Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 02/20-guruh talabasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/6
tarix11.04.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#96182
1   2   3   4   5   6
dilnavoz

Ayollar kiyimi XIX asr oxirlariga kelib u ko‘ylak, lozim, nimcha va ro‘moldan iborat bo‘lgan. Ko‘ylak qizil rangli guldor shoyi matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, keng va uzun, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun. Ko‘ylakning oldi qirqimli, tik yoqali (bu yoqa „no‘g‘ay yoqa“ yoki „it yoqa“ deb ham atalgan),old qirqimining yuqorisida bog‘ich bilan bog‘lanadi. Ustidan nimcha (peshmat) kiyilgan. Nimchaning uzunligi tizzadan pastroqqacha tushib turadi, astarli, avrasi kimxob yoki parcha matodan, astari ið gazlamadan tikilgan. Ro‘mol ipak tolali, to‘rtburchak shaklida, chetlari popukli — „farang ro‘mol“, dioganaliga buklab o‘ralgan va ustidan „tillaqosh“ taqilgan. Tillaqosh — peshona bezagi bo‘lib, yupqa tilla hal yuritilgan kumush plastinkadan yasalib, pastki ziylari qosh shaklida bo‘lgan, pastida xuddi bargakniki singari osilchoqlari bo‘lgan, tillaqosh chiroyli naqshlar hamda feruza va boshqa ko‘plab rang-barang qimmatbaho toshlar („ko‘zlar“) bilan bezatilgan.
Ayollar kiyimlari assortimentiga: ko‘ylaklar, ko‘ylak-xalat, ko‘ylak-palto, ko‘ylak-kostyum, sarafan, tunika, bluzka, bluzka- jemper, bluzka-batnik, jilet, jaket, ko‘ylak-kombinezon, kombinezon, shimli kostyum, shim, yubka, yubka-shimlar va hokazolar kiradi.
Ko‘ylaklar kiyilishiga qarab yelkali kiyimlar turiga kiradi. Ular yaxlit, bel, qismidan, bo‘ksa va ko‘krak qismlaridan qirqma bo‘lishi yengli yoki yengsiz, yoqali yoki yoqasiz xolatda uchrashi mumkin. Ko‘ylaklar kashtalar, burmalar, to‘rlar, tugmalar, tasmalar, taxlamalar va boshqa xil bezaklar bilan bezatilishi mumkin. Ularni turli xil: ip tolali, shoyi, jun, zig‘ir, tolali hamda sun’iy va sintetik tolali gazlamalardan tikish mumkin. Ko‘ylaklarga gazlama tanlashda kiyimning nimaga mo‘ljallanganligiga hamda fasliga qarab e’tibor berish kerak, ya’ni kiyimni uylik, kundalik, bashang kiyim ekan- ligini unutmaslik lozim.
Uylik kiyimlar arzon ip tolali gazlamalardan tikilgani maqul bo‘lib, ular keng qulay bo‘lishi bezaklari me’yorida ishlatilishi kerak. Kundalik kiyimlar yoz oylarida yengil yupqa gazlamalardan yorqin rangda yengli yoki yengsiz qilib tikilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qish oylarida esa yumshoq, zich to‘qilgan jun tolali sidirg‘a yoki katak yo‘lli, mayda gulli gazlamalardan turli xil fasonlarda uzun yengli yoqali yoki bo‘yin o‘yindisini yopiq qilib yoqasiz tikish mumkin. Bashang kiyimlar chiroyli zarli gulli yoki sidirg‘a gazlamalardan tayyorlanishi mumkin. Bunday kiyimlar juda murakkab fasonlarda bo‘lishi hamda ularga chiroyli bezaklar: kashtalar, burmalar, mayda taxlamalar sun’iy gullar belbog‘lar ishlatib tikish mumkin. Ko‘ylak fasonlarini tanlashda gazlamaning xususiyatlariga, odam gavdasining tuzilishiga hamda kiyimning vazifasiga qaraladi.


  1. Yüklə 0,92 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin