Shamol energiyasi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.04.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#56498
  1   2   3   4
QEF-3-ma\'ruza
husen S


3-mavzu 

SHAMOL ENERGIYASI

 

Reja: 

1.  Shamol energiyasi. Shamol tezligi va uni o`lchash.  

2.  Shamol energetik qurilmalari va ularning F.I.K.  

3.  Shamol energetik qurilmasining soddalashtirilgan hisobi. 

4.   Shamol elektrostansiyalari.  



Tayanch  iboralar:  Shamol,  shamol  energiyasi,  shamol  tezligi,  shamolning  kinetik 

energiyasi, shamol energiyasi kadastri, anemometr, Bofort shkalasi. 



Shamol - bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi 

natijasida  havo  massasining  harakatidir.  Shamol  energiyasi  qayta  tiklanadigan 

energiya deb tasniflanadi, chunki u Quyosh faoliyatining natijasidir. 

     Insoniyat  suv  energiyasi  hamda  bug‘  dvigatellaridan  ancha  oldin,  shamol 

energiyasidan  foydalanib  kelgan.  Angliya,  Germaniya,  Fransiya,  Daniya,  Gollandiya, 

AQSh  va  boshqa  mamlakatlarda,  shamol  energiyasi  juda  katta  miqyosda,  sanoat  va 

qishloq xo‘jaligida qo‘llanib kelingan. Shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha olib 

borilayotgan  hozirgi  ishlar,  alohida  katta  quvvatli  shamol  generatorlarini  yaratish  va 

ularning energiyasini ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq sifatida 

foydalanishdan iboratdir. 

Havo  massasining  yer  atmosferasi  atrofida  aylanishi  ekspertlar  tomonidan  turlicha 

baholangan.  Shamollarning  yillik  nazariy  zahirasi  er  yuzidagi  barcha  energiya 

zahiralardan  100  marta  ortiq  bo‘lib,  33  x  10

14

  kVt-soatni  tashkil  qiladi.Ammo  bu 



energiyaning  faqatgina  10-12  %  foydalanish  mumkin.  Iqtisodiy  jihatdan  joydagi 

shamolning  tezligi  5  m/s  dan  kam  bo‘lmasa  shamol  generatorlaridan  foydalanish 

maqsadga  muvofiqdir.  Shamol  elektrogeneratorlari  an’anaviy  generatorlardan  2  -  4 

barobar qimmat. Ammo shamol energiyasi doimiy bo‘lgan ba’zi bir mintaqalarda u 

muhim energiya manbalaridan hisoblanadi. 

Shamolning o‘rtacha tezligi, ma’lum vaqt oralig‘idagi teng vaqtlar ichida o‘lchangan 

shamol oniy tezliklarining o‘rta arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi.  

 

Бу ерда: 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə