11-mavzu:Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi. BMIga rahbarlik qilish. Bitiruv malakaviy ishga bo`lgan talablar. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tasdiqlash tartibi. Bitiruv Malakaviy Ishiga Ilmiy rahbarlik va maslahatchili
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGLKA UNTVERSITETI «Тасдиқлайман» Факультет декани __________Л.Ш.Нурмухамедова « ___ »______ 2015 - 2016 ўқув йили DEFEKTOLOGIYA FAKULTETI “ Maxsus ta`lim metodikalari “ kafedrasi BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH VA HIMOYA QILISH BO’YICHA METODIK KO’RSATMALAR Toshkent - 2015 2 Ushbu metodik qo’llanmada bitiruv malakaviy ishlarni bajarish boyicha tavsiyalar berilgan bo’lib, bundan pedagogika oliy ta'lim muassasalari defektologiya ta'lim yo’nalishi talabalari foydalanishi mumkin. Tuzuvchilar: p.f.n.,dotsent D.Nurkeldieva, p.f.n. dotsent SH.M.Amirsaidova Taqrizchilar: TDPU, p.f.n.dots V. S. Raxmanova , TDIU, p.f.d. M.Hakimova Metodik qo’ llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Defektologiya fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. 3 Mundarija Kirish 4 1. Bitiruv malakaviy ishiga qoyiladigan talablar 4 2. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tasdiqlash tartibi 5 3. Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik 6 4. Bitiruv malakaviy ishini yozish va rasmiylashtirish 7 5. Bitiruv malakaviy ishining himoyasi 11 6. Baholash mezoni 13 Foydalanilgan adabiyotlar 21 1-ilova. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tasdiqlash haqidagi talabaning arizasi 15-16 2-ilova. BMIni bajarishning kalendar rejasi 3-ilova. Ilmiy rahbar taqrizi 17 4-ilova. Bitiruv malakaviy ishlarni ilmiy rahbar va talabaning o’zini-o’zi baholash mezoni 18 5-ilova. Retsenzent taqrizi 20 4 KIRISH Bitiruv malakaviy ishni bajarish — oliy ta'lim muassasi bakalavriatida talabalagni o`qitishning yakuniy bosqichi bo`lib, O'zbekiston Respublikasi Davlat atestatsiya komissiyasi haqidagi Nizomga ko`ra bitiruv malakaviy ishni himoya qilish Davlat Attestatsiya Komissiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Malakaviy ishni bajarish maqsadi ta'lim bo"yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llash; ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo`yilish jarayonidan boshlab, uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas'uliyatni his etishga; o`rgatish; zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning, axborot texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta'minlash; Bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda olingan bilimlarni sistemalashtirish, tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatiarni shakllantirish tajribasini egallash; Talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat. Bitiruv maiakaviy ish talaba tomonidan mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlar va tadqiqiy, amaliy ko`nikmalari negizida bajariladi. Ushbu metodik qo`llanmada bitiruv malakviy ishlarga bo`lgan umumiy talablar, bitiruv malakaviy ishga rahbarlik, maslahatchilik qilish, bitiruv malakaviy ishni bajarish, rasmiylashtirish, bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bo`yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishni baholashning umumiy mezonlari berilgan. Ilova qismida BMIni rasmiylashtirish haqida tavsiyalar keltirilgan. So`ngi ilovada matematik analiz o`quv fanida o`rganilgan materiallar asosida bajarish mumkin bo`lgan BMI mavzulari keltirilgan. Ba'zi mavzular uchun ko`rsatmalar (rejalar) keltirilgan. 1. Bitiruv malakaviy ishga bo`lgan talablar Bitiruv malakaviy ish mustaqil tadqiqot bo`lib, bunda talabaning tanlangan mavzu bo`yicha chuqur bilimlarga egaligini, uning mutaxassislik bo`yicha umumiy tayyorgarligini, to`plangan materiallami tahlil qila olish ko`nikmasini, turli kuzatishlami umumlashtirish, imkon darajasida defektologiya sohasidagi, defektologiya fanini umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'Iimida o`qitish bilan bog`liq muammolar yechimlariga chiqa olishini namoyon etishi lozim. BMI mualifning o`qish davrida umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy va amaliy bilimlarini tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga bo`lgan qobiliyatini, bu bilimlarni BMI da qaralayotgan muammolarni yechishda tatbiq etishi, talabaning mutaxassislik bo`yicha mustaqil ishlashga tayyorgariik darajasi haqida dalolat berishi kerak. Bitirav malakaviy ish mavzusi bitiravchining bo`lg`usi mutaxassisligiga mos kelishi lozim. Alohida hollarda, defektologiya bo`yicha ilmiy tadqiqotlarida mustaqil natijalarga erishgan iqtidorli talabalarga defektologiya fanining 5 fundamental yo`nalishlaridan BMI himoya qilishga ruxsat beriladi. Bitirav malakaviy ish talabaning defektologiya fani yoki umumiy o`rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida defektologiya o`qitish bo`yicha dolzarb muammoni tadqiq etish malakasi va qobiliyati mavjudligini tasdiqlashi kerak. Bitirav malakaviy ish quyidagj bo`limlardan tashkil topishi shart: -Kirish, bunda o`rganilayotgan (tadqiq etilayotgan) muammoning dolzarbligi va mohiyati ochib berilishi lozim; - BMI mavzusi bo`yicha adabiyotiar tahlili (tavsiloti), bunda ishda qaralayotgan munozorali savollarga turli fikrlarnihg mavjudligi yoritilishi va muallifning bu savollarga munosabati shakllantirilishi lozim, muailifning shu savollar bo`yicha fikri asoslanishi lozim;' - Tadqiqot ob'ekti va predmetining xarakteristikasi; - Tadqiqot metodlari xarakteristikasi (modellar, statistik hisob-kitoblar); - Tadqiqot bajarilishi bosqichlarining yoritilishi; - Tadqiqot natijalari xarakteristikasi va ularning interpretatsiyasi; - xulosa, bunda bajarilgan ish bo`yicha konkret natijalar va ularni amalga oshirish bo`yicha takliflar aks etishi kerak. BMIni rasmiylashtirish ushbu metodik ko`rsatmaning mos bo`limlarida keltirilgan talablarga javob berishi kerak. 2. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tasdiqlash tartibi BMI mavzularini va ilmiy rahbarlarini tanlash dekanat va mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari tomonidan tashkillashtiriladi. BMI mavzulari banki mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan 3 yilga ishlab chiqiladi, zarurat bo`lsa har yili yangi mavzular kiritilishi mumkin. Mavzular banki fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. BMI mavzular banki dekanat tomonidan uchinchi kurs talabalariga tarqatiladi. BMI mavzularini talabaga biriktirish kafedra mudirining nomiga talabaning shaxsiy arizasi bo`yicha amalga oshiriladi- (1-ilova). Ilmiy rahbar bilan kelishgan holda mavzuga o`zgartirishlar kiritish mumkin. Talabalaming arizasi kafedra majlisida ko`rib chiqiladi va kafedra qarori majiis bayoni bilan tasdiqlanadi. Kafedra qarorida quyidagilar qayd etiladi: talaba BMI mavzusini uning arizasiga ko`ra tasdiqlash yoki uni o`zgartirish; BMI rahbarini va zarurat bo`lsa, maslahatchini tayinlash. Talabaning arizasi kafedra xujjatlarida saqlanadi. Talabaning BMI mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarlami tayinlash haqidagi qarori dekanatga beriladi va talabalarga ma'lum qilinadi. Dekanat kafedralar qarorlarini umumlashtiradi, uni fakultet ilmiy kengashida ko`rib chiqadi va rektoratda tasdiqlashga tayyorlaydi. BMI rahbarini o`zgartirish rektor roziligi bilan himoyaga kamida 3 oy qolganga qadar amalga oshirish mumkin. Mutaxassis chiqaruvchi kafedra metodik ko`rsatmalar ishlab chiqadi, bunda kafedraning xususiyatini hisobga olgan holda BMI ning majburiy talablari ko`rsatiladi. Bu metodik ko`rsatmalar talabalar BMI ni bajarishga kirishmasdan oldin talabalarga yetkaziladi. Odatda, talabalar BMI ni universitetda, ularga zaruriy sharoitlarni yaratilgan holda, bajaradi. Alohida hollarda BMI boshqa ta'lim va ilmiy 6 tadqiqot muassasalarida ham bajarilishi mumkin. Universitet rektori fakultet dekani taklifiga ko`ra talabalarning BMI mavzusini tasdiqlash, ilmiy rahbarlar va maslahatchilarni tayinlash haqida I buyruq chiqaradi. 3. Bitiruv Malakaviy Ishiga Ilmiy rahbarlik va maslahatchilik BMI ilmiy rahbari majburiyatlari: - talabaga BMI mavzusini tanlashda va uni bajarish rejasini tuzishda yordam berish; - tadqiqotni olib borish metodlarini tanlashda yordam berish; - adabiyotlarni va faktik materiallami saralashda maslahatlar berish; - ishlab chiqilgan reja asosida BMI bajarilishini sistemali nazorat qilish va bu haqida kafedra majlislarida malumot berib borish; - BMI ni bajarish sifatini unga qo`yilgan talablar bo`yicha baholash (ilmiy rahbar taqrizi); - talabaning himoyaga tayyorligini tekshirish maqsadida dastlabki himoyani o`tkazish. BMI rahbari talaba bajargan malakaviy ishning sifati va mustaqil bajarilganligiga javob beradi, mavzulaming takrorlanishiga yoki ko`chirilishiga yo`l qo`ymaydi. BMI rahbarlikni universitet professorlari, dotsentlari, shtatdagi yoki o`rindoshlik asosda ishlayotgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari amalga oshiradi. Bir nafar rahbar ko`pi bilan yettita talabaga rahbarlik qilishi mumkin. Ilmiy unvonga ega bo`lgan ilmiy tadqiqot institutlari hodimlari, boshqa oliy ta'lim muassasidagi turdosh kafedraning yuqori malakali professor - o`qituvchilari ham BMIga rahbarlik qilishi mumkin. BMIning ilmiy rahbari BMI tayyorlanishi, yozilishihing barcha bosqichlarini himoyaga qadar nazorat qiladi. BMI yozuvchi talaba belgilangan jadval asosida rahbarga bajarilgan ishlar haqida hisobotlar taqdim etadi. Ilmiy rahbar mavzu bo`yicha kerakli adabiyotlarni, ma'Iumotlarni taklif qiladi; jadval asosida sistemali ravishda maslahatlar beradi; talabaga ishning mazmuni va uni rasmiylashtirish bo4yicha maslahatlar beradi; talabaning o`rnatilgan grafik asosida ishlayotganligi yoki ishlamayotganligi haqida kafedra majlislarida axborot beradi; ishni himoyaga taqdim etish uchun rozilik beradi. BMI ning ma'lum boTimlari bo`yicha maslahatchilar tayinlanishi mumkin. Maslahatchi etib oliy taTim muassasalarining professorlari va . dotsentlari hamda ilmiy tekshirish instituti ilmiy hodimlari tayinlanishi mumkin. Ular talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar. 7 4. Bitiruv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish 4.1. BMI rejasini tuzish BMIni bajarish rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbari ishtirokida tuziladi. Ish rejaning dastlabki varianti ishning asosiy g`oyasini aks ettirishi kerak. Ish rejasining dastlabki variantida alohida boblarining mazmunini aniqlash va boblar nomini aniqlashtirish lozim; har bir bob mazmunini puxta o`ylash va unda qaraladigan masalalar ketma-ketligini paragraflar sifatida belgilab olish zarur. BMI ning dastlabki ish rejasi mavzu kafedrada tasdiqlangandan so`ng bir oy ichida tuzilishi kerak. BMIning ish rejasi egiluvchan bo`lishi lozim. o`rganilayotgan muammo bilan batavsil tanishish natijasida, yoki rejada ajratilgan mustaqil bo`limlar bo`yicha yetarlicha materiallarning mavjud bo`lmasligi, yoki aksincha nazariy va amaliy ahamiyatga ega bolgan yangi ma'lumotlarning paydo bo`lishi tufayli ish rejasida o`zgarishlar yuz berishi mumkin. BMI rejasidagi barcha o`zgartirishlar ilmiy rahbar bilan kelishilishi shart. BMIning asosiy rejasi ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanadi va ishning mundarijasi bo`lib xizmat qiladi. 4.2. Materiallarni saralash, tahlil qilish va umumlashtirish Tanlangan mavzu boyicha adabiyotlarni saralash va tanishish Adabiyotlarni saralashni BMI mavzusini tanlagandan so`ng darhol boshlash zarur. Adabiyotlarni saralashda Universitet axborot resurs markazidagi, fanlar akademiyasi, ixtiyoriy kutubxonalardagi predmetli-tematik kataloglar va bibliografik ma'lumotnomalarga, hamda Internetdan foydalanish zarur. Tanlangan mavzu bo`yicha adabiyotlarni o`rganishni BMI da qaralayotgan asosiy masalalar haqida umumiy tasavvurga ega bolish va keyinchalik yangi materiallarni izlash maqsadida umumiy masalalardan boshlash lozim. Adabiyotlarni o`rganganda quyidagi tavsiyalarga rioya qilgan ma'qul: - adabiyotlarni o`rganishni qaralayotgan masalaning nazariy jihatlarini ochib beradigan adabiyotlardan (monografiya, jurnal maqolalari), keyin esa metodik materialiardan foydalanish; - adabiyot manbalarini talaba tomonidan sinchiklab o`rganish, ularni konspektlashtirish va sistemalashtirishdan iborat Konspekt xarakteri berilgan materialni ishda foydalanish imkoniyati bilan aniqlanadi (ko`chirma, sitata, adabiy manba mazmuni qisqa bayoni, yoki faktik materialni tavsifi); tanlangan ma'lumotlarni BMI rejasida belgilangan asosiy bo`limlar bo`yicha sistemalashtirish zarur; - adabiyotni o`rganishda undagi barcha axborotni o`zlashtirishga harakat qilmaslik kerak, balki ish mavzusiga bevosita taalluqli axborotni saralab olish kerak; o`qiganni baholash mezoni sifatida uni BMIni bajarishda amalda qo`llash (foydalanish) hisoblanadi; - adabiyot manbalarini o`rganayotganda ko`chirmalarni rasmiylashtirishga alohida e'tibor berish kerak, chunki bu holda ko`chirmalardan kelajakda 8 foydalanish oson bo`ladi; - asosiy manbalarga (ilmiy jurnallarga) ko`rsatma berish kerak; - materiallar qaerdan olinganligini aniq ko`rsatish zarur. Daliliy materiallarning maxsus shakli bu sitatalardir. Ular muallifhing fikrmi aniq berishda, turli nuqtai nazarlarni solishtirishda va boshq. foydalaniladi; sitatalar mazmuniga tayangan holda o`rganilayotgan masalani ob`ektiv tavsiflash uchun zarur bo`lgan ishonchli isbotlar sistemasini yaratish mumkin; sitatalar ishning alohida holatlarini tasdiqlashda ishlatilishi mumkin; barcha hollarda foydalanilayotgan sitatalar soni optimal bo`lishi kerak, ya'ni mavzuni ishlab chiqish ehtiyoji bilan aniqlanishi kerak, sitatalarni keragida ko`p keltirish kerak emas, u muallifning o`z nuqtai nazarining zaifiigi kabi qabul qilinishi mumkin. 4.3. Isbot dalil materiallarni saralash Daliliy materialni to`plash BMIni bajarishning eng muhim bosqichlaridan biri. BMIni o`z vaqtida va sifatli yozish, ko`p hollarda, faktik material qanchalik to`la va to`g`ri tanlanganiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli materialni to`plashdan oldin talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda qanday faktik materiallar BMI uchun zarurligini, va mumkin bo`lsa, uni amaliyot davrida to`plash bo`yicha maxsus reja tuzish kerak. Talaba, agar zarur bo`lsa, malakaviy amaliyot davrlarida statistik materiallar to`plashi, ta'lim muassasi xujjatlaridan kerakli ko`chirmalar olishi, harakatdagi yo`riqnomalar, metodik ko`rsatmalami, me'yoriy xujjatlarni o`rganishi zarur. Talaba to`plangan materiallarni umumlashtirish, uning BMIni tayyorlash uchun ishonchliligini va yetarliligini aniqlashi kerak. Mavzu bo`yicha saralangan adabiyotlarni o`rganish va sistemalashtirish, hamda faktik materiallar to`plangan va qayta ishlangandan so`ng BMI dastlabki rejasida ba'zi bir o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. 4.4. Bitirnv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish BMIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo’lishi lozim. Barcha bo’limlari bir-biri bilan bog’langan bolishi kerak. Ayniqsa, bir bobdan ikkinchi bobga, paragrafdan paragrafga, paragraf ichida bir masaladan ikkinchi masalaga o’tgandagi mantiqiy bog’lanishlarga e'tibor berish lozim. BMI matnini yozishda kirish va birinchi bobdan boshlab, rejaga kiritilgan barcha bolimlarni ketma-ket yoritib chiqish lozim. BMIdagi materialning bayoni konkret va amaliyot natijalariga asoslangan bo’lishi, shuningdek olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, tanqidiy ishlab chiqish lozim. Kirish - BMI ishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, qoyilgan masalaning maqsadi va vazifalari belgiianadi, tadqiqot ob'ekti va predmeti shakllantiriladi, tanlangan tadqiqot metodlari ko’rsatiladi, olingan natijalarning muhiroligi (ahamiyati) tavsiflanadi. Adabiyotlar tavsiloti- talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishligini, uning 9 manbalarni sistemalashtirishini, ularni tanqidiy qarash, muhimlarini ajratishni, tadqiqotchilar tomonidan oldin olingan natijalarni baholashni, mavzuning hozirgi davrdagi o’rganilganlik holatida asosiysini ajratishni uddalashini ko’rsatishi kerak. BMI yetarlicha tor mavzuga bag’ishlanganligi sababli, oldingi ishlarning tavsilotini tanlangan mavzu masalalari boyicha (yaxlit muammo boyicha emas) bajarish va bunday tavsilot materiallarini ma'lum bir mantiqiiy ketma-ketlikda sistemalashtirish kerak. BMI ni bayonida munozarali masalalarda shu masalalar bilan shug’ullangan turli mualliflarning fikrlarini keltirish kerak. Agar ishda biror muallifning fikri tanqidiy qaralayotgan bo’lsa, uning fikrini bayon qilganda sitatalar keltirilishi kerak, ana shu holdagina tanqid ob'ektiv bo’lishi mumkin. Masala yechimiga turlicha yondashuv mavjud bo’lgan holda, turli mualliflarning ishlarini, keltirilgan takliflarini solishtirish majburiy hisoblanadi. Shundan so’ng munazarali masala yuzasidan o’z fikrini asoslashi yoki mavjud nuqtai nazarlardan birini qabul qilishini bayon qilish kerak. Bu holda ham muallif o’z yechimini dalillar orqali asoslashi shart. BMIning metodik qismida faktik materiallarni-dastlabki axborotlar va ularga ishlov berish (kuzatish, taqqoslash, Mchash, eksperiment, abstraktlashtirish, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktdan konkretga otish va boshq.) metodlarini tavsiflash nazarda tutiladi. BMI asosiy qismining boblarida tadqiqot natijalari batavsil qaraladi va umumlashtiriladi. Asosiy qismning boblari mazmuni mavzuga aniq mos bo’lishi va uni to’liq ochib berishi kerak. Bu boblar muallifning materialni qisqa, mantiqan va dalilliy bayon qilish ko^nikmasini ko’rsatishi lozim. Ishda qoyilgan masalani yechish uchun zarur bo’lmagan barcha. materiallar ilovada keitiriladi. Xulosa qismida BMIda olingan natijalarning ishning kirish qismida qo'yilgan va shakllantirilgan umumiy maqsadlar va konkret masalalar bilan muvofiqligi mantiqan qat'iy bayon qilinadi. Kalendar rejada (kalendar rejani rasmiylashtirish namunasi 2-ilovada berilgan) ko’rsatilgan muddatlarda ishning tugallangan boblari ilmiy rahbarga topshiriladi. Tekshirilgan boblar ilmiy rahbardan olingan ko’rsatmalar boyicha qayta ishlanadi, shundan so’ng talaba ishni rasmiylashtirishga kirishadi. 4.5. BMIni rasmiylashtirish qoidalari 4.5.1. Umumiy qoidalar Bitiruv malakaviy ish A4 (296x210 mm) formatdagi qog’ozda yoziladi. Qog’ozning chap tomonidan - 35 mm, o’ng tomonidan - kamida 10 mm, yuqori va pastdan - kamida 20 mm, betdagi belgilar soni taxminan 2000 ga yaqin bo’lishi kerak. Matn formatlangan bo’lshi kerak. 14 kegl shrifti tavsiya qilinadi. Printer shrifti aniq va qora rangda bolishi lozim. Ishning barcha matnida abzats bir xil olchamda bo’lishi kerak. Bobnihg nomi bilan keyingi matn orasidagi masofa 3 intervalga teng bo’lishi lozim. Shunday masofa paragraflar bilan matn orasida ham 10 saqlanishi lozim. Har bir bob yangi betdan boshlanadi; bu qoida ishning boshqa asosiy strukturaviy qismlariga (Kirish, xulosa, adabiyotlar royxati, ilovalar va boshq.) ham taalluqli. Kirish, asosiy boblar va xulosalar ish hajmida (chegarasida) nomerlanadi, paragraflar bob hajmida, punktiar esa paragraf hajmida nomerlanadi. Barcha xatolar va so'zlarning yozilishidagi kamchiliklar to’g’rilanishi shart. Bitirav malakaviy ishning barcha betlari ketma-ket nomerlangan bo’lishi lozim. Birinchi bet sarvaraqdan iborat bo’lib, u nomerlanmaydi. . Sarvaraq o’rnatilgan tartibda (6-ilova) rasmiylashtiriladi. Agar maslahatchi buyruq boyicha rasmiylashtirilgan bo’lsa, u holda uning f.i.sh. sarvaraqda yoziladi. Sarvaraqdan so’ng mundarija (bet nomerlari ko’rsatilgan) joylashtiriladi. Mundarija o’matilgan tartibda (7-ilova) rasmiylashtiriladi. Ishning so’ngi beti talaba tomonidan imzolanadi va ishni yozib tugatgan sana qoyiladi. Bitiruv malakaviy ish muqovalangan bo’lishi lozim. 4.5.2. Harfiy abbreviaturalarni (qisqartmalarni) yozish tartibi BMI matnida umum qabul qilingan harfiy qisqartmalardan tashqari muallif tomonidan kiritiladigan harfiy qisqartmalar ham foydalaniladi. Harfiy qisqartmalar ma'lum bilim sohasidagi biror tushunchani qisqacha tushuntirishga, belgilashga xizmat qiladi. Odatda, bunday qisqartmalar dastlab to’liq yozgandan so’ng qavs ichida keltiriladi va kelgusida qisqa shaklda foydalanilaveradi. Masalan: akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (AL va KHK). 4.5.3. Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalari Jadvallar va rasmlar BMI matnida nomlanishi va ketma-ket nomerlanishi (masalan 1-jadval, 1-rasm) iozim. Jadvalning tartib nomeri uning nomlanishining tepasida o’ng yuqori burchakda yoziladi. Rasmning tartib nomeri va uning nomlanishi rasmning ostiga yoziladi. Boshqa adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanganda, turli mualliflar fikrini keltirganda ularga mos havolalar berilishi, adabiyotlar ishning so’ngida berilishi lozim. BMIga kiritilgan nafaqat sitatalar, balki adabiyotiardan olingan muhim holatlar olingan manbalarga havola , berilishi kerak. 4.5.4. Foydaianilgan adabiyotlar royxatini rasmiylashtirish qoidalari Foydalanilgan adabiyotlarni ishning so’ngida yagona royxatda berish tavsiya etiladi. Royxat albatta nomerlangan bo’lishi kerak. Har bir manba royxatda bir marta keltiriladi. Rasmiy hujjatlar (Konstitutsiya; Qonunlar; Prezident farmonlari; Xukumat qarorlari; boshqa normativ aktlar (xatlar, buyraqlar va boshq.). har bir guruh ichida hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi. Xorijiy (rus) tilidagi adabiyotlar royxat so’ngida, alohida harfiy qator tashkil qilgan holda yoziladi. 11 Har bir hujjat uchun quyidagi biografik tavsifnoma keltirilishi kerak: muallif familiyasi, ismi, sharifi; nomi; mavzu ostidagi ma'lumotnoma (darslik, o’quv qo’llanma va boshq.); chiqishi haqida ma'Iumot (nashrdan chiqish vaqti, nashriyot, nashr yili); miqdoriy tavsifnoma (kitobdagi umumiy varaqlar soni). 4.6.6. Foydalangan adabiyot manbalariga ko’rsatmalar berish qoidalari Manbalardan va adabiyotlardan olingan sitatalar ma'lum muammo (masala) yuzasidan o"z fikrini tasdiqlash maqsadida keltiriladi. Sitatalar matn jihatdan to’g’ri va timoqchalar orasida yozilishi lozim. Agar sitataga matnning qismi, ya'ni frazaning boshidan emas yoki sitata qilinayotgan matn ichida qoldirgan joylar bolsa, qoldirilgan joylar kop (uchta) nuqta orqali belgilanadi. Matnda sitata olingan manba albatta ko’rsatilishi shart. 4.6.7. Ilovalarni rasmiylashtirish qoidalari Ilova — bu ishning qo’shimcha, mavzuni to’laroq ochib berish uchun zarur. bo’lgan qismidir. Mazmuniga ko’ra ilovalar turlicha bo’lishi mumkin: hujjatlaming nushalari, hisobot materiallaridan ko’chirmalar; yo’riqnomalar, qoidalar, Nizomlardan alohida ko’chirmalar. Ilovalar shaklan matn, jadval, xarita va boshq. ko’ rinishda berilishi mumkin. Ilovalarga foydalanilgan adabiyotlarni kiritish mumkin emas. Ilovalar BMI davomi sifatida uning so’ngi varaqlarida keltiriladi. Har bir Ilova yangi betdan boshlanishi va yuqori o’ng burchakda "Ilova" so’zi va ilovaning nomlanishi keltirilishi kerak. Uovalar ikkitadan ortiq bo’lganda ularni arab raqamlari bilan nomerlash kerak. Asosiy matnning ilovalar bilan aloqasi havola orqali o’raatiladi (masalan, qarang 5-ilova). Har bir ilova odatda mustaqil ahamiyatga ega va asosiy matnga bog’liq bo’hnagan holda foydalanish mumkin. Ishning mundarijasida har bir ilova nomlanishi bilan alohida keltiriladi. 5. Biriruv malakaviy ishning himoyasi 5.1. BMIni himoyaga tayyorlash Tugallangan va yuqoridagi talablarga mos ravishda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ish talaba va maslahatchi tomonidan imzolanadi va himoyagacha to’rt hafta qolgunga qadar ilmiy rahbarga beriladi. Ilmiy rahbar ishga yozma taqriz beradi va uni imzolaydi. Ko’rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan bitiruv malakaviy ish himoyaga qoyilmaydi. Ilmiy rahbarning taqrizi. Ilmiy rahbar BMIning so’ngi variantini olgandan so’ng kafedra eksperti sifatida bir hafta ichida yozma taqriz tayyorlaydi. Taqrizda ishning sifatini har tomonloma baholaydi, ijobiy tomonlarini ko’rsatadi, oldin ko’rsatilgan va talaba tomonidan tuzatihnagan kamchiliklarga e'tibor beradi, BMIni DAK himoyaga qoyish yoki qoymaslikni asoslaydi. Ilmiy rahbar taqrizida ishni tasdiqlangan rejaga mos bajarilganligiga, vijdonliliga e'tibor beradi, mustaqil 12 bajarganlik, faollik darajasini aniqlaydi, taiabaning BMIni bajarishga ijodiy yondashganligini, BMIning talablarga javob berish darajasini aniqlaydi, baho beradi. Taqriz namunasi 3-ilovada, baholash mezoni 4-ilovada keltirilgan. Ilmiy rahbarning yozma xulosasi va muqovalangan ish kafedra mudiriga muhokama uchun beriladi. Kafedra mudiri BMI ga qoyiladigan majburiy talablarga mosligini tekshiradi. Agar kafedra mudiri ilmiy rahbar taqrizi mazmunidan va ishni rasmiylashtirishdagi kamchiliklardan kelib chiqqan holda talabani BMIni DAKda himoyaga qoyish mumkin emas deb hisoblasa, u holda bu masala kafedra majlisida ilmiy rahbar va talabaning ishtirokida muhokama qilinishi kerak. Kafedra qarori o’quv ishlar boyicha prorektorga taqdim etiladi. BMI lar majburiy ravishda taqrizga beriladi. To’liq rasmiylashtirilgan, himoyaga tavsiya etilgan BMI taqrizga yuboriladi. Taqriz, Taqrizda taqrizlanayotgan ishning mohiyati va asosiy holatlariga malakali tahlil berilishi, tanlangan mavzuning dolzarbligining bahosi, uni yoritib berishdagi mustaqil yondashuvi, muallifning o’z nuqtai nazarining mavjudligi, axborotlami to’plash va qayta ishlash metodlaridan . foydalanish ko’nikmasi, xulosa va takliflarning asoslanganlik darajasi, olingan natijalarning ishonchliligi, ulaming yangiligi va amaliy ahamiyati ko’rsatilishi lozim. Ishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda uning kamchiliklari, xususan bayonining mantiqiyligidan chetga chiqishi, materialni savodli bayon qilinishidagi kamchiliklar, faktik xatolar aniqlanadi. Xulosa qismida taqrizcbi BMI ninig umumiy darajasi haqida o’z fikrini bayon qiladi va uni baholaydi, shundan so’ng ishning titul varag’iga imzo qoyadi. Taqriz hajmi bir betdan uch betgacha bo’lishi lozim. Retsenzentning taqrizi Silovaga mos rasmiylashtirilishi lozim. Taqriz himoyaga kamida uch kun qolgangacha taqdim etilishi zarur. Retsenzentdan ijobiy taqriz olgandan so’ng kafedra ishni DAKga beradi. 5.2. BMIni DAK da himoya qilish tartibi 1. Himoyadan oldin DAK kotibi talabaning shaxsiy xujjatlari boyicha qisqacha ma'lumot beradi. 2. Himoya talabaning BMI boyicha ma'ruzasidan bosblanadi. Himoyaga 10-12 minut vaqt ajratiladi. Himoya tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashdan, ilmiy muammoni tavsiflashdan va ishning maqsadini shakillantirishdan va so’ng bajarilgan tadqiqot ketma-ketligi, mantiqidan boshlagan ma'qul (ko’pi bilan 2 minut). Keyin esa boblar boyicha ishning asosiy mazmunini yoritisb, bunda muhim bolimlar va qiziqarli natijalarga, tanqidiy solishtirish va baholashga alohida e'tibor qaratish lozim (7-9 min). Ma'ruzaning xulosalovchi qismida BMI ning xulosa matni boyicha quriladi, umumiy xulosalar sanab o’tiladi (asosiy qism boblarini tavsiflaganda aytilgan xususiy natijalar takrorlanmagan holda), asosiy takliflar yaxlit shakllantiriladi (l min). Talaba o’z BMI asosiy mazmunini erkin, matndan foydalanraagan holda bayon etishi lozim. Ma'ruza davomida ishning asosiy holatlarini ko’rsatuvchi oldindan tayyorlangan ko’rgazmali materiallardan (jatellar, sxemalar) foydalanish tavsiya 13 etiladi. Ko’rgazmali grafikada aks etgan barcha materaallarni ma'ruzachi erkin foydalana olishi lozim. o’rtacha bitta plakatning (slaydning) axborot bilan toyinganligi 10-15 qator matnga ekvivalent bolishi kerak. Plakatlar (slaydlar) yuqori o’ng burchakda nomerlanadi. Barcha plakat (slayd) yoki uning qismlari nomlanishi lozim: masalaning qo^yilishi, sistemaning strukturaviy sxemasi va boshq. Odatda plakatlar (slaydlar) ishning bo’limlari va qism bo’limlariga mos keladi. 3. Ma'ruza tugagandan song DAK a'zolari talabaga savollar beradi. Savollar BMI mavzusiga bevosita bog’liq yoki unga yaqin savollar bo’lishi mumkin. Savollarga javob berishda talaba o’z ishidan foydalanish huquqiga ega. 4. Talaba savollarga javob bergandan so’ng so’z uning ilmiy rahbariga beriladi. o’z chiqishining so’ngida irniiy rahbar ishga o’z bahosmi beradi. 5.Doimiy rahbar chiqishidan so’ng so’z retsenzentga beriladi. Agar retsenzent DAK ishida qatnashmasa, u holda taqrizni DAK kotibi o'qib esbittiradi. So’ngida retsenzent bahosi eshitiladi. 6.Retsenzent chiqishidan so’ng BMI muhokamasi yoki munozara boshlanadi. Munozarada ham DAK a'zolari, ham auditoriyada or tirgan qiziquvchilar qatnashishi mumkin. 7.Munozara tugagandan so^ng talabaga yakunlovchi so’z beriladi. Yakunlovchi so’zida talaba retsenzent ko’rsatgan kamchiliklar bilan kelishishi yoki unga qarshi asoslangan dalillar keltirishi zarur. DAK a'zolariga, ibniy rahbariga, retsenzentga minnatdorchilik bildirish xushmuamolalilik belgisi hisoblanadi. 8.DAK yakuniy bahosyjaqidagi qarori quyidagilarga asoslanadi: • Ilmiy rahbaming ishga va semestr davomida bajarilgan ishlarga bergan bahosiga; • Retsenzentning ishga bergan bahosiga; • DAK a'zolarining ishning mazmuni, uning himoyasi, ma'ruzasi, savollarga va retsenzent e'tirozlariga bergan javoblarini bahosiga. 6. Baholash mezoni 1. lImiy rahbar, retsenzent va DAK a'zolari BMI larni baholash mezoni sifatida quyidagilarni e'tiborga olishi kerak: • Mavzuning va ish vazifalarining dolzarbligi; • Natijalar va xulosalaraing asoslanganligi; • Olingan natijalarning ma'lum ma'noda yangiligi; • Mustaqilligi (talabaning sbaxsiy xissasi); • Olingan natijalarning amalda foydalanish imkoniyati. 2. Natijalar va xulosalarning asoslanganligi quyidagi bolatlar yordamida aniqlanadi: 3. Ma'lum ilmiy holatlar va faktlarga mosligi; • o’z natijalarining bayonidagi va muhokamasidagi mantiqiyligi; • Tajriba, eksperimentoi o’tkazishdagi korrektlilik; Bunda quyidagilar e'tiborga olinishi kerak: • himoyadagi og’zaki ma'ruza darajasi; 14 • ishning o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligi; • ma'ruzaga tayyorlangan ko’rgazmali material sifati. 4.Shaxsiy xissa mavzuni tanlashdagi, masalani qoyishda, tadqiqotni rejalashtirish va tashkillashtirish, olingao natijalarni qayta ishlash va anglashdagi mustaqilligi darajasi bilan aniqlanadi. 15 1-ilova “Tasdiqlayman” Defektologiya fakulteti dekani dots. L.SH.Nurmuxamedova _______________________ «____» _______2015-2016 о‘quv yili .....................................................................................................................................................fakulteti ...........................................................................................................................................ta’lim yо‘nalishi .................................guruhi talabasi ............................................................................................................ .......................................................................................................................................................................... ...............................tomonidan bajariladigan BITIRUV MALAKAVIY ISH BО‘YICHA TOPSHIRIQ Ishning mavzusi: “................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... ...........................................................................................................................................” universitet rektorining 20.....yili.................................................dagi №.......-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ishni topshirish muddati;........................................................................................................................ .......................................................................................................................................................................... Mavzu bо‘yicha dastlabki ma’lumotlar beruvchi adabiyotlar; 1. ............................................................................................................................................................. 2. ............................................................................................................................................................. 3. ............................................................................................................................................................. 4. ...................................................................................................................................................... 5. .......................................................................................................................................................... 6. ...................................................................................................................................................... v.x.k Ishning maqsadi va kutilayotgan natijalar .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... .......................................................................................................................................................................... 