esa paranji ostidan chachvon — otning dum qilidan to‘qilgan to‘r parda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |