10-Mavzu:Mexanik usulda aralashtirish Mexanik aralashtirish usuli turlicha konstruksiyali mexaniq aralashtir-gichlarni aylanma yoki tebranma xarakati tufayli amalga oshiriladi.
Suyuqliklarni pnevmatik usulda aralashtirish usuli aralashtiriladigan suyuqlik qatlami orkali siqilgan gazni o’tkazish yuli bilan amalga oshiriladi.
Sirkulyatsiyaviy aralashtirish usuli aralashtirilayotgan suyuqlik muxitini “qurilma-nasos-qurilma” yopiq sistemasi bo’yicha nasos yordamida ma’lum vaqt mobaynida uzluksiz xaydashga asoslangan.
Nasos bilan vaqt birligi ichida uzatiladigan maxsulot mikdorini qurilmadagi suyuqlik xajmiga nisbati sirkulyatsiyani karrali soni deyiladi. Ushbu kiymat kattaligi jarayon intensivligini belgilaydi
Turbulizatorlar yordamida aralashtirishusulida suyuqlik turli xildagi turbulizatorlar (masalan, vintlar, spirallar va x.) orkali xaydaladi. Turbulizatorlar qurilmalarning ishchi kismlariga (masalan, kizdirish trubkalari ichiga) urnatiladi.
Aralashtirish moslamasining muxim kattaliklari katoriga uning nasos effekti xam kiradi. Ushbu kattalik vaqt birligi ichida sirkulyatsiya kilinayotgan suyuqlik xajmi V bilan belgilanadi.
Aralashtirish paytida suyuqlik yuzasida girdob xosil bulishining oldini olish maksadida tez xarakatlanuvchi mexaniq aralashtirgich urnatilgan qurilmalarning ichki devoriga okim kaytaruvchi radial tusiqlar urnatiladi. Bunday tusiqlarning optimal soni 24 ta, kengligi b=0.1D, balandligi esa h=2d bo‘ladi.
Kaytaruvchi tusiqlar aralashtirish intensivligini orttiradi, ammo bu paytda energiya sarfi 30-50% ga ortadi. Sanoat korxonalarida kullaniladigan barcha mexaniq aralashtirgich-larni shartli ravishda sekin va tez aylanuvchi moslamalar guruxiga ajratish mumkin.
Sekin aylanuvchi aralashtirgichlar (yakorli, ramali va b.) parraklari uchlarining chizikli tezligi taxminan 1 m/s bo‘ladi. Tez aylanuvchi aralash-tirgichlarni (propellerli, turbinali va b.) chizikli tezligi esa 10 m/s ga yakin bo‘ladi.
Eng kup kullaniladigan mexaniq aralashtirgichlar tuzilishiga ko’ra parrakli, propellerli va turbinali sinflarga ajratiladi.
Nonyuton suyuqliklari va qovushqoqligi uta yuqori bo’lgan pastasimon maxsulotlarni aralashtirish uchun maxsus aralashtirgichlar - vintli, shnekli, lentali, ramali, pichoksimon va boshka turdagi moslamalar kullaniladi.
Aralashtirish qurilmalari odatda aralashtirgich urnatilgan vertikal idish shaklida bulib, ishchi organni aylanish uki qurilmaning o’qiga parallel, perpendikulyar yoki kiya tekislikda joylashgan bo‘ladi.
Bunday qurilmalar tarkibi korpus, elektrodvigatel, reduktor, uzatmalar xamda valga urnatilgan aralashtirish moslamasidan iborat bo‘ladi.
Qurilma ichiga urnatiladigan asosiy ishchi organ - aralashtirgichni turi ishlov beriladigan maxsulotning qovushqoqligi va kuzlangan texnologik maksadlarga asosan tanlanadi.
Aralashtirgichlar idish diametri D, aralashtirgich diametri d, parrakning kengligi b va idish tubidan aralashtirish moslamasigacha bo’lgan masofa h kabi konstruktiv parametrlar bilan tavsiflanadi ( 1- jadval).
1- jadval. Ayrim aralashtirgich turlarining tavsiflari
Aralashtirgich turi
µ,Pa s
n, min-1
D f(D)
b f(D)
H f(D)
Parrakli
0,1
2080
(0,60,9)D
(0,10,2)D
0,3 D
Propellerli
6
1501000
(0,250,33)D
(0,51)D
Turbinali
500
2002000
(0,150,6)D
Shnekli
500
14 c-1
Lentali
3000
Parrakli aralashtirgich bir yoki bir necha parrakdan iborat bo‘ladi. Ular qovushqoqligi kichik bo’lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun muljallangan.
Balandligi diametriga nisbatan katta bo’lgan qurilmalarda (H/D1.5) aralashtirilayotgan suyuqliklarning turbulentligini oshirish uchun vertikal valga ikki parrakli aralashtirgichlar bir-biriga nisbatan 900 ga burilgan xolatda, bir necha katorda urnatiladi. Parraklar katorining oraligi t(0.30.6)D chegaralarda belgilanadi.