Ko‘ylаk аsоs chizmаsini chizish
Milliy ko‘ylаkni chizmаsini chizish gаvdаdаn оlingаn o‘lchоv vа qo‘shimchаlаr аsоsidа аmаlgа оshirilаdi. Buning uchun hisоblаsh jаdvаli (5-jаdvаl) tuzib chiqilаdi vа shu аsоsdа buyum chizmаsi chizilаdi.
5- jadval
T\r
|
Chizmadagi kesmalar
|
Hisoblash formulasi
|
Standart o’lchov
|
To’r qismi (1- rasm)
|
1
|
E
|
KU
|
96
|
2
|
|
KAYA+(2÷4)
|
48
|
3
|
|
|
36
|
4
|
|
KAYA:3+5=44:3+5
|
19,5
|
5
|
|
KAYA:3+3=44:3+3 yoki
|
17,5
|
6
|
|
KAYA
|
11
|
7
|
=
|
|
5,5
|
8
|
|
Doimiy o’lchov 16 smdan 18smgacha
|
16
|
Orqa bo’lagini chizish (1- rasm)
|
9
|
|
|
6
|
10
|
|
|
2
|
11
|
|
|
39
|
12
|
|
|
14,5
|
13
|
|
|
4,8
|
14
|
|
7÷8
|
7
|
15
|
|
Doimiy o’lchov
|
1,5
|
16
|
|
A:4
|
5
|
17
|
|
Doimiy o’lchov bissektritsasi
|
2,5
|
Old bo’lagini chizish (1- rasm )
|
18
|
|
KAYA:2=44:2 aniqrog’i KB
|
22
|
19
|
=
|
|
6
|
20
|
|
Doimiy o’lchov
|
1,5
|
21
|
|
|
5
|
22
|
|
Doimiy o’lchov
|
4
|
23
|
|
KO
|
9
|
24
|
|
KAYA:8=44:8
|
5,5
|
25
|
|
Vitochka tomonlari tenglashtiriladi
|
21
|
26
|
|
|
9
|
27
|
|
Doimiy o’lchov
|
1,5
|
28
|
|
|
|
29
|
|
|
5
|
30
|
|
Doimiy o’lchov
|
2,5
|
Yeng chizmasi (2- rasm)
|
31
|
AE
|
YEU
|
56
|
32
|
|
|
32
|
33
|
AO
|
|
13,5
|
34
|
|
|
8
|
35
|
AT
|
YEU (kalta)
|
18
|
36 Yeng chizmasining qolgan qismi 2 -rasmda
|
1-rasm. Ko’ylak asos chizmasi.
2-rasm. Yeng chizmasi.
1.3 Kiyimga qo’yiladigan talablar.
Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qo‘yiladi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qo‘yiladi.
Iste’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
1. Gigienik talab.
2. Ekspluatasion talab.
3. Estetik talab.
Gigienik talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi, quyosh nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, zig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi.
Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay bo‘lishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil bo‘lishiga, bichimi esa qulay bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.
Ekspluatasion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgartiradigan yoki g‘ijimlanadigan bo‘lsa u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini to‘g‘ri tanlash kerak, ya’ni cho‘ziluvchan, sitiluvchan, gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma’qul. Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho‘ntak og‘izlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.
Estetik talablar deganda kiyimning moda yo‘nalishiga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, yangi bezaklar ishlatilganligi iste’molchilarning estetik didlarini qondirishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish talabi deganda buyumni korxonada ishlab chiqarish jarayonidagi yuzaga keladigan talabi tushuniladi. Tikuvchilik buyumini loyihalashda quyidagilarga ahamiyat beriladi: bir asos bo‘yicha bir necha modellarni tayyorlash, kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan, kiyimni tikishda ishlab chiqarish korxonasi o‘zida bor mexanizasiyadan va shart- sharoitlardan to‘liq foydalana olsin.
Modellashtirishning maqsad va vazifalari.
Kiyim insonning ijtimoiy hayotida eng zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. Kiyimni modellashtirish tikuvchilik sanoatining eng muhim va murakkab bosqichidir. Model vazifasi keng ommaning kiyim-kechakka bo‘lgan va uning tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Modellashtirish keng assortimentda maqsadga muvofiq qulay zamonaviy kiyimlar yaratishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yiladi.
Modellashtirishning maqsadi — o‘z san’ati qudrati bilan jamiyatni estetik tarbiyalash madaniyatni yuqori pog‘onalarga ko‘tarishdir. Shuningdek, o‘z zamonasining turmush tarzi fan va texnika yutuqlari milliy urf-odatlari iqlimi sharoitini aks ettirishdir.Yangi modellarni ijod etish bilan modalar uyi ishlab chiqarish korxonalari yakka buyurtma korxonalari va yakka tartibda ishlaydigan rassom modelerlar muxandis loyihachilar shug‘ullanadilar.
Modellashtirish ikki xil yo‘nalishda olib boriladi:
1. Ijodiy — istiqbol uchun model.
2. Ishlab chiqish korxonalari uchun model.
Ijodiy model. Rassom modelerlar istiqbol uchun bir qancha modellar to‘plamini mavsumiy kiyinish o‘rniga qarab eskizlarni tayyorlaydi, bu eskizlar to‘plami avval modalar uyi kengashida ko‘rib tanlanadi va tasdiqlanadi. Modalar uyi kengashining a’zolari:
a) modalar uyi bosh muhandisi;
b) bosh loyihachi muhandisi;
v) bosh muhandis texnologi;
g) xom ashyo bilan ta’minlovchi korxona vakili;
e) savdo xodimlaridan vakil qatnashadi.
Tasdiqlangan eskizlar bo‘yicha modeler loyihachi texnolog ishtirokida namuna modellar standart gavdalar uchun tayyorlanadi. Tayyorlangan modellar modalar uyi kengashining yangi hal qiluvchi kengashida ta’minlab tasdiqlanadi va ularni modalar uyining kichik seriyali ishlab chiqarishiga beriladi.
Modalar uyida ishlab chiqarishi kiyimni mehnat taqsimotiga asoslangan bo‘lib 100 dan 300 gacha aholi talabini o‘rganish uchun kiyim tayyorlanadi va bu yangi modeldagi kiyimlar modalar uyi qoshidagi „yangilik“ nomli do‘konda savdoga qo‘yib aholi talabi o‘rganiladi. Har bir model uchun savdo xodimi iste'molchilarning taklif muloxazalarini yozib boradi.
Bundan tashqari tasdiqlangan modellar namunalari modalar uyi qoshidagi teatrlari namoyishi zalida namoyish qilinadi va moda jurnallari orqali fotosur'atlari targ‘ib qilinadi. Shuningdek, savdo markazlarida, televizorda modellarning mavsumi namoyish etib targ‘ib qilinadi.
Ishlab chiqarish uchun model shu ishlab chiqarish korxonasi buyurtmasi asosida eskizlar to‘plami chizib tayyorlanadi. Bunda shu korxonaning hohishi, xomashyosi, jihozlari va shart-sharoitlari hisobga olinadi. Bu eskiz va modellarni tasdiqlash vaqtida shu korxonaning ma’sul vakili qatnashadi. So‘ng kichik seriyada ishlab chiqarish korxonaning o‘zida ishlab chiqarilib o‘ziga tegishli savdo do‘konida aholi talabi o‘rganiladi.
Ikki xil yo‘nalishda olib boriladigan ishlar 3 xil bosqichda bajariladi:
1. Badiiy modellash.
2. Loyihalash bosqichi.
3. Texnik modellash.
Har qanday buyumni tikishga, ya’ni uni bichishga, unga texnologik ishlov berishga kirishishdan oldin birinchidan uning badiiy loyihasini, sodda qilib aytilganda, eskizini yaratish kerak — bu bosqichga badiiy modellash deyiladi. Ikkinchidan asosiy loyihalashni, ya’ni asosini hisoblash va chizish kerak, buni loyihalash deyiladi. Uchinchidan hisoblashlar va maket yasash yo‘li bilan tahlamalarni, burmalar, koketkalar, cho‘ntaklar qirqmalarni va hokazolarni ishlab chiqish kerak — bunga texnik modellash deyiladi.
Bu ishlarning birinchi qismini odatda modeler rassomlar bajaradilar. Ular modelning rangli eskizini gazlamaning xususiyati, gavda turi, faslga, kishining yoshiga, kiyimning bezaklariga e’tibor berib chizadilar. Shuningdek, kerakli ma’lumotlar eskiz tagiga yozib qo‘yiladi.
So‘nggi ikkitasini esa loyihachilar bajaradilar (ularni ko‘pincha loyihachi-rassomlar deyishadi). Ular bir-birlarining ishini yaxshi bilishlari va tushunishlari kerak, chunki modelerlar, konstruktorlar va texnologlarning mehnati o‘zaro bog‘liq va umumiy ishning pirovard natijasi uchun birdek muhim.
Ateleda bichiqchining o‘zi modeler-rassom bilan konstruktorning ishini bajaraveradi u texnologik jarayonning hammasini ham biladi, lekin texnologik jarayonni ko‘klovchi, qo‘l ishlarini bajaruvchi, motorchi, dazmolchi degan maxsus ustalar bajaradilar. Uy sharoitida rassom ham, konstruktor ham, texnolog ham bir odamning o‘zi bo‘ladi. Shuning uchun ishning barcha bosqichlariga— model tanlash va yaratishga, hisoblashga, bichishga va ishlov berishga — to‘la ma’lumot bilan qarash kerak.
XULOSA
Ayollar kiyimi XIX asr oxirlariga kelib u ko‘ylak, lozim, nimcha va ro‘moldan iborat bo‘lgan. Ko‘ylak qizil rangli guldor shoyi matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, keng va uzun, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun.Kiyim konstruksiyasini quyidagi pozitsiyalar bo‘yicha ta’riflash mumkin: tashqi tuzilishi (silueti va bichimi), detallarning konstruktiv qurilishi, biriktiruvchi choklar turiga va materiallariga qarab.
Modellashtirish keng assortimentda maqsadga muvofiq qulay zamonaviy kiyimlar yaratishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yiladi.
Modellashtirishning maqsadi — o‘z san’ati qudrati bilan jamiyatni estetik tarbiyalash madaniyatni yuqori pog‘onalarga ko‘tarishdir. Shuningdek, o‘z zamonasining turmush tarzi fan va texnika yutuqlari milliy urf-odatlari iqlimi sharoitini aks ettirishdir.
Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘yiladigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qo‘yiladi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi qo‘yiladi.
Iste’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
1. Gigienik talab. 2. Ekspluatasion talab. 3. Estetik talab.
Bluzkalar bichim, shakli jihatidan ko‘ylakning yuqori qismiga o‘xshaydi. Bluzkalar taqilmasi old tomonda yoki ort bo‘lakda bo‘lishi mumkin.Ularning yenglari uzun yoki kalta, yeng uchlari manjetli, manjetsiz, rezinkali bo‘lishi mumkin. Bluzkalar yubka ustiga tushirib yoki yubka ichiga kiritib kiyiladi.Yubka ichiga kiritib kiyiladigan bluzkalarning bel qismida vitochkalar tikilmaydi. Bunday bluzkalarning etagi yopiq qirqimli bo‘lib universal mashinada tikiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Karimov I.A. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.— Ò.: O‘zbekiston. 1997.
Karimov I.A. Yuksak m a’naviyat — engilmas kuch. — Ò.: O“zbekiston.2008.
Abdullayeva.Q.M; Gaipova.N.S; Gafurova.M.A “Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash” Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: „Noshir“ - 2010.
S.U. Po‘latova “Kiyimni konstruksiyalash” kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. «TURON-IQBOL» T.: - 2006.
TEXNOLOGIYA.Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati,T.: - 2017; Muharrir: B.Eshpo‘latov; Badiiy muharrir: S.G‘ayratov ;Texnik muharrir: R.Boboxonova; Musahhihlar: Sh.Xoldorova, M.Nizomova, Sahifalovchi: Lida Soy.
Abdullayeva.Q.M, Nigmatova.F.U, Gaipova.N.S “Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va texnologiya asoslari” O’quv qo’llanma.T.:- 2007.
G.K.Hasanbayeva. „Kiyim modelini ishlash va loyihalashsini tayyorlash“. Toshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.
Internet manbalar. www.ziyoNet.uz
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
BOB.Ayollar ko’ylagi haqida ma’lumot……………………………5
Kiyimtarixidan ma’lumot va ayollar ko’ylagi tavsifi…………….10
Ayollar ko’ylagi asos chizmasi konstruksiyalash………………..12
Kiyimgaqo’yiladigan talablar…………………………………….20
BOB.Texnikmodellashtirish………………………………………..22
Modellashtirishning maqsad va vazifalari………………………..22
Ayollar qishki fasondagi bluzkasini modellashtirish………………24
XULOSA………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………………………..31
Dostları ilə paylaş: |