10-Mavzu: Shaxsga y



Yüklə 19,92 Kb.
səhifə1/4
tarix04.04.2023
ölçüsü19,92 Kb.
#92922
  1   2   3   4
10-Mavzu Shaxsga yunaltirilgan axborot psixologik va madaniy taxdidlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • didlar

10-Mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar (2soat)

Psixologik operatsiyalar - axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish
XX asrning o‘rtalaridan boshlab ayrim rivojlangan davlatlar, xususan, AQSH boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatishda nohukumat notijorat va xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan. Bu vositalar orqali aholi va ayrim shaxslarning ongiga ta’sir qilingan.
Maxsus markazlar tomonidan ishlab chiqilgan axborot-psixologik tahdidlar inson tabiatining nozik xususiyatlari va jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari o‘ta ustamonlik bilan qamrab olingan.
“Psixologik urush”, “axborot urushi”, “psixologik operatsiyalar”, “axborot-psixologik kurash olib borish”, “psixologik himoya” singari atamalar o‘zida axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan XX asrning 50-60-yillarida «odamlarni qayta dasturlash», “ongni yuvish” borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan. Ijtimoiy ongga ta’sir etuvchi samarali usullarni o‘ylab topish va ular orqali odamlarni boshqarish maqsadida bu sohaga katta mablag‘ sarflangan. Shunday loyihalar ustida ishlagan olimlardan biri doktor Iven Kameron 1946 yil chop etilgan “Ijtimoiy psixiatriyaning chegaralari” asarida ijtimoiy psixiatriya fuqarolar ustidan nazorat o‘rnatishga xizmat qiladigan, ularda ijtimoiy fikr, e’tiqod va hayot tarzini shakllantiruvchi usullarni ishlab chiqishga yordamlashishi zarurligini ta’kidlagan.
Psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi yutuqlar axborot-psixologik urush olib borishga keng imkoniyatlar yaratdi.
A.Karayani “Zamonaviy urushlarda axborot-psixologik qarshilik ko‘rsatish” sarlavhali maqolasida AQSHda hozirgi paytda FM 100-6 “Axborot operatsiyalari”, FM 33-1 “Psixologik operatsiyalar” singari dala dasturlaridan foydalanilayotgani va axborot urushini olib borish sohasida mutaxassislar tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni keltirgan.
Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, axborot urushi olib borishning alohida konsepiyalari AQSH tomonidan uzoq vaqt mobaynida qo‘llanilib kelinmoqda. Masalan, sobiq Varshava shartnomasiga a’zo davlatlarga ana shunday axborot-psixologik tadbirlar qo‘llanilgan. AQSH Fors ko‘rfazi (1990-91 yillar), Gaiti (1994 yil), Bosniya va Gersegovinadagi (1996 yil) harbiy amaliyotlar davrida ham keng ko‘lamli axborot va psixologik tadbirlarni amalga oshirgan. O‘z maqsadini ko‘zlab turli yolg‘on ma’lumotlar tarqatish bu operatsiyalarda oddiy hol sanaladi.A.Manoylo va A.Petrenko singari tahlilchilarning yozishicha, AQSHning Iroqdagi operatsiyalari davrida ham turli-tuman axborot qurollaridan samarali foydalanilgan. Ular orqali ommaviy va individual ongga ta’sir ko‘rsatilgan. Masalan, o‘sha paytda zotiljam kasalligining yangi turi to‘g‘risida mish-mishlar tarqatilgan. Bu axborot-psixologik ta’sir butunlay ijtimoiy fikrga emas, balki har bir shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular Iroqda bo‘layotgan voqealarni biroz unutishga xizmat qilgan. Boshqacha aytganda, og‘ir kasallik haqidagi mish-mishlar orqali odamlarning ijtimoiy fikri chalg‘itilgan.A.Karayanining yuqorida nomi tilga olingan maqolasida yozilishicha, AQSH Qurolli kuchlarining “Yagona istiqbol-2010” hujjatida XXI asrda qurolli kurashning asosiy xususiyati axborot sohasidagi kurashga e’tibor berish va har qanday raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish hisoblanishi qayd etilgan. Bunday psixologik operatsiyalar AQSH va uning sheriklari bo‘lgan mamlakatlar uchun ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda alohida rahbarlar, tashkilotlar, milliy va ijtimoiy guruhlar hamda xorijiy davlatlardagi ayrim shaxslarning hissiy holati, harakatlari, qarorlar qabul qilishi va o‘zini tutishiga ta’sir qiluvchi maxsus ishlab chiqilgan axborotni tarqatish chora-tadbirlarini qamrab oladi.Strategik darajada psixologik operatsiyalar muayyan siyosiy yoki diplomatik qarashlarni, rasmiy bayonotlarni yoki davlat rahbarlarining xabarlarini tarqatish va targ‘ib qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Axborot-psixologik ta’sir o‘tkazishda siyosiy va harbiy rahbarlar, shuningdek, OAV, madaniyat va san’atning ko‘zga ko‘ringan vakillari asosiy obyekt bo‘lib hisoblanadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, keyingi paytlarda mamlakatimizga nisbatan ham axborot-psixologik tahdidlar sodir etilmoqda. Bu jarayonga Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha izoh bergan: “Jahon geosiyosatida xalqlarni ma’naviy-mavkuraviy jihatdan tobe etishga intilish va bugungi kunda dunyoni shunday asosda bo‘lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari, ularning yutuqlaridan hamda turli xil markazlar, ayni paytda o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy vositalardan foydalanish orqali dunyoning turli hududlarida o‘zlariga mos mafkuraviy muhitni shakllantirish maqsadlarini ham ko‘zlamoqdalar. Barchamiz bugungi hayot oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga yetib borishimiz zarur. Bu achchiq haqiqat shundan iboratki, agarda kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimizni va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi”.
Bu esa ularga qarshi jiddiy kurashishni taqozo etadi. Buning uchun axborot xavfsizligi bo‘yicha keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish zarur. Milliy istiqlol mafkurasini keng targ‘ib etish, aholini to‘g‘ri axborot bilan tez va o‘z vaqtida ta’minlash, jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirish ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.

Yüklə 19,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin