Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materialni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish



Yüklə 77,24 Kb.
səhifə1/13
tarix04.04.2023
ölçüsü77,24 Kb.
#93028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Al Xorazmiy arifmetik amallari




MUNDARIJA.
Kirish ………………………………………………………………………….4
I bob. Matematikaga doir ilmiy - nazariy g’oyalarning yuzaga kelish manbalari
1.1. Matematika fanining rivojlanish bosqichlari …………………………..9
1.2. Matematikani o‘qitishda ajdodlar merosidan foydalanish
haqidagi asarlar ……………………………………………………………….12
1.3. Matematika darslarida tarixiy bilim berish bilan o‘quvchilarga o‘zlikni
anglash hissini tarbiyalash……………………………………………………16
II bob. Matematika fanining rivojlanish tarixiga oid materiallar.
2.1. Muhammad Xorazmiy va uning arifmetika darsligi……………………20
2.2. Muhammad Xorazmiyning arifmetika asarida
raqamlash va arifmetik amallar……………………………………………….27
2.3. Sonlarni raqamlashni o‘rganishda tarixiy materiallardan foydalanish usullari…………………………………………………………………………………
2.4. Qo‘shish va ayirishni o‘rganishda tarixiy materiallardan
Foydalanish usullari………………………………………………………..
Xulosa………………………………………………………………………63
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………66


KIRISH
Yigirma besh yillik mustaqil hayotimiz bizga qanday muqaddas zaminda yashayotganimizni, ulug' ajdodlarimiz qoldirgan qanday meros va qadriyatlarga ega ekanimizni anglatdi, shu aziz tuproqda yotgan ota-bobolarimiz dini va ruhiga sodiq bo'lishga, Vatanimiz kelajagi, farzandlarimiz kamoli uchun o'z taqdirimizni o'z qo'limizga olib, fidoiy mehnat qilishga o'rgatdi deb, ta‘kidlaydi, O'zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimov1.
Jamiyatimizning mustaqillik yillarida orttirgan taraqqiyot tajribasi tahlil qilinib, milliy istiqlol g'oyalari tamoyillariga asoslanib, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida, ta'lim-tarbiya jarayoni o'zgardi. Bu jarayon ta'lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy-tarbiyaviy asoslarini yaratishdan boshlandi. Ta'lim tarbiyani milliy istiqlol g'oyalari asosida yuksak darajaga ko'tarish davrimizning qat'iy talabi va jamiyatning ijtimoiy talabidir.
Darhaqiqat, o'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va kashfiyotlarida insonni odobli, ma'naviy barkamol mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashga oid yangi g'oya va ta'limotlarni yaratganlar. Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino (980 - 1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Ulug'bek (2394-1449), G‘iyosiddin al-Koshiy (1385-1437); Ali Qushchi (1402­1474); va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizning asosidir. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarni o'qitish, mehnatga, odobga o'rgatishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin Tusiy fikricha muallim talabalarning aql-zakovatiga ta'sir qilish uchun ularning ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim. Ibn Sino fikricha, tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm - narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishi shaxs faoliyatida muhim ekanligini ta'kidlab o'tadi. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o'rni, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda insonparvarlik va eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir2.
Ota bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o'rganib, uni ta'lim tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviy barkamol va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir.
Matematika fani tarixi ham barcha fanlar tarixi kabi chinakam fuqarolik xulq-atvori va olimlarning yuksak vatanparvarlik harakatlariga doir misollarga nihoyatda boy. Bolalarni o'zligini anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matematika tarixiga doir ilmiy-nazariy ma'lumotlar katta ahamiyatga ega.
O'qituvchining matematika o'qitishdagi yutuqlari ayni damlarda o'qitilayotgan materialga ehtiyoj qachon, qanday sabablar tufayli va qanday vaziyatlarda tug' ilganligi, uning yordamida qanday masalalar yechilganligi va hozir ham yechilayotganligi, u matematikaning yana qanday qismlari bilan aloqadorligi haqidagi savollarga tarixiy manbalardan olinadigan javoblarga bog'liq. Bunday savollarga javob berolmaslik, javob berishdan bosh tortish fikrlashni taqiqlab qo'yish bilan barobardir.
Metodist pedagoglar turli davrlarda matematika o'qitishni uning tarix bilan bog'lash va uni o'qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning umumiy vazifalariga qarab belgilaganlar.
Vaholanki, milliy o'zlikni anglash jarayonida boshlang'ich sinflarda tarixiy materiallarni o'rganish xozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli boshlang'ich sinf matematika darslarining samaradorligini oshirishda O'rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosini tadqiq etishni hamda tarixiy tushunchalarni shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini yaratishga e'tibor qaratdik. Yuqori sinf matematika tarixiga doir masalalar bilan S.Axmedov, M.Depman, G.M.Gleyzer, A.Abdurahmonov, S.X.Sirojiddinov, G.M.Matvivevskaya, A.Axmedov, H.Tillashevlar va boshqlar shug'ullanishgan.
Boshlang'ich sinf uchun darslik va o'quv qo'llanmalari (K.Qosimova, R.A.Mavlonova), o'qituvchilar uchun qo'llanmalar (A.M.Pishkalo, N.B.Istomina, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbaeva, M.Jumaev) va o'quvchilar uchun, tajriba-sinov qo'llanmalari (A.Ahmedov, M.Jumaev, N.Abduraxmonov, R.Ibragimov), mualliflari qo'llanmalari (o'quv materiallari) orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga to'xtalib o'tishgan. Didaktika va ta'lim metodikasining xususiy masalalariga bag'ishlangan ishlarda dars samaradorligini oshirishda O'rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosi umumiy holda ko'zda tutiladi. Biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
O'zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov o'zining ‘O'zbekiston buyuk kelajak sari’ asarida tariximizni tiklashga alohida e'tibor berish kerak. Shu bilan birga, milliy o'z-o'zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko'p millatli jamiyatimiz an'analaridan ham ajralib qolishi mumkin emasligini alohida ta'kidlagan.3
Shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasining muhim tomonlaridan biri o'zlikni anglashdir. Bu masala bilan tadqiqotimiz jarayonida tanishamiz. Lekin adabiyotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf matematika darslari samaradorligini oshirishda O'rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosi tadqiq etilmaganligi sababli, bu muammoni pedagogik jihatdan tahlil etish, uning maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakl, usullari, ishlab tavsiyalar yaratish maqsadida tadqiqot mavzusini ‘Boshlang'ich sinf matematika darslarida O'rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish metodikasi’ deb nomladik. Mavzuning dolzarbligi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasida tarixiy materiallardan foydalanish, ya’ni ulug‘ bobolarimiz ilmiy merosidan foydalanish shu kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bizning maktab darsliklarimizga buyuk mutafakkir bobolarimiz haqida ma‘lumotlar, ular asarlarida bayon etilgan ma‘lumotlar endigina kirib kelmoqda. Vatanimizning mustaqilligi tufali erkin nafas olishi, o‘z erki qo‘lida bo‘lishi munosabati bilan buyuk ajdodlarimiz Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning jahon ilm - faniga qo‘shgan hissalari haqida baralla gapirmoqdamiz.
Tadqiqotning obyekti - boshlang'ich sinf matematika darslarida O'rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti - matematika darslarining samaradorligini oshiruvchi tarixiy materiallar mazmuni.
Kurs ishining vazifalari:

  1. Boshlang'ich sinf matematika darslarida tarixiy tushunchalarni shakllantirishda dastur, darsliklarning imkoniyatini aniqlash.

  2. O'quvchilarda matematika o'qitishda tarixiy bilimlarni anglatish va dars samaradorligini oshirish darajasini aniqlab beruvchi mezonlarni yaratish.

  3. Matematika darslarida tarixiy bilim berishning psixologik-pedagogik jihatlarini o'rganish.

  4. O'quvchilarni matematika darslari orqali O'rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanib o'qitishning eng maqbul yo'llarini ishlab chiqish va uni tajriba - sinov vositasida tekshirish.

Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


  1. Yüklə 77,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin