10-Mavzu: Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 38,64 Kb.
səhifə1/2
tarix28.09.2023
ölçüsü38,64 Kb.
#150116
  1   2
10-mavzu


10-Mavzu: Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari
Reja:
1. Bilish nazariyasining predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari
2. Bilishning asosiy turlari va shakllari
3.Bilishda sub’yekt va ob’yektning o’zaro aloqasi
4. Falsafada metod va metodologiya tushunchalari. Falsafa metodlari.
1.«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi. Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi. Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm to’qnashadi.
Rasionalizm (rasionalistlar) insonda tug’ma g’oyalar, adolat, insoniylik, uyg’unlik g’oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo’lmagan boshqa g’oyalar mavjudligidan kelib chiqadi
Empirizm (empiristlar, Frensis Bekon, Lokk, Gobbs, Yum, Feyerbax), aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo’lgunga qadar biron-bir g’oya mavjud bo’linishni inkor etadilar.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to’g’risidagi masalani yechishni ham o’z ichiga oladi. Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko’p muammolar bilan shug’ullanadi. U bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko’r-ko’rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So’nggi o’n yilliklarda gnoseologiyada bilimlar o’rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy tajribamdan bilaman», «dalilga ko’ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o’zaro nisbati masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so’z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to’liq qamrab olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko’tarilar ekan, har bir yangi pog’onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?,bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo’nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptisizm va agnostisizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o’zida»). Skeptiklar esa, dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar.
2.Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko’p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi.
Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Dastlab inson bilishini unda borliq qanday holda in’ikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o‘z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va tafakkurlari orqali bilishdir.
Inson o’zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida subyekt va obyektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi ko’p sonli munosabatlarning biridir.
3.Bilish dunyoning obyekt va subyektga bo’linishini nazarda tutadi.Subyekt – bu bilish faolligining manbai. Subyekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to’g’ri emas. Subyekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo’lgan individ. Subyekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po’stlog’ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg’ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o’zining alohida jihati – o’zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo’lsa, shu obyekt bo’ladi.
Obyekt – bu subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (o’rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog’liq narsa va hodisalar ham obyekt bo’lishi mumkin. «Obyekt» tushunchasini obyektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak.
Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va genetikada o’rganish «obyekti»ga aylanishidan oldin ham obyektiv mavjud bo’lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o’rganish «obyektlari»ga aylangan
4.Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo’llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig’indisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to’g’ri baholamaslik ("metodologik negavizm"),ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo’rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto’g’ridir.
Eng qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo’lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro’y bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani rasional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).

Yüklə 38,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin