10-mavzu: Xalqaro yuqori impact factorli jurnallar haqida ma'lumot



Yüklə 110,45 Kb.
səhifə1/3
tarix20.02.2023
ölçüsü110,45 Kb.
#85071
  1   2   3
Мавзу 9 10.


Мавзу 9. Scopus tizimidagi ilmiy jurnallarni tanlash

Scopus-маълумотларни кузатиш, таҳлил қилиш ва кўриш учун ўрнатилган воситалар билан шарҳланган илмий адабиётларни келтириб чиқариш бўйича изоҳлар ва маълумотларни ўз ичига олган енг катта бирлаштирилган маълумотлар базаси. Маълумотлар базаси мавжуд 23700 дан нашрлар 5,000 халқаро ноширлар, табиий соҳасида, ижтимоий ва гуманитар фанлар, технология, тиббиёт ва санъат. Маълумотлар базаси яхлитлигини сақлаб қолиш учун қаттиқ сифат назорати стандартларига риоя қилган ҳолда, Scopus доимий равишда ишлайди, бойитади ва катта миқдордаги маълумотларни тақдим етади.



10-mavzu:Xalqaro yuqori impact factorli jurnallar haqida ma'lumot

Agar siz ilm dunyosiga kirgan bo‘lsangiz, kunda-kunora qulog‘ingizga “impakt faktor” (bu jumlani o‘zbekchaga tarjima qilish kerak emas, deyarli ko‘p davlatlar aynan shu holatda, ilmiy atama sifatida o‘zlashtirmoqda) degan jumla chalinib turadi. Bugun mana shu narsani imkon qadar soddaroq qilib tushuntirib bermoqchiman.
Impakt faktor – bu ilmiy jurnalda chop etilgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning raqamda ifodalangan ko‘rsatkichidir.

Ilmiy jurnal degani tushunarli, unda maqola chop etish degani ham tushunarli, “iqtibos” (citation) nima degani unda?
Jonli misol bilan tushuntiraman. Men 2020-yilning fevral oyida “Journal of Applied Ichthyology” degan jurnalda O‘zbekistonning Zarafshon daryosida qora dog‘li qumbaliq (Gobio nigrescens) degan baliqning uchrashi to‘g‘risida maqola chop etdim. Bundan avval bu daryoda ushbu baliqning uchrashi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan. Demak men bu ma’lumotni ilk marotaba qayd etdim. Endi deylik 2020-yilning sentabr oyida eronlik bir ixtiolog-tadqiqotchi Gobio urug‘iga mansub baliqlar haqida maqola yozayotganda, meni maqolamni ko‘radi-da, o‘z maqolasida mening ma’lumotlarimdan foydalanadi. Masalan u o‘z maqolasida: “Qora dog‘li qumbaliq Afg‘oniston va Eron hududidan oqib o‘tuvchi Hari daryosida (Coad, 2019) va O‘zbekiston hududidagi Zarafshon daryosida (Sheraliev et al., 2020) uchraydi” deb yozadi.
Aynan mana shu gapida u B.Coad (kanadalik ixtiolog, Eron baliqlari bo‘yicha mutaxassis) va mening maqolalarimdan iqtibos keltirib o‘tgan bo‘ladi. Men ham odatda o‘z maqolalarimda boshqa mualliflarning ishlaridan iqtibos keltiraman. Masalan bir maqolamda quyidagicha yozganman: “Triplophysa urug‘iga mansub baliqlarning ayni vaqtda 160 dan ortiq turi mavjud (Fricke et al., 2021).” Bu baliqlarning nechta ekanligini men sanab chiqmaganman, shu bois bu ma’lumotni ishlatayotganda uning muallifi (bu yerda Ronald Fricke) ishidan iqtibos keltiraman. Aks holda bu plagiat, ya’ni ko‘chirmachilik bo‘lib qoladi.
Maqolangizga boshqa tadqiqotchilar tomonidan qancha ko‘p iqtibos keltirilsa, sizning ilmiy salohiyat darajangiz (h-indeks, bu haqida boshqa safar batafsil aytib beraman) ham shuncha ortib boradi. Shu bilan jurnalda chop etilgan maqolalarga qanchalik ko‘p iqtibos keltirilsa, jurnalning impakt faktori ham shuncha ortib boradi.

Yüklə 110,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin