10-mavzu: Ekologik omillar to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 13,29 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü13,29 Kb.
#199264
10-mavzu


10-mavzu: Ekologik omillar to‘g‘risida tushuncha
Yashash muhitining organizmlarga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir etuvchi elementlari ekologik omillar deb ataladi. Omillar oranizmlarga bir butun yoki birgalikda ta’sir etadi. Ular asosan ekologik, fiziologik, genetik va boshqacha ko’rinishda ta’sir etsada, biroq ekologik omillarni tasniflashda ularning kelib chiqishiga ko’ra abiotik, biotik va antropogen guruhlarga ajratish qulayroqdir.
I.Abiotik (jonsiz tabiatning ta’siridagi) omillarga quyidagilar kiradi:
1) Iqlim omili - (yorug’lik, harorat, havo, atmosfera bosimi, namlik, shamol kabilar va h.k.);
2) Edafik - tuproq omili (tuproqlarning mexanik va kimyoviy tarkibi, fizik xossalari va hakazo);
3) Rel’ef – orografik omil (joyning dengiz sathidan balandligi, yon bag’ir ekspozitsiyasi va h.k.);
II Biotik ( tirik organizmlarning o’zaro aloqadorligi bilan bog’liq ta’sir) omil quyidagi hollarda namoyon bo’ladi:
1) O’simliklarning o’simliklarga ta’sirida (bir turning ikkinchi yoki bir turga kiruvchi individlarning, populyatsiyalarning bir-birga ko’rsatadigan ta’siri). Tabiatdagi barcha mavjudotlar populyatsiyalar tarkibiga kiradi.
Ekologiyada populatsiyalar deb umumiy maydonda yashaydigan va o’zaro munosabatda bo’ladigan bir turning zotlari guruhiga aytiladi. Uning asosiy belgilari – zichligi, tug’ilish, o’lish, yosh tarkibi, tarqalish va o’sish xususiyatlari. Tabiatda faqat populyatsiyalargina o’z tarkibidagi turlar sonini boshqara oladi. SHu tufayli o’simliklar va hayvonlarni muhofaza qilish populyatsiya darajasida amalga oshriladi;
2) O’simliklarning hayvonlarga ta’sirida (buni zaharli va hashoratxo’r o’simliklar misolida ko’rish mumkin. Hayvonlar bilan oziqlanuvchi o’simliklar o’zining turli moddalar(masalan, azotga) bo’lgan ehtiyojini hashoratlar bilan oziqlanish hisobiga qondiradi);
3) Hayvonlarning o’simliklarga ta’sirida (ko’plab hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanib, ularning urug’, spora va mevalarini tarqatadi. Zararkunandalar esa o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi – karam kapalagi, g’uza qurti va b.);
4) Hayvonlarning hayvonlarga ta’sirida (bu yirtqich-o’lja o’rtasidagi munosabatda yaqqol namoyon bo’ladi);
5) mikroorganizmlarning o’simlik va hayvonlarga ta’sirida (bu kasallik tarqatuvchi mikroblarning o’simlik va hayvonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishida aks etadi);
6) o’simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o’zaro bir-biriga ta’sirida (u avvalo, ularning tuproqda birga yashashida namoyon bo’lib, ozuqa zanjiridagi biotik munosabatlarda yanada aniq ko’rinadi).
III. Antropogen (inson xo’jalik faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir)omil. Hozirda bu omil tabiatdagi eng kuchli omil hisoblanadi. CHunki inson tirik organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir etib, ularning yashash sharoitining o’zgarishga, tarqalishga sabab bo’lmoqda. Antropogen omillarni to’rt guruhga ajratish mumkin:
1) ehtiyojni qondirish maqsadida tirik organizmlardan foydalanish (ov, baliqchilik, o’rmonlarni kesish, o’tlarni o’rish va h.k.);
2) o’simlik va hayvonlarni madaniylashtirish, ko’paytirish;
3) akklimitizatsiya va introduksiya (organizmlarni tabiiy arealdan boshqa joylarga ko’chirish, moslashtirish);
4) o’simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish.
Inson o’z ta’siri oqibatida abiotik va biotik omillarni ham o’zgartira oladi, insonning tirik organizmlarga ta’siri emas, ular yashaydigan tashqi muhitni o’zgartirishi antropogen omil hisoblanadi.
Tayanch iboralar:
Mikro -, makro -, global ekotizimlar, ekologik muvozanat, geterotrof pog’ona, gomeostoz, o’z-o’zini boshqarish, suksessiya, tabiiy- antropogen ekotizimlar, ekologik sig’im, gidroekologik muvozanat, muhit, moslashuv, tabiiy muhit, ekologik muhit, hayot muhiti, yashash muhiti, insonning yashash muhiti, uzluksiz, uzluksiz bo’lmagan omillar, morfologik, fiziologik, etologik moslashuv, ekologik omillar, abiotik, biotik, antropogen.
Nazorat uchun savollar:

  1. Ekotizim nimaligini tushuntirib bering.

  2. Ekotizimdagi modda – energiya almashinuvini yoritib bering.

  3. Ekotizimlardagi oziqa zanjiri pog’onalarini aytib bering.

  4. Ekotizimlarning qanday turlari va xususiyatlarini bilasiz? Ekologik sig’im nima?

  5. Muhit tushunchalarini izohlang.

  6. Adaptatsiya nima degani? Qanday turlari bor?

  7. Ekologik omillarga ta’rif bering.

  8. Abiotik omillarni aytib bering.

  9. Biotik omillar qanday namoyon bo’ladi?

  10. Antropogen omilning mohiyati nimada?

Yüklə 13,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin