1. Yuk ko‘tarish va tashishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar



Yüklə 383,41 Kb.
səhifə1/2
tarix17.05.2022
ölçüsü383,41 Kb.
#58274
  1   2
Yuk kutaruvchi mexanizmlarining turg


Yuk kutaruvchi mexanizmlarining turg'unligini xisoblar

Reja:


1. Yuk ko‘tarish va tashishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar.

2. Yuk ko‘tarish va tashish ishlarini xavfsiz tashkil qilish.

3. Yuk kutaruvchi mexanizmlarining turg'unligini xisoblar


Yuk ko‘tarish va tashishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar.

Ishlab chiqarish korxonalarda yuklarni tashish va yuqoriga ko‘tarish uchun ko‘pgina mashina va mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar ikki turga bo‘linadi:

a) Uzluksiz ishlaydigan - lentali transportyorlar, havo yordamida, rolganglar, tarnovlar yordamida ishlaydigan turlari mavjud.

b) Davriy ravishda ishlaydiganlarga - avtomobillar, avtopogruzchiklar, elektro-pogruzchiklar, temir yo‘l vagonlari kiradi.

YUqoriga yuk ko‘taruvchi uskunalarga ko‘prik kranlari, avtomobillarga o‘rnatilgan aylanma kranlar, telfYer, o‘zi yurar aravachaga o‘rnatilgan tal va boshqalar kiradi.

YUk ko‘tarish, tashish uskuna va mashinalari “Davlat kon tex nazorat”i idoralari tomonidan rasmiylashtirilgach, texnik ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng ishlatilishi mumkin. Texnik ko‘rik to‘liq – har uch yilda bir marta va qisman ko‘rik esa - har 12 oyda bir marta o‘tkazilishi shart hisoblanadi.

To‘liq texnik ko‘rikda - yuk ko‘tarish mashinalari yaxshilab qarab chiqiladi, statik va dinamik sinovlardan o‘tkaziladi.

Qisman texnik ko‘rikda esa - statik va dinamik sinov o‘tkazilmaydi.

Ko‘rik paytida barcha mexanizm va elektr asboblari, xavfsizlik asboblari, tormoz qurilmalari, boshqarish jihozlari, signal bYeruvchi va yorituvchi asboblar ishlab turgan holatda tekshirib chiqiladi.

Statik sinov mashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25% ko‘p yuk ortilgan holatda o‘tkaziladi. Bunda, Yerdan 20-30 sm yuqoriga ko‘tarilib, 10 minut davomida ushlab turiladi va shundan so‘ng qoldiq deformatsiyalar sinchiklab tekshiriladi.

Dinamik sinov mashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatidan 10 foiz ko‘p yuk bilan bir necha marta ko‘tarib tushirib sinaladi.

Mashinalarning bevosita yuk ko‘taruvchi moslamalari (stropalar, trosslar, zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar) foydalanishga tushirilishidan oldin va har galgi sozlashdan so‘ng, sinovdan o‘tkazilishi shart. Sinov me’yordagi yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25% ko‘p ortilgan holda bajariladi.

Po‘lat arqonlar o‘ramning har qadamidagi uzilgan simlar soniga va zanglash sababli diametrining kamayganligiga qarab, me’yoriga solishtirib, ishga yaroqliligi yoki yaroqsiz ekanligi aniqlanadi.

Po‘lat arqon sim yoki zanjirlarni, oddiy sinalmagan simlar bilan ulab uzaytirib, ishlab chiqarishga qo‘llash taqiqlanadi.

Yuk tuproq shag‘al ostida bo‘lsa yoki ustida boshqa narsalar bo‘lsa, uni ko‘tarish mumkin emas va yukni ko‘tarilgan holda qoldirib (tanaffus yoki ish tugagach) ketish qat’iyyan man qilinadi.


Yüklə 383,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin