11-sinf ona tili
1.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Berilgan misralar muallifini toping.
A)Z.M.Bobur B) M.Behbudiy C) A.Navoiy D)A.Avloniy
2.
Sarsar so‘zining ma’nosi nima?
A)janubdan esgan yel B)sovuq
shamol
C) sharqdan esgan yel D)shiddatli shamol
3. “
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur…”
Berilgan fikrlar kimning qaysi asaridan olingan?
A)A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq” B)Y.X.Hojib. “Qutadg‘u bilig”
C)A.Hojiyev. “O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati” D)M.Koshg‘ariy. “Devonu lug‘otit turk”
4.Nutqning madaniyligini ta’minlovchi kommunikativ sifatlarning asosiylari qaysi qatorda to‘liq ko‘rsatilgan?
A)to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, ilmiylik, madaniylik,
boylik
B)
mantiqiylik, aniqlik,
ifodalilik, boylik, g‘alizlik, soflik
C) to‘g‘rilik, ifodalilik, boylik, g‘alizlik, ilmiylik, madaniylik
D) to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, ifodalilik, mantiqiylik, boylik
5.Barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini nima bajaradi?
A)nutqning aniqligi B)nutqning mantiqiyligi
C)nutqning to‘g‘riligi D)nutqning
sofligi
6.
… mutaxassislar tominidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analrga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Nuqtalar o‘niga kerakli jumlani qo‘ying.
A)punktuatsion me’yorlar B)imlo me’yorlari
C)ilmiy me’yorlar D)nutq
madaniyati
7.Muayyan estetik maqsad adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari qayerda uchraydi?
A)Og‘zaki so‘zlashuvda B)ilmiy uslubdagi adabiyotda
C)Badiiy adabiyotda D)Bunday holat uchramaydi.
8.”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” kitobining muallifi kim?
A)Azim Hojiyev B)Nizomiddin Mahmudov
C)Alibek Rustamov D)Shavkat
Rahmatullayev
9.Nutq madaniyatining nechta bosqichi farqlanadi?
A)2 ta B)3 ta C)4 ta D) 1 ta
10.A.Rustamovning
hayratomuz so‘ziga bergan ta’rifini toping.
A)aralashar, aralashtirar B)o‘rganar, o‘rgatar
C)hayrat o‘rgatar D)hayrat aralash
11.
Ipidan ignasigacha iborasining ma’nodoshlarini yozing.
12.
“Bu xabarni eshituvchi – Kumushbibining qaro ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari yosh bilan belandilar” …Berilgan gapdagi grammatik me’yor buzilgan o‘rinni aniqlang.
13.O‘zbek adabiy tilidagi me’yorlarni sanang.
14. “
Avlod” so‘zining ma’nosi nima?
15. “So‘z xususida so‘z” kitobining muallifi kim?