12-Mavzu: Moliyaviy nazorat: mazmuni,sohalari,ob`ekti, predmeti, tizimi, vazifalari prinsiplari. Reja



Yüklə 16,56 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü16,56 Kb.
#166360

12-Mavzu: Moliyaviy nazorat:mazmuni,sohalari,ob`ekti, predmeti, tizimi, vazifalari prinsiplari.
Reja:
1. Moliyaviy nazorat: mazmuni prinsiplari.
2. Moliyaviy sohalari, ob'ekti prinsiplari.


1. Moliyaviy nazorat: mazmuni prinsiplari.
Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob'ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari:
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob'ektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi: Barcha iqtisodiy sub'ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentasiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; Moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta'minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub'ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e'tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub'ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob'ekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:
  • Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;


  • Soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);


  • Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning daromadlari;


  • Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning muomala xarajatlari;


  • Tannarx va foyda;


  • Uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari va boshqalar.



Yüklə 16,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin