Metall buyumlarni kavsharlab ajralmaydigan birikmalar olish



Yüklə 13,01 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü13,01 Kb.
#197200
13-amaliy


13-MALIY MASHG‘ULOT
METALL BUYUMLARNI KAVSHARLAB AJRALMAYDIGAN
BIRIKMALAR OLISH.
Ikkita metall buyumlar orasidagi chokka boshqa metallni eritib quyish orqali ajralmas brikma hosil qilish jarayoniga kavsharlash, ya`ni metallni ulash deyiladi, chokka eritib quyiladigan metall esa kavsharlovchi (ulovchi) metall (kavshar yoki pripoy) deyiladi.
Kavsharlash jarayoni juda keng tarqalgan texnologik jarayon bo’lib. kavsharlanuvchi metallva qotishmalarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Kavsharlanuvchi metallning erish temperaturalari briktiriladigan buyumlar (detallarga) ning erish temperaturasidan (5-100°S) past bo’lishi kerak.

  2. Kavsharlovchi metallar payvandlanadigan detallarning payvand choklariga yaxshi namlanib, yetarli darajada oquvchanlikka ega bo’lishi va tarqalishi tufayli tegishli choklar bir tekisda to’ldirilgan bo’lishi kerak.

  3. Buyum (detal ) lar metall va kavsharlovchining hosil qilingan payvand brikmalari mustahkam, korroziyaga bardoshli brikmalar bo’lishi kerak.

  4. Kavsharlovchi materiallar qimmatga tushmasligi va kamyob bo’lmasligi kerak.

Shuni aytib o’tish kerakki, kavsharlash usulida sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber yoki jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalanadi.
Keyin ular bir-biriga moslanib olinadi-da, kavsharlanuvchi gazlar oralig’idan kavshar o’tishi uchun 0,05-0,15 mm chamasida chok (zazor) qoldiriladi. Biriktiriladigan joylarni oksidlanishidan saqalsh maqsadida bu yuzalar flyus (bura) bilan qoplanadi.Keyin esa kavshar suyuqlanish temperaturasigacha qizdirilganda u suyuqlanib kavsharlanuvchi buyum bo’shliqlarini (choklarini) to’ldiradi, qotgandan keyin ajralmaydigan brikma hosil qiladi.
Hamma ko’rinishdagi (turdagi) kavsharlanuvchilar erish temperaturalari va xossalariga ko’ra yumshoq (engil eriydigan) va qattiq (qiyin eriydigan) kavsharlarga bo’linadi, ya`ni:
A)yumshoq kavsharlar (qalay, qo’rg’oshin, vis mut, kadmiy)ning suyuqalntirish temperaturasi 400-500°S dan ortmaydi. Bu kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar, rezervuarlar, radioelektrotexnikada turli o’tkazgichlarni ulashda foydalaniladi.
Bu usul bilan zich choklar hosil qilish mumkin, lekin u qadar puxta bo’lmaydi va 200°S temperaturadan ortiq qizdirilmaydigan uzellardagina yumshoq kavsharlashdan foydalaniladi.
B) qattiq kavsharlar (mis, qumush)ning suyuqlanish temperaturalari 450-500°S dan ortiq bo’ladi. Bu kavsharlardan, odatda, keskich asboblarining qattiq qotishma plastinkalarini, truboprovodlarini, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. Shunday qilib, bu xilda kavsharlash uchun maxsus qizdirgich pechlar, asbob va qurilmalar talab etiladi. Bu usulda olingan chokning cho’zilishiga puxtaligi ancha yuqori bo’lib (50 kg/mm2 yoki 500 MPa gacha), yuqori temperaturaga ham bardosh bera olish xususyatiga ega bo’ladi.
Sanoat miqyosida po’lat va mis qotishmalarini kavsharlashda foydalaniladigan qalay, qo’rg’oshinli yumshoq kavshar (POS) larning POS-90, POS-40, POS-30, POS-18, POS-4-6 kabi modellari; mis, ruxli qattiq kavshar (PMTS) larning PMTS-36, PMTS-42, PMTS-52, modellari, qumushli kavshar (PSr) larning PSr 72, PSr 50Kd, PSr 3Kd, PSr 2 modellari esa keng qo’llaniladi.
Kavsharlashda ishaltiladigan asosiy asbob payal nik (kovya) bo’lib, uning o’lchami va shakli detal o’lchamiga bog’liq holda tanlanadi.
Yumshoq kavsharlarda elektrik payalniklardan foydalanilsa, qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda benzin, gaz alangasida qizdiriluvchi turli konstruktsiyadagi payalniklardan foydalaniladi.
Bundan tashqari, kavsharlash jarayonida kavsharlanuvchi metallar yuzasidagi oksidlarni eritib yuborish yoki bu yuzalarni oksidalrdan saqlash bilan kavsharning buyum (detal ) lar tirqishlariga yaxshi o’tishini ta`minlash uchun flyuslar xizmat qiladi.
Yumaloq kavsharlar bilan kavsharlashda murakkab flyuslar ishlatilib, ularning tarkibiga, asosan, maxsus kimyoviy moddalar xlorid kislotaning suvdagi eritmasi, rux xlorid, nashatir, kanifol, stearin, glitserin, vazelin, spirt, salitsil kislotasi va boshqalar) ishlatiladi. Ba`zan, turli montaj ishlarida flyus sifatida faqat kanifoldan foydalaniladi.
Qattiq kavsharlar bilan kavsharlash jarayonida flyus sifatida bura (Na2B4O7) poroshogi (uni) yoki pastalarining suvdagi yoki spirtdagi aralashmasidan foydalaniladi.
Qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda kavsharlanadigan joylar yoki choklar (yuzalar) gaz gorelkalari elektr yoyi, yuqori chastotali toklarda ishlaydigan mufelli yoki boshqa konstuktsiyadagi pechlar orqali qizdiriladi, keyin esa kavshar suyuqlantirilib, tegishli joylar (choklar) to’ldiriladi.
Yüklə 13,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin