Moddalarning suyuq holati



Yüklə 18,19 Kb.
tarix25.10.2022
ölçüsü18,19 Kb.
#66185
moddalarning suyuq holati


Aim.uz

Moddalarning suyuq holati

Kristall, amorf, geometrik qovushqoqlik, oquchanlik, kapillyar, elektron gaz.


Moddalarning suyuq holati o’z tabiatiga ko’ra, gaz holat bilan qattiq holat o’rtasidagi oraliq o’rinni egallaydi. Suyuqliklarning ba’zi xossalari gazlarnikiga ba’zi xossalari qattiq jismlarnikiga o’xshash bo’ladi.
Suyuqliklarning hajmi, massasi (molyar hajmi), solishtirma og’irligi bo’ladi.

M - molekulyar massasi
d - solishtirma og’irligi
V -molyar hajmi.
Suyuqliklarning eng muhim xususiyati ularning qovushqoqligi va oquvchanligidir.
Suyuqlikning bir qism harakatiga uning ikkinchi qismi ko’rsatadigan qarshilik suyuqlikning qovushqoqligi yoki ichki ishqalanish deb ataladi. Masalan, glitserin, qiyom kabi suyuqliklar qovushqoq suyuqliklar. Efir, suv kabi suyuqliklarning qovushqoqligi kichik bo’ladi.
Suyuqlikning qovushqoqligini topish uchun ma’lum hajmdagi oqib chiqish vaqti o’lchanadi. Agar kapillyar radiusi r, uzunligi l, bosimi  bo’lsa, kapillyardan t sekundda oqib chiqqan suyuqlik hajmi.

Qovushqoqlikka teskari qiymat 1/η suyuqlikning oquvchanligi deyiladi.
Suyuqliklar tuzilishi
.Suyuqliklar uchun eng muhim xossalardan biri ularning oqishi va suyuqlik solingan idish shaklini olishi hisoblanadi.
Gazlardan farq qilib suyuqlik bosimini o’zgarishi suyuqlik hajmini o’zgatirmaydi. Suyuqliklar uchun“siqiluvchanlik xos emas. Suyuqliklar “oqish” xossasiga ega.Har qanday suyuqlik gazsimon holatiga o’tkazilishi mumkin.Suyqlik bug’ga aylanadigan haroratga qaynash harorati deyiladi. Har bir suyuqlik tarkibi va tuzulishiga mosravishda ma’lum qaynash haroratiga ega bo’ladi. Masalan, suv 101,325 kPa bosimda 100 oS qaynaydi.
Harorat pasayishi bilan suyuqliklar qattiq holatga o’tadi. Suv OoS da muzlaydi. Moddaning qattiq holatdan suyuq holatga o’tadigan harorat suyuqlanish harorati deyiladi.Suyuqliklarda zarrachalarning joylanishidagi tartibqattiq moddalarnikiga o’xshahs bo’ladi. Masalan suvning strukturasi muznikiga o’xshaydi. Har bir suv molekulasini to’rtta boshqa molekula o’rab turadi.
Suyuqlik strukturasi ozgaruvchan bo’lib, ayni qattiq moddaning strukturasi bo’lsa o’zgarmaydi. Suyqliklar agregat holati va xosslari bo’yicha gazlar va qattiq moddalar orasidagi oraliq holatni egallaydi. Shunng uchun hamular ma’lum hajmga ega bo’lgani holda shaklga ega emas.
Suyuq holdagi moddalarning strukturasi va diffuziya, qovushoqlik, to’yingan bug’ bosimi, nur sindirish ko’rsatkichi, optik zichligi, zichligi kabi kattaliklar moddaning kimyoviy tarkibi va suyuqlik molekulalarining o’zarota’siriga bog’liq.
Yüklə 18,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin