11. Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. Reja. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi



Yüklə 397,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix28.03.2023
ölçüsü397,24 Kb.
#90691
  1   2   3   4   5   6   7   8
metodlar



11. Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. 
Reja. 
1.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. 
2.Tarbiya metodlari tasnifi. 
3.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. 
4.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq- atvor meyorlarini shakllantirish. 
5.Pedagogik rag’batlantirish va xulq- atvorni tuzatish metodlari. 
6.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. 
 
Tarbiya metodlari haqida tushuncha 
Maqsad, mazmun, Shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u 
nimaga qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday Shaklda 
tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib 
tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu 
tarbiya metodi tushunchasidir. 
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga 
erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu 
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. 
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining 
kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir 
tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq 
Shart-Sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida 
umumiy 
metodikani 
boyitadi. 
Tarbiya 
metodlarini 
bunday 
xususiy 
takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy 
metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda
usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining 
tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa 
tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli 
yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni 
to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi 
muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana Shunda. 
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda 
ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – 


bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni 
ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z 
(keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan 
bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga 
oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi 
Shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 397,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin