11-Mavzu: Siydik tarkibidagi fenilpirouzum kislota miqdorini sifat reaksiya usuli bilan ochish.
Bolalar jigarida tug‘ma 4-fenilalaningidroksilaza fermentining bo‘lmasligi t'enilalanin aminokislotaning gidroksidlanish jarayoni buzilishiga va tirozinga anomal (o‘zgargan) mahsulotlari, jumladan, fenilpirouzum kislotaning qonda va to‘qimalarda k< payishi miyaning rivojlanishi buzilishiga va bola ruhiyanda og‘ir 0‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Bu irsiy kasaliikni tasdiqlovchi ko'rsatkich qonda fenilpirouzum kislotaning ko‘peyishi va siydik bilan ajralishiair. Bunday holami oligoffeniya (aqliy zaiflik) deyiladi. Feling tajribasi:
Usulning asosi. Fenilpirouzum kislota uch valentli temir ionlari bilan ko‘k-yashil rangli kompleks birikma hosil qiladi.
Tekshiriluvchi material:siydik
Reaktiviar: temir (III) xloridning 10% li eritmasi.
Kerakli anjomlar: tomizgichlar, filtrlar, 5 ml li pipetkalar.
Bajariladigan ish tartibi. 2 ml yangi filtrlangan siydikka 8-10 tomchi 10% li temir xlorid eritmasi solinadi. Siydikda fenilpirouzum kislota boMganda eritma 30-60 sekunddan so‘ng ko‘k-yashil rangga bo‘yaladi va fenilpirouzum kislota miqdoriga qarab 5-30 daqiqadan so‘ng sekin-asta rangsizlanadi.
ВS tajribani filtr qog'ozida yoki bola choyshabida ham o'tkazish mumkin. Filtrqog'oz bo‘lagi siydik bilan ho‘llanadi, so‘ngra havoda quritiladi va 10% li temir xlorid eritmasi tomiziladi. Yuqoridan ko‘k- yasml rang paydo boMishi tajribaning ijobiy ekanligidan dalolat beradi.
Olingan natijalarni rasmiylashtirish. Daftaringizga fenilpirouzum kislotaning ko‘payish sababini, kuzatiladigan holatni, usulning asosini va natijangizni yozib xulosa chiqaring.
Nazorat uchun savollar. Siydik keton tanachalariga qanday birikmalar kiradi? Qanday kasallik ularning miqdori oshishiga olib keladi? Ularni qanday usullar balan aniqlash mumkin?
Qanday kasalliklarda siydikda qon paydo bo'ladi? Ularni aniqlashda qanday sifat reaksiyalar qo'llaniiadi? Aniqlash usulining asosi qanday?
Bemorning siydigi bilan o‘t pigmenti ajralsa qanday kasallik haqida jikr yuritasiz? Bu holatning biokimyoviy mexanizmini tushuntinb bering. 0‘t pigmenti qanday usullar bilan aniqlanadi? Vsulning asosi qanday?
Aralash test bo ‘lakchalar yordamida qanday siydik birikmalari aniqlanishi mumkin? Bu usulning afzalligi nimadan iborat?
10.Siydik tarkibidagi siydik kislota qanday usullar bilan aniqlanadi? Aniqlashning ahamiyati qanday?
Siydik indikani nima? Qanday usullar bilan bu birikma aniqlanadi, uning ahamiyati qanday?
Nima uchun siydikda fenilpirouzum kislota aniqlanadi? Uning bajarilishiga sabab nima?
Siydikda qanday mukopolisaxaridlar ajraladi? Uni aniqlashning ahamiyati nimadan iborat?
Bemor bolaning siydigi to‘q qo ng‘ir rangga bo'yalgamm bilgan shifokor qanday kasallik yoki hodisa haqida fikr yuritishi lozim va fikrni tasdiqlash uchun qanday qo'shimcha ko'rsaikichlorni aniqlamog'i kerak?