16 Ishni bajarish rejasi № Vazifalar mazmuni Bajarish muddati Kafedrada ijrosi muxokama kilingan sana va ilmiy raxbar imzosi Sana Ilmiy raxbar imzosi Bitiruv malakaviy ish rahbari................................................................................................................... Kafedra mudiri............................................................................................................................................. Topshiriqni oldim........................................................................................................................................ Topshiriqni BMI bilan birga YADA komissiyasiga topshirdim: ...............................20....yili 2-ilova 17 _guruh talabasi_______ning bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning taqrizi Rahbar______________________________________________________ f.i.sh., ilmiy darajasi va (yoki) ilmiy unvoni) Mavzu __________________________________________________________ __________________________________________________________ Ilmiy rahbarga eslatma: • Mavzuning dolzarbligi; • Amaliy ahamiyati; • Bajarishdagi professional hajmi; • Ishning yutuqlari (kamchiliklari); • Amaliyotda foydalanish imkoniyatlari; • Himoyaga qoyish; • Ishning bahosi. Sana F.I.Sh. imzo 18 3-ilova Bitiruv malakaviy ishlarni ilmiy rahbar va talabaning o’zini-o’zi baholash MEZONI Defektologiya fakulteti boyicha malakaviy bitiruv ishini baholash mezonlari № Mezonlar mazmuni Ball 1. Malakaviy bitiruv ishining mavzusini dolzarbligi 10 ball 2. Malakaviy bitiruv ish mundarijasining talab darajasida tuzilganligi 10 ball 3. Malakaviy bitiruv ishning ilmiy apparatini shakllantirilganligi 10 ball 4. Malakaviy bitiruv ishda boblarni yoritilishi 10 ball 5. Malakaviy bitiruv ishni yoritishda talabaning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuvi 10 ball 6. Talabaning malakaviy bitiruv ishning himoyaga tayyorligi 10 ball 7. Malakaviy bitiruv ishning himoyaga tayyorligi (ko’rgazmali vositalarni tayyorlanganligi, axborot vositalardan foydalanish). 10 ball 8. Xulosa va tavsiyalarning asoslanganligi 10 ball 9. Malakaviy bitiruv ishda adabiyotlardan foydalanish holati 10 ball 10. Malakaviy bitiruv ishni Oliy ta'lim talablariga muvofiq rasmiylashtirilganligi. 10 ball 19 Ball Baho Talabaning bilim darajasi 86-100 a'lo Bitiruv malakaviy ishining mavzusining dolzarbligini asoslab bergan, ilmiy apparati togri shakllantirilgan, ijodiy yondosha olgan, himoyada axborot vositalaridan foydalandi, bitiruv ishining xulosasi va tavsiyalar asoslangan, mavzuga doir adabiyotlardan orinli foydalangan, ishni yozishda chet elda nashr etilgan adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan foydalangan bitiruv malakaviy ishining rasmiylashtirilishi talab darajasida. 71-85 yaxshi Bitiruv malakaviy ishining mavzusining dolzarbligini asoslab bergan, ilmiy apparati to’g’ri shakllantirilgan, mavzuga doir adabiyotlardan orinli foydalangan, himoyada axborot vositalaridan foydalandi, bitiruv ishining xulosasi va tavsiyalar asoslangan, muhokamada barcha savollarga javob bera oldi 55-70 qoniqarli Bitiruv malakaviy ishining mavzusining dolzarbligini asoslab bergan, ilmiy apparati to’g’ri shakllantirilgan, himoyada axborot vositalaridan foydalandi, bitiruv ishining xulosasi va tavsiyalar asoslangan, adabiyotlardan foydalanish talab darajasiga emas. 0-54 qoniqarsiz Bitiruv malakaviy ishining mavzusining dolzarbligini etarlicha asoslab bermagan, ilmiy apparatida kamchiliklar mavjud, xulosasi talab darajasida emas, muxokamada savolllarga javob bera olmadi. 20 5-ilova Nizomiy nomidagi TDPU defektologiya fakulteti D ___ guruh talabasi________________________ning bitiruv malakaviy ishiga retsenzent M A L A K A V I Y B I T I R U V I SH I G A T A Q R I Z Talaba_______________________________________________________________________ Mavzu________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 1.Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 2. Ishning tarkibini baxolash _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 3. Ishda foydalaniladigan adabiyotlarga baxo berish _______________________________ _____________________________________________________________________________ 4. Xulosa va takliflarning ochiqligi va dalillari asoslanganligi__________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 5. Ishdagi kamchiliklar ______________________________________________________ ___________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 6. Ishga koyilgan talab darajasiga mos kelishi tug’risida umumiy xulosa ___________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ 7.Taqrizchining (F.I.O) ish joyi, unvoni _______________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ «_________»___________________ 20 yil _________________ imzo (muhr)