Modul: Mustaqilik davrida Ozbekiston respublikasida turizmni rivojlanishi



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2022
ölçüsü124,17 Kb.
#77672
  1   2

Modul №2
Modul: Mustaqilik davrida Ozbekiston respublikasida turizmni rivojlanishi
Reja
1. O'zbekistonda turizmning paydo bo'lishi va rivojlanishi
2. Qadimgi Buyuk ipak yo'lining turizmdagi o'rni
3. Mustaqil O'zbekistonda turizm (1991-2009)
4. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda Turizmning Rivojlanishi
O'zbekistonda turizmning paydo bo'lishi va rivojlanishi
Turizm sayohat sifatida dam olish, hordiq chiqarish, tabiat manzaralarini tomosha qilsh, tarixiy-madaniy obidalarni ko'rish, o'rganish kabi faoliyatlarning mazmun va shakllaridan iboratdir. Bunda eng avvalo ma'naviy-ma'rifiy bilimlarni kengaytirish va jismoniy kamolotni tarbiyalashdek eng murakkab hamda ulug'vor maqsadlar amalga oshiriladi.
Sayohatlarning kelib chiqish va rivojlanish tarixi er kurrasidagi barcha insonlarning qadimgi ijtimoiy mehnat va turmush madaniyati bilan chambarchas bog'liqdir. Insonlar mehnat qurolini yasash, olov yoqishni kashf etgan davrlarda yovvoyi hayvonlarni ov qilsh, yirtqich-vahshiy hayvonlarga qarshi kurashish jarayonlarida qir-adirlar, tog'lar osha yurish-yugurish, tez oqar suvlardan kechib o'tish, yaylovlar, go'zal manzarali joylarda dam olish, tunab qolish, bir necha kunlar poylab yotish kabi hayotiy murakkab faoliyatlarni bajarishga to'g'ri kelgan.
Go'zal manzarali va hayvonlar, parrandalarni ov qilshga qulay bo'lgan joylarga turli xil belgilar (tur: toShlar uyumidan to'la, yog'ochlarni tik qilib o'rnatish, terilarni osib qo'yish, toShlarga chizib rasm solish va h.k.) qo'yib ketish odatga aylangan. Shu asosda tur-turizm (belgi, o'tish joyi, sayohat manzili va h.k.) iborasi va Shu sohada xilma-xil madaniy tadbirlar tashkil qilsh vujudga kelgan. Ular haqida toShlar qoyasi, g'orlar ichida chizilgan rasmlar, arxeologik qazilmalarda topilgan buyumlar, xalqaro turizm tashkilotlarining so'nggi yillarda naShr etgan ko'pgina yozma manbalari guvohlik beradi.
Yuqorida bayon etilgan voqeliklar, faoliyatlar, manbalar O'zbekiston muhitida mavjud bo'lgan Chotqol-Pskom tizma tog'lari, Nurota va Turkiston-Zarafshon tizma tog'laridagi g'oya toshlar, Amir Temur g'ori va boshqa joylardagi chizilgan rasmlar bunga guvoh desa bo'ladi. Ayniqsa Samarqand shahrining janubidagi (40 km) Omonqo'ton g'oridan topilgan odam suyaklari, ba'zi bir ashyolar bundan 40 ming yillar avval yashagan odamlarning hayoti va sayohatlaridan dalolat beradi.
O'zbekiston va uning atrofidagi xududlarda sayohatlarning mavjudligi, davrlar osha rivojlanishi, ularning mazmun va shakllari boyishi Buyuk ipak yo'li bilan bevosita bog'liqdir.
O'zbekiston xalqaro ekosan-turizm tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon har yili Toshkentda xalqaro turizm anjumani va ko'rgazmasining an'anaviy o'tkazib kelinishi tufayli sayohatlarning rivojlanish tarixidagi yangi qirralarini ochib bermoqda.
Turizmning shakllari va turlari asosan sobiq Sovetlar hokimiyati davrida ancha kengaydi. Bunda tarixiy-madaniy Shaharlarga sayr (ekskursiya) o‘tkazish, tog'lar, cho'llar va qadimgi shaharlardan qolgan harobalarni kovlash-o'rganish (ekspeditsiya) kabi muhim ishlar amalga oshirildi. eng muhimi esa aholining, ayniqsa ishchi va o'quvchi yoshlarning sog'ligini yaxshilash, tabiat va tarixiy-madaniy obidalarni o'rganish bo'yicha ko'p sayohatlar o'tkazildi. Bu yo'lda turizm bo'yicha kadrlar tayyorlash (instruktorlar, ekskursovodlar, murabbiylar va h.k.) asosiy vazifalardan biri qilib qo'yildi.
Sobiq sovet hokimiyati yillarida Samarqand (Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda ansambli, Bibixonim madrasasi, Xo'ja Axror vali madrasasi va h.k.), buxoro, Xiva, Urganch, Toshkent shaharlaridagi me'moriy binolar, tarixiy muzeylar, zamonaviy binolar sayohat maskaniga aylandi.
Bu yo'lda ba'zi bir ma'lumotlarni bilish maqsadga muvofiqdir.
1919 yilda Moskvada o'quvchilar ekskursiyasining Markaziy byurosi tashkil etilib, u 30-yillarga kelib RSFSR Markaziy bolalar ekskursiya-turistik stantsiyasiga aylantirildi.
Turizmni ommalashtirishda Moskva komsomollarining xizmati katta bo'ldi. 1918 yilda «Komsomolskaya pravda» gazetasi va Moskva Shahar komsomol tashkiloti rahbarligida Volxovstroy va harbiy Shon-Shuhrat joylariga birinchi ommaviy yurish tashkil qilindi. Shu yillarda bolalar va o'smirlar turizmida ham ancha siljishlar yuz berdi. 1927 yilda Maorif xalq komissarligi «Bolalar va o'smirlar o'rtasida ekskursiya ishlarini yanada rivojlantirish haqida» qaror qabul qildi.
Mamlakatda turistik harakatni yanada takomillashtirish va uni ommalashtirish maqsadida partiya va hukumat qaroriga asosan 1930 yilda Butuniitifoq ko'ngilli proletar turizmi va ekskursiya jamiyati (OPTe) tuzildi. 1932 yil 3 aprelda bu jamiyatning birinchi Butunittifoq s'ezdi bo'lib o'tdi. S'ezdda 290 delegat ishtirok etdi. S'ezd turizmning kelgusi vazifalarini belgiladi va uni sotsialistik qurilish hamda madaniyatga bog'lab olib borish zarurligini qayd etdi.
Ma'lumki, mamlakatni industrlashtirish, qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish va uni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida tabiat boyliklarini qidirib topish va ulardan samarali foydalanish, eng muhim vazifalardan biri edi. O'lkani o'rganish va qazilma boyliklarni qidirish ishlari mamlakatimizning ko'pgina joylarida intensiv ravishda olib borildi. Ana shu umumxalq ishida yoshlar, o'quvchilar ham faol ishtirok etdilar. Ular mutaxassislar bilan birgalikda tabiat sirlarini ochish, o'lkani o'rganish, qazilma boyliklarini topish va Shunga o'xshash zarur sohalarda amaliy yordam berdilar, uzoq masofalarga yurish, tog' cho'qqilariga chiqish, zarur anjomlarni manzilga olib borish, karta va kompas bilan ishlash kabi malakalarni o'zlashtirdilar va ularni ommalashtirdilar. Bu jarayonlar turizmning yanada takomillashtirilishiga asos bo'ldi. Ayniqsa harbiy kadrlar tayyorlash, tog'li va o'rmonli chegaralarda har tomonlama xuShyorlikni oshirishda turizm katta rol o'ynaydi.
Ma'lumki, 30-yillarda alpinizmga e'tibor kuchaygan edi. Alpinistlar Pomir, Xon-Tangri va Kommunizm cho'qqilariga chiqish va uni zabt etishga bir necha bor urindilar. 1933 yilda Aleksandr Malenkov boshchiligidagi 7 alpinist qish Sharoitida Mestiyskiy va Becho dovonlaridan oshib o'tishga muvaffaq bo'ldilar.
1936 yildan boshlab VTsSPS ommaviy turizm va alpinizm ishlariga bevosita rahbarlik qila boshladi. Lekin bu davrlarda turizmni ommaviy ravishda rivojlantirish birmuncha qiyin bo'ldi. Shu sababli Butunittifoq fizkultura va sport ishlari bo'yicha qo'mita havaskorlik turizmi ishlarining olib borilishini qoniqarsiz deb topdi va o'z navbatida, ko'ngilli sport jamiyatlari qoshida turizm sektsiyalarini tashkil qilshni tavsiya etdi. Natijada Butunittifoq turizm sektsiyasi tashkil qilindi va «SSSR turisti» nishoni ta'sis etildi.
1939 yilning kuzida Moskva-reka daryosiga Paxra irmog'ining quyilish joyidagi Borovskiy tepaligida turizmning 10 yilligiga bag'ishlab slyot o'tkazildi. Ana Shu slyotda turizm harakatida faol qatnaShgan jamoatchilar birinchi marta «SSSR turisti» faxriy nishoni bilan taqdirlandilar. Ular orasida hozirgi turizm namoyandalari: A.N. Kiseleva, N.N. Adelung, O.A. Arxangelskaya,N.M. Gubanovlar bor edi. Bu slyotda jami 30 kishi mazkur nishonga sazovor bo'ldilar.
1940 yilda mamlakatda ommaviy turistik yurish e'lon qilindi. 1941 yilning boshlarida esa pioner va o'quvchilarning grajdanlar urushi jangovor Shon-Shuhrati marshruti bo'yicha Butunittifoq ekspeditsiyasi e'lon qilindi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida turizmning ahamiyati katta bo'ldi.
Fashistlar vaqtincha okkupatsiya qilgan Kavkaz tog' oraligidagi shaxtyorlar shaharchasi –Tirniauzda 1,5 ming ayol, keksalar va yosh bolalar qamalda qolib ketdi. Ularni bu ofatdan qutqarish uchun tajribali turist va alpinistlar zarur bo'ldi. Ularning yordamida 3375 m balandlikka ega bo'lgan Becho dovoni orqali Yusenni cho'qqisidan aholini olib o'tishga muyassar bo'lindi. Bunda oddiy elektr simlari va Shaxtyorlarning oddiy ish qurollari turistik jihoz o'rnida ishlatildi. Bu turistlarning dastlabki jasoratlaridan biri bo'ldi. UruSh yillarida Ukraina, Belorussiya o'rmonlarida turistlar razvedka ishlarida ham juda ko'p jasorat ko'rsatganliklarini alohida qayd qilsh kerak.
UruShdan keyingi dastlabki yillardanoq turizm ishlariga yanada e'tibor bera boshlandi. 1945 yilning aprelida VTsSPS turistik-ekskursiya boshqarmasining faoliyatini qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qildi. Natijada Moskva, Leningrad, qrim, shimoliy Kavkaz, Krasnodar o'lkasi, Gruziya va boshqa joylarda turistik-ekskursiya boshqarmasi tashkil etildi.
1949 yilda Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining qaroriga binoan turizm Butunittifoq yagona sport klassifikatsiyasiga mustaqil sport turi sifatida kiritildi. Shundan keyin turizm bo'yicha sport ustalari va ustalikka nomzodlar paydo bo'la boshladi. Bular orasida A.Vlasov (veloturizm), E.RomaShov, M.Nemitskiy, A.Kost, G.Ilicheva (baydarka turizmi) bor edi. Sport klassifikatsiyasining uSha davrdagi talabi bo'yicha sport ustasi talabini bajarish uchun 12 ta uzoq sayohatlarda 3000 km masofani bosib o'tish kifoya edi.
Ikkinchi jahon uruShidan keyin xalqaro turizm ham ancha rivojlana boshladi. 1947 yilda Parijda rasmiy ravishda Xalqaro turistik tashkilotlar ittifoqi (MSOTO) tashkil qilindi. Bunga davlatlar yoki biror davlatning turistik tashkilotlari a'zo bo'lish huquqiga ega edi. Bu xalqaro turistik tashkilotga 100 dan ortiq davlatlar a'zo. Sobiq ittifoq bu tashkilotga 1956 yilda a'zo bo'ldi.
50-yillarning o'rtalarida pioner va o'quvchilarning Butunittifoq turistik-o’lkashunoslik ekspeditsiya ishlari yanada rivojlantirildi. 1955 yilda Moskvada bolalar turizmi bo'yicha Butunittifoq konferentsiyasi, 1957 yilda selingir ko'li yaqinida birinchi xalqaro turistlar slyoti o'tkazildi. Bu anjuman xalqaro yoshlar va talabalarning YI festivali dasturiga kiritilgan edi.
1958 yilda «Sputnik» xalqaro turizm byurosi tashkil etildi. Bu tashkilotning asosiy vazifasi o'quvchi, talaba va yoshlarni xalqaro yoshlar faoliyatiga jalb qilsh, ular o'rtasida o'zaro tajribalar almashtirishdan iborat edi.
1962 yil 20 iyulda VTsSPS prezidiumi «Turizmni yanada rivojlantirish to'g'risida» qaror qabul qildi va shu qaror asosida turistik-ekskursiya boshqarmasi (TeU) turizm kengashiga aylantirildi. Shuni alohida qayd qilsh kerakki, 50-yillarning oxiri va 60-yillarda Butunittifoq ko'ngilli «Spartak» sport jamiyati va uning quyi organlarida turizm barq urib rivojlandi. Ishlab chiqarish korxonalari, savdo tizimlari, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ommaviy turistik yurishlar, slyotlar o‘tkazish an'anaga aylandi. quyi jamoalardagi faol, tajribali turistlar Butunittifoq turistlar slyotlarida qatnaSha boshladilar. 1963 yilning avgustida Issiqko'l va Olmaota yaqinida «Spartak» sport jamiyatining III Butunittifoq turistlar slyoti o'tkazildi. Bu slyotda O'zbekiston terma jamoasidan Toshkent va Samarqand turistlari qatnaShdilar.
Turizmning rivojlanishiga komsomol qo'mitalari katta hissa qo'Shdi. 1965 yil 19 sentyabrda qahramon qat'a Brest shahrida revolyutsiya, jangovar va mehnat Shon-shuhrati joylari bo'ylab o'tkazilgan yurish natijalari bo'yicha birinchi Butunittifoq slyoti o'tkazildi. Bu yurishda 3 mln. dan ortiq kishi ishtirok etdi. Yurish finali qahramon shahar Moskvada o'tkazildi.1967 yilda o'tkazilgan uchinchi slyot esa Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasining 50 yilligiga bag'ishlandi, uning finali Leningrad Shahrida bo'lib o'tdi. Yoshlarning revolyutsiya, jangovor va mehnat Shon-Shuhrati joylari bo'ylab o'tkazilgan IY Butunittifoq yurishining finali 1968 yil Kiev Shahrida bo'ldi. Slyotning umumiy finali esa V.I.Lenin tug'ilgan kunning 100 yilligiga to'g'ri kelgani sababli Ulyanovsk shahrida yakunlandi. Butunittifoq slyotining YI davrasi SSSR tashkil topganligining 50 yillik yubileyiga yuaqishlab, 1973 yilda Moskvada o'tkazildi. Umuman, yoshlarni turizmga jalb qilsh, uni aholi o'rtasida keng tashviqot qilshda yoshlar faol ishtirok etdi.
Sobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatda fizkultura va sportni yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida»gi 1966 yil 11 avgust qarorida yoshlarning turistik ishlariga alohida e'tibor berish, yangi turistik bazalar qurish to'g'risida ko'rsatmalar berildi. Shunga ko'ra, o'quv yurtlari, korxonalarda turizmni rivojlantirish tadbirlari ko'rila boshlandi. 1963-1969 yillar mobaynida Sayan ko'li, Boltiq bo'yi respublikalari, Belorussiyada, Shuningdek, Olmaota, Frunze (BeShkek) Shaharlarida Ittifoq miqyosiada yirik turistik slyotlar, seminar-kengaShlar, konferentsiyalar, kadrlarni tayyorlash kurslari tashkil qilindi. Bunda turizmda erishilgan yutuqlar bo'yicha tajriba almashindi. Leningrad, Minsk, Omsk, qozon va boshqa Shaharlardagi turistik klublar, jamoalarning ilqor tajribalari ma'qullandi.
1969 yil 30 mayda cobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasi va VTsSPS «Mamlakatda turizm va ekskursiyani yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorda kasaba uyushma tashkilotlari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumta'lim maktablarida turizm ishini yo'lga qo'yish, kerakli jihozlar bilan ta'minlash masaolalari ta'kidlandi.
Jahon miqyosida turizm bilan shug'ullanuvchilar 1950 yilda 25 mln. kishini tashkil etgan bo'lsa, 1966 yilda ularning soni 141 mln., 1970 yilda 168 mln., 1975 yilda esa 250 mln.dan ortiq kishiga etdi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, 1971 yil 22 yanvarda VTsSPS sekretariati, VLKSM Markaziy qo'mitasi, SSSR Madaniyat vazirligi kollegiyasi, DOSAAF Markaziy qo'mitasi Prezidiumi, Urish Veteranlari Sovet Komitetining prezidiumi hamkorlikda «Butunittifoq komsomol va yoshlarning revolyutsion jangovor va mehnat Shon- shuhrati joylari bo'ylab yurishi haqida Nizom» e'lon qildi. Nizomda ta'kidlanishicha, sovet kishilarining revolyutsion, jangovor va mehnat Shon-Shuhrati joylarini ko'rish, ularni o'rganish ommaviy yurish yo'li bilan o'tkaziladi, bu esa sovet kishilarining bosib o'tgan Shon-Shuhratli mehnatini ulug'lash, do'stlik, jamoachilik ruhini tarbiyalash, yoshlarni jismonan chiniqishga da'vat etishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bu yurishlar turistik ekskursiyagina bo'lib qolmasdan, balki o’lkashunoslik ishlarini rivojlantirishga ham ma'lum darajada ta'sir qiladi. Shu sababdan yuqoridagi Nizomga asosan 1972 yilda «Pionerskaya pravda» gazetasi va SSSR Maorif vazirligi qoshidagi Markaziy bolalar turistik ekskursiya stantsiyasi «Pioner va o'quvchilarning Butunittifoq turistik-o’lkashunoslik ekspeditsiyasi haqida Nizom» ishlab chiqdi. Bu ekspeditsiya Butunittifoq komsomol-yoshlar yurishining tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. ekspeditsiyada IY-X sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Birinchi davraning yakuni 1974 yil dekabrida o'tkazildi.
1972-1973 yillarda SSSRning 50 yilligiga bag'ishlangan o'quvchilarning Butunittifoq slyot musobaqalari beSh davrada o'tkazildi. Bu musobaqalar maktab, rayon, Shahar, viloyat va respublikalar miqyosida o'tkazildi. U Lvov viloyatining Sokal Shahrida yakunlovchi musobaqalar finalida ittifoqchi respublikalardan 36 jamoa ishtirok etib, unda 500 o'quvchi qatnaShdi. Ukraina SSR jamoasi mazkur musobaqa g'olibi deb topildi.
1976 yil avgustda Belorussiyada o'quvchilarning navbatdagi Butunittifoq slyota bo'lib o'tdi, bunda umumjamoa hisobida Belorussiya SSR jamoasi g'olib chiqdi. Ma'lumki, 1972 yil 1 martdan boshlab fizkultura GTO kompleksi tarkibiga turizm ham kiritildi. Bu o'z navbatida GTO kompleksining barcha bosqichlari bo'yicha belgilangan talablarning bajarilishi bilan yosh organizmning har tomonlama chiniqishiga olib keladi. Bu esa jismoniy mehnat, mudofaa ishlariga doimo tayyor bo'lish demakdir. Taniqli turizm bilimdonlari B.I.Ogorodnikov, V.M.Alenin, N.Kaletkin, S.Alekseev, R.Rubel kabilar o'z asarlarida turizmning GTO kompoleksidagi o'rni va piyoda yurish turizmi jarayonlarida GTO normativlarini bajarish tartiblari haqida mulohaza yuritganlar.
O'tkazilayotgan turizm tadbirlari oqibatida ijtimoiy-foydali va ommaviy ishlarda faol ishtirok etish odat tusiga aylanib qoldi. Revolitsion, jangovar va mehnat shon-shuhrati joylariga ekskursiya paytlarida zavod-fabrika, kolxoz-sovxoz xo'jalik, qurilish ishlarida yaqindan yordam berish turistlarning sharafli burchidir. Maktab o'quvchilari turli yurish, sayohatlarni ayniqsa dam olish, ta'til paytlarida uyuShtiradilar. Bunday paytlarda o'quvchilar turar joylarni obodonlashtirish, ko'chat o‘tkazish, ota-onalar, keksa kishilarga ko'mak berish, kolxoz dalalari, yaylovlarda mehnat qilayotgan kishilarga yordamlashish va Shu kabi foydali ishlarda faol ishtirok etadilar.
Turizm va ekskursiya bo'yicha Markaziy Sovet Prezidiumi 1971 yil 29 iyunda «eng yaxshi turistik sayohatlarni o‘tkazish uchun «Butunittifoq musobaqalar o‘tkazish Nizom»ini tasdiqladi. Shu Nizomga asosan «Turist» jurnali «Yilning ilk sayohatchilari» sovrinini ta'sis qildi. 1977 yili Maorif Vazirligining buyrug'i bilan respublika, o'lka, viloyat, okruglarda yosh turistlar stantsiyasi haqida Nizom ta'sis qilindi.
SSSR xududida turistik yurishlar, sayohatlarni tashkil qilsh qoidalari, turistik klublar, sektsiyalar, turistik kadrlar tayyorlash va shu kabi tegishli masalalar bo'yicha VTsSPS tomonidan tasdiqlangan qator boshqa Nizomlar ham mavjud. Turizm va ekskursiya kengashlari, ko'ngilli sport jamiyatlari qoshidagi turizm sektsiyalari, turistlar klublari, bolalar turistik stantsiyalari va barcha fizkultura jamoalari qoshidagi havaskorlik turizmi sektsiyalarining ish faoliyatini yaxshilashda mazkur qaror va nizomlarga amal qilingan holda ish olib borildi.
Mamlakatda turizmning barcha turlari bo'yicha targ'ibot va tashviqolt ishlarini yuqori saviyada olib borish, tarixiy, madaniy va hordiq chiqarish joylari bilan mehnatkaShlarni tanishtirishda «Turist» jurnalining (u 1966 yildan boshlab chiqarilmoqda) xizmati katta. Turistlarning juda katta guruhi ana Shu jurnal sahifalarida yoritilayotgan yangiliklardan bahramand bo'ldi.
Bundan taShqari, turizm haqida juda ko'p adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, spravochniklar ham mavjud. Ayniqsa A.X.Abukov (1970, 1980), A.Belyakov (1969), P.N.Bogdanov (1974), A.Kolesnikolv, V.Kudryavtsev (1974) kabi mutaxassislarning turizm bo'yicha nazariy va amaliy asarlarida mamlakatda turizmning taraqqiyoti, uning kelajagi, turistik yurishlarni tashkil qilshning ilg'or forma hamda metodlari, ko'pgina korxonalardagi turistik ish tajribalari o'z aksini topgan. M.S.Yunonev (1974), D.Armand (1965), Yu.A.Shtyurmer (1974) kabi mualliflar qo'llanmalarida esa turizm va tabiatni muhofaza qilsh masalalariga keng o'rin berilgan.
Yoshlarni tarbiyalashda turizm vositalaridan foydalanish yo'lida ham barakali ishlar qilingan. Bu o'rinda ayniqsa Belorussiya olimlarining ishlari e'tiborga loyiq. Yu.S.Bilchikning (1966) «Turizm-o'quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim vosita», S.T.Shudrenkoning (1973) «Sayohatlar jarayonida mehnatga o'rgatish», S.A..Golubning (1971) «Studentlarni turizm bilan harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash», A.A.Lejninning (1973) «Turistlar gulxani» kabi adabiyotlarni yoshlar sevib o'qigan.
Belorussiya, Boltiqbo'yi respublikalarida turizmning piyoda yurish, sportcha chamalab topish, velosiped, chang'i va boshqa turlari bo'yicha ilmiy-nazariy konferentsiyalar, metodik kengaShlar, turli seminarlar o'tkazilib turiladi. Shuning uchun ham u joylarda turizm bilan Shug'ullanuvchilar soni ko'payib, u yanada ommalashdi.
Mazkur tadbirlar va faoliyatlar O'zbekistonda ham to'la amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari bo'yicha ham turistik marshrutlar, sayohat yo'llari va qo'llanmalar tayyorlangan, piyoda yurish, tog' turizmiga oid adabiyotlar mavjud. Chunonchi, V.Patsekning «Chimyon», «O'rta Osiyo yo'llari bo'ylab», «Farg'ona vodiysi bo'ylab sayohat», V.I.Kucheryavixning «Fansk tog'lari bo'ylab sayohat marshrutlari», R.Abdumalikovning «Sayohat sahifalari» (1971) va boshqalar.

Qadimgi Buyuk Ipak yo'lining turizmdagi o'rni


Tarixdan ma'lumki, qadimgi Chin (Xitoy) mamlakati Xindiston, eron, Vizantiya va bir qator Evropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalarni o'rnatgan. Asosan Shoyi, rangli matolar, chinni buyumlar Xitoy tomonidan keltirilib, ular savdoda yuqori o'rinda turgan. O'z navbatida ulari gilam, tikilgan kiyimlar, harbiy qurollar (qilich, xanjar va x.k., teri, turli oziqalar, quruq mevalarni xarid qilshgan. Shu asosda madaniy tadbirlar (raqslar, o'yinlar, kuraSh, tomoShalar- sayr) amalga oshirilgan.
Muhim tomoni Shundaki, savdo mollarini tuya, ot, xachir va boshqa ulovlarda olib yurib, qulay hamda manzarali joylarda dam olish, xordiq chiqarish, tunaShlar asosiy faoliyatlardan biri bo'lgan. Bu jarayonlar sharqdan g'arbga, janub va Shimolga cho'zilgan karvonlar yo'lini vujudga keltirib, uni «Buyuk Ipak yo'li» deb atalgan.
Buyuk ipak yo'lining O'zbekistondagi muhim manzillari, to'xtaSh bekatlari Farg'ona vodiysidagi qishloqlar, sanoat (mayda xunarmandchilik) va me'mor (arxitektura) qurilishlarga ega bo'lgan Toshkent atroflari, Mirzacho'l, Jizzax, Sarbozor (G’allaorol), Jomboy (ZarafShon daryosi sohili), Samarqand, Jom, Daxbed, Kattaqo'rg'on, Zirabuloq, Karmana (Navoiy), Buxoro kabi katta-kichik Shaharlar bo'lgan.
qadimgi buyuk ipak yo'li tarixini o'rganuvchi mutaxassis olimlar B.X.Husanboev, L.A.To'laganov, V.G.Razina kabilarning ma'lumotlariga ko'ra eradan avvalgi XY-XI asrlarda Xitoyda Shoyi to'qish, chinni ishlab chiqarish, rang-bo'yoqlar bilan matolarni pardoShlash ishlari yo'lga qo'yilgan va ularni chetga chiqarib, savdo, madaniyat aloqalar o'rnatila boshlagan.
Shoyi mollarini ishlab chiqish va uzoq o'lkalarda savdo qilsh asosan eradan avvalgi II asrga to'g'ri keladi. Chunki Xitoy imperatori U-di dovon (Farg'ona vodiysi) bilan «Shoyi yo'li»ni ochish to'g'risida Shartnomani imzolagan.
Shu asosda Sharqdan g'arbga «Ipak yo'li» ochilib Xitoy Shoyilari, ulardan yasalgan turli buyumlar, kiyimlar, har xil matolar, chinni idish-buyumlar xoridorgir bo'lib, Xitoy va «Ipak yo'li» dagi mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy va siyosiy tomonlarini rivojlantirishga katta hissa qo'Shgan. Bu jarayonlar asosan XIX asrning yarmigacha keng miqyosda rivojlangan. Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni istilo qilshi (1865-1917 y.y.) va Sho'rolar hukumati (1917-19191 y.y.) davrida Buyuk ipak yo'lining bu xududlardagi faoliyati deyarli to'xtab qolgan.
Xalqaro turistik tashkilotlarning taShabbusi va Birlashgan millatlar tashkiloti qoshidagi YuNESKOning da'vati bilan qadimgi Buyuk Ipak yo'li tarixini o'rganish, yangi davr talablari asosida savdo, madaniyat, fan, texnika va boshqa sohalarda mamlakatlarning o'zaro aloqalarini qayta tiklash, ularni takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
1989 yilda bir qator mamlakatlarning olimlari ishtirokida qadimgi Buyuk Ipak yo'lini bosib o'tish va ilmiy-amaliy izlanishlarni (ekspeditsiya) amalga oshirish boshlandi. Bunda yuqorida keltirilgan mualliflar, tarix, madaniyat xodimlari ham ishtirok etishgan.
Bunday ulug'vor tadbirlarda muallifdagi (soavtorstvo) sifatida Gretsiya, Misr, Indoneziya, Italiya, Mug'uliston, Yemen (Oman), Portugaliya, Shri-Lanka va sobiq Ittifoq Respublikalarining vakillari ham ishtirok etishdi.
YuNESKO ning 1990 yilda tasdiqlagan «Buyuk Ipak yo'li» (marshrut) dasturida quyidagi yo'nalish ko'zda tutilgan edi: AShxabod (qadimgi Parfiya-Nisa poytaxti), Mari (Merv), Chorjo'y (Amulo), Buxoro, Samarqand (Marokanda), Panjakent (Zarafshon sohili), O'ra-Tepa (qadimgi Ustrushan) asosiy manzillar qilib belgilangan. qolgan yo'nalishlar (marshrutlar) xalqaro Sharoitlarga qarab (qadimgidan) ikki tomon belgilangan: biri – Farg'ona vodiysidan (qadimgi Parkan yoki Rovon) Osh va qaShqar tomonga (Shimoliy Xitoy); ikkinchisi esa – Toshkent (qadimgi Chach eroncha ibora) orqali Samarqand, Binket (ShoSh-arabcha), Jambul (Taraz), Chu daryosi vohasi, Bishkek, Issiqko'l (qadimgi Barexan), Prjevalsk, qaShqar yo'nalishi edi.
Xalqaro arxeologik ekspeditsiyasining rahbari Yu.F.Buryakovning tadqiqoti bo'yicha qadimgi madaniy yodgorliklar orasida Paykend, VaraxSha, Dabusiya, Rabijon, Xavast, qanqa kabi joylar mavjud bo'lib, ularning madaniy tarixini o'rganish zarurligi qayd etiladi.
Shu asosda O'zFA, Madaniyat va turizm tashkilotlarining ishtirokida qadimgi Buyuk Ipak yo'li va ularning ijtimoiy-madaniiy, iqtisod, siyosat hamda sayyohlik sohasidagi ijobiy tomonlari o'rganilib, ularning natijalari turli xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida o'z ifodasini topmoqda.
Umumta'lim maktablar, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarining o'quvchi-yoshlari, talabalari hamda ishchi-mehnatkaSh yoshlar, ziyolilar, barcha sohada xizmat faoliyat ko'rsatuvchi kishilar «Buyuk Ipak yo'li»ning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarini chuqur o'rganishlari, joylarga sayr-sayohatlar uyuShtirishlari maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil O'zbekistonda turizm (1991-2018)
O'zbekistonning istiqloli va buyuk kelajak istiqbollariga erishish maqsadida aholining sihat-salomatligini yaxshilash, o'quvchi yoshlar, talabalar va ishchi-xizmatchi, ziyoli xodimlarning jismoniy hamda ma'naviy barkamolligini tarbiyalashga jiddiy e'tibor berilmoqda. Bu yo'lda olib borilayotgan muhim tadbirlar haqida ba'zi dalillarni ko'rsatish lozim bo'ladi, ya'ni:
• O'zbekiston Konstitutsiyasida qayd etilgan dam olish, sport va turizm bilan Shug'ullanish jarayonlari kengaymoqda;
• Ta'lim to'g'risida»gi qonun (1997) asosida Davlat ta'lim standartlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997) mazmunida jismoniy tarbiya, sport va turizm mustaqil fan sifatida o'qitilmoqda;
• Sog'lom avlod davlat dasturi (1997) talablari bo'yicha aholining barcha qatlamlari va toifalari orasida milliy sport turlari, zamonaviy sport turlari va turizm bo'yicha xilma-xil nufuzli sport musobaqalari, ommaviy-madaniy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilmoqda;
• Jismoniy tarbiya o'quv jarayonlari, yozgi dam olish va sog`lomlashtirish oromgohlari, sport maskanlari, dam olish uylarida turizmning piyoda yurish sayohati muhim ahamiyat kasb etmoqda;
• O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risida» (1999) «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi (2000, yangi tahrir) qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (O'zRVM) Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari (1993, 1996, 1999, 2000, 2002 va b.q.) hamda turizm ishlari bo'yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash bo'yicha qarorlari (1999) turizm ishlarini yaxshilashga qaratilishi bilan muhim ahamiyatga egadir;
• O'zbekturizm Milliy kompaniyasining tashkil etilishi (1995), Toshkent Davlat madaniyat instituida (keyinchalik Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida) turizm fakultetining ish boshlashi (1999) va Shuningdek, tarixiy-madaniy Shaharlarda Turizm kollejlarining tashkil etilishi, ularning hozirgi davr talablari asosida faoliyat ko'rsatishi mamlakatda turizm va xalqaro turizmni rivojlantirishga katta hissa qo'shmoqda;
• Xalqaro ekosan-tur tashkiloti (uyuShma) va uning barcha xududlaridagi tarmoqlari ekologik tarbiya ishlarini yuqori saviyada olib borishda O'zbekturizm Milliy kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishi turizmni takomillashtirishda maqsaddagidek ish olib bormoqda;
• «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining ishlab chiqilshi, unda barcha yosh (6 yoshdan boshlab) va toifadagi kishilar uchun sayr-sayohatlar mezon (normativ) talablarining qo'yilishi (19990 va amalda bajarilishi (2000-2009 y.y.) turizmga bo'lgan e'tibordir;
• Xalq ta'limi tizimi va bir qator nodavlat idoralar,tashkilotlar tomonidan Bolalar turistik stantsiyalarining (muassasa) faoliyat ko'rsatishida o'lkani o'rganish, tabiat bilan tanishish, ilmiy-qidiruv (ekspeditsiya) ishlarini Shakllantirishda munosib o'ringa egadir;
• Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida «Jismoniy tarbiya» dasturi asosida bolalarning yoshi, salomatligi va jismoniy holatlariga qarab barcha fasllarda, ob-havoning qulay paytlarida sayr-sayohatlar olib borilishi kelajak avlodlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, atrof-muhitni tamoSha qilsh, bor mavjudodlar, haqiqatlarni ko'z bilan ko'rib his etishlarida muhim omil bo'lib hisoblanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi ajdodlardan meros bo'lib saqlanib kelinayotgan sayohatlarning turlari, Shakllari va mazmunlari «Buyuk Ipak yo'li» davrida ancha rivoj topib, takomillashgan.
O'zbekiston mustaqilligi davrida turizm yangi Shakl va mazmun topib, uning ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, siyosiy salohiyatlari xalqaro turizm talablari asosida kengayib bormoqda. Bu yo'lda Respublika Prezidenti va hukumatining farmon hamda qarorlarini amalga oshirishda O'zbekturizm Milliy Kompaniyasi, ta'lim tizimi vazirliklari, madaniyat va sport ishlari vazirligining faoliyatlari e'tiborga sazovordir.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda Turizmning Rivojlanishi


Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlagnidek: «Turizm sodda qilib aytganda dunyoni tushunib, dunyoni anglash, Shu bilan birga dunyo sahniga chiqish demakdir. Toshkent, Samarqand, Buxoro vaXiva kabi Shaharlarimizning 2500-3000 yillik tarixi bor. Bu juda katta ma'naviy boylik. Uni sayohlikni rivojlantirish yo'li bilan moddiy boylikka aylantirish mumkin:
Rivojlangan mamlakatlarda turizmdan olinadigan valyuta tuShumlari butun eksport hajmining 10-24% yillik o'sish sur'atlari yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining so'nggi yillarda turizmga oid e'lon qilingan farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari millatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik bozorga integratsiyalashish, O'zbekistonning madaniy-tarixiy va ma'naviy merosini jahon hamjamiyatiga targ'ib qilsh hamda sayyohlarga xizmat ko'rsatish sifatini jahon andozalari darajasiga etkazishga qaratilgan tadbirlarni o'z ichiga oladi. Bu qonuniy hujjatlar respublikada turizm sohasi va uning infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha ko'pgina tadbirlar bilan bir qator muammolar echimlarini ham ko'zda tutadi. Turizm sohasining raqobatbardoShligini oshirishni ta'minlaydigan Shart-Sharoitlarni yaratishda davlatning rolini oshirish, turizm rivojlanishining jahon amaliyotida jamlangan ilg'or tajribasini, usullari va vositalarini milliy iqtisodiyotimizga joriy qilsh lozim.
Hozirgi davrda respublikamizda milliy turizmning barqaror rivojlanish muammolarini hal qilshning nazariy, uslubiy va amaliy yondaShuvlarini ishlab chiqish, turistik mahsulotlar bozorini Shakllantirish, mazkur soha faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy usullari va uni boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini, turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Turizm bozorida faoliyat yuritayotgan milliy turistik korxonalarimizning aksariyati turoperatorlik va turagentlik faoliyatlarini birgalikda olib boradilar. Chunki, mahalliy aholining aksariyatida turizmga bo'lgan ehtiyojining mablag' bilan ta'minlanmagani va xorijiy turistlarni jalb etish uchun bo'lgan raqobatning kuchliligi Sharoitida korxonalarimiz Shunday yo'l bilan o'z foydaliliklarini ta'minlay olishayapti. Turoperatorlar – turistik xizmatlarni ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi korxonalardir. Turistlarning sayohatga jo'natuvchi firmalarimizni turagentliklar deb ataymiz, ularning aksariyati o'z mehmonxona fondlariga yoki transport vositalariga egalik qilshmaydi; balki mehmonxona, restoran va transport egalari bilan Shartnomalar tuzgan holda turistlarning sayohat qilshlari va dam olishlarini tashkil etish xizmatlarini ko'rsatishadi. Ba'zi bir turistik korxonalarimiz faqatgina mahalliy fuqarolarimizni turistik sayohatga jo'natish yoki faqat chetdan keluvchi xorijiy turistlarni qabul qilsh bilan Shug'ullanishadi. Fuqarolarimizni turistik sayozaga jo'natilishida yuzaga kelgan vaziyat to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, mahalliy fuqarolarimiz dunyoning mamlakatlariga asosan quyidagi maqsadlar bilan chiqishadi:
«Savdo» maqsadi bilan qozog'iston, qirg'iziston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiyaga; «Dengizda dam olish» maqsadi bilan Turkiya, Misr, Tailand, Isroil, Rossiya va Ukrainaga; «Dengizda dam olish va Shop-tur» maqsadida Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yunonistonga; va nihoyat, «Biznes va ekskursiya» maqsadida Yaponiya, Janubiy Koreya, G’arbiy Evropa va MDH mamlakatlariga eo'naShadi. Bulardan taShqari, fuqarolarimiz orasida AqSh, Germaniya va Xindiston mamlakatlariga uyuShtiriluvchi sayohatlar ham maShhur.
Xorijiy turistik sayohatlariga chiqishda quyidagi holatlar ko'zga yaqqol taShlanadi:
1. Insonning chet ellarga sayohatga chiqishlari uchun amalda cheklovlar o'rnatilmagan, etarlicha mablag'Sha ega bo'lgan kishilar sayohat qilsh uchun xorijga bemalol chiqishlari mumkin.
2. Xorijiy sayohatni amalga oshirish qurbiga ega bo'lgan aholi tabaqasi asta-sekinlik bilan o'sib bormoqda. Chet ellarga amalga oshiriluvchi turistik sayohatlarning aksariyati ularning hissasiga to'g'ri keladi.
3. O'zbekiston fuqarolari «Turistik sayohatga chiqish» deganda asosan chet el sayohatini tushunishadi, O'zbekiston ichida amalga oshiruvchi mahalliy sayohatlarga turistik nazar bilan qaralmaydi (oddiy aholining qaraShlari).
4. Ba'zi hollarda, xorijiy sayohat qilsh deganda asosan boylik orttirish, o'zining moliyaviy ahvolini yaxshilashga bo'lgan harakat deb qaraShadi.
5. Milliy turistik korxonalarimiz o'z hamkorlari va mijozlari bilan rivojlangan mamlakatlar tajribasiga mos holda muomala qilshni o'zlashtirish olishgan.
6. Chet elga chiquvchi fuqarolarimizning 10-15% igina turistik firmalarimiz (turistik agentliklar) xizmatlaridan foydalanishadi.
7. Chet elga mehnat qilsh maqsadiga chiqib, viza olish uchun «turistik» maqsadni ro'kach qilsh hollari nisbatan kamayib ketdi.
O'zbek turistlarining chet ellarga turistik sayohat uchun 1 oydan ortiq muddat sarflayliganlari 1% dan kamroqni tashkil etadi. Xorijda turistik maqsadlar uchun 15-30 kun sarflaydiganlar 2% dan kamdir. Chet elda turistik sayohatga 1-2 xafta sarflovchilar 30% ni tashkil etishsa, qolganlari xorijda 1 xaftadan kam muddatda turistik sayohatlar qiladilar. O'zbekistonga etib keluvchi turistlarning aksarimyati Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo'nalishi bo'yicha sayohat qiladi. Chunki, O'zbekiston turizm infratuzilmasi aynan Shu manzilgohlarda yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo'liga taalluqli ko'pgina ob'ektlar vynan Shu joylarda saqlanib qolgan (O'zbekistonga guruhlarda taShrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak yo'li yo'nalishi doirasida xarakatlanadilar).
O'zbekistonga etib keluvchi turistik sayohatlarning ko'payishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi quyidagi ba'zi hollarni sanab o'tish mumkin:
• O'zbekiston to'g'risidagi dastlabki va so'nggi taassurotlarni qoldiruvchi Bojxona xizmati xodimlarining ishidagi sovuqqonlik;
• ko'pgina mehmonxonalarda taomlarning zamonaviy talablarga javob bermasligi;
• O'zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy raqobatchilarimizga nisbatan qimmatligi, transport narxlarining yuqoriligi;
• turistik esdalik uchun xarid etadigan milliy suvenirlarimizning kamligi va nisbatan qimmatligi;
• joriy infratuzilmani takomillashtirish va yangilarini yaratish uchun xususiy soha vakillarida mablag'larning etishmasligi;
• targ'ibot masalalariga etarlicha e'tibor berilmaganligi tufayli xorijiy fuqarolarning aksariyatida O'zbekiston to'g'risida hech qanday ma'lumotning yo'qligi;
• O'zbekistondagi joriy narxlarning qimmatligidan taShqari, ba'zi hollarda, taklif etilayotgan tovar va xizmatlar sifatining Shu narxga mos emasligi.
Yuqorida sanab o'tilganlarni bartaraf etish uchun, birinchi navbatda, ko'rsatilayotgan turistik xizmatlarimizning sifatli bo'lishiga erishish lozim. Buning uchun turistik biznes vakillarining turizm rivojlangan malakatlarda malaka oshirib turishlarini tashkil etish kerak: haqiqatan ham sifatli deb baholanadigan xizmatni ishlab chiqarishdan avval Shu xizmatni boshqalar qanday ko'rsatishayotgani bilan tanishish zarur.
Ikkinchi navbatda, turistik mahsulotlarimizga narx belgilash tizimimizni qayta ko'rib chiqish; narxni belgilayotganda qo'Shni mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida, bundan taShqari, Xitoy, eron, Xindiston, Rossiya va Turkiyada narxlar darajasi qandayligiga e'tibor berish kerak. Chunki, bu davlatlar xalqaro turizm bozorida O'zbekistonning asosiy raqobatchilari bo'lib hisoblanishadi va ularning hatti-harakatlarini kuzatib borish milliy turistik korxonalarimiz uchun foydadan holi bo'lmaydi.
Uchinchidan, chet ellarda O'zbek turizmini reklama qilshda barcha korxonalarimizning tashviqot-targ'ibot ishlarining raqobatchilarimizdan farq qiluvchi umumiy bir brend ostida birlashtirilishi O'zbekistonning xalqaro turistik bozorida o'z o'rnini mustahkamroq egallashiga yordamlashishi mumkin. Buning uchun o'zimiz egalik qilayotgan turistik resurslarimizni yana bir bor qaytadan chuqur o'rganib chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish yo'llarini aniqlash va Shuning asosida Milliy turistik brendni ishlab chiqish Shart. Shu sababli, «O'zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan vaqti-vaqti bilan o'lkamiz turistik resurslarini o'rganib chiqish uchun maxsus ekspeditsiyalarni tashkil etib turish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bag'ri keng O'zbekistonimizning turizmni rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan resurslarining anchasi hali ochilmaganiga ishonchimiz komil. Oldimizda turgan vazifa – ularni ishlab topish, o'rganish va ulardan kelgusi avlodlarimiz ham foydalana olishlarini o'ylagan holda foydalanish yo'llarini ishlab chiqishdir.
O'ylaymizki, turizm bozorida o'tkazilayotgan islohotlarimizning mantiqiy yakuniga etkazilishi, turizmni boshqarish tizimining doimiy ravishda takomillashtirilib borilishi, hukumatimiz tomonidan turizm rivojlantirilishi maqsadida markazlashgan holda ajratiladigan mablag'lar hajmining ortib borishi Sharoitida O'zbekistonning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga, mamlakat byudjetiga tuShadigan mablag'larni oshirishga, xususiy korxonalar va mahalliy aholining moddiy-ma'naviy farovonligini ta'minlashga erishish mumkin bo'ladi.

Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin