13-mavzu
AXBOROT TIZIMLARIDA
AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALALARI
Mavzu maqsadi
– axborot tizimlari tarkibida strategik resurslar – axborot
resurslari saqlanishi sababli, shuningdek, axborot tizimlari orqali
tayyorlanadigan va taqdim etiladigan axborotlarning qimmati hamda
ahamiyati nuqtai nazaridan axborot tizimlarini muhofaza etish hamda
ularda axborot xavfsizligini ta'minlash o‘ta dolzarbdir. Mavzuning
maqsadi avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborot xavfsizligi
masalalalarini hal etishning asosiy choralari va tamoyillarini yoritib
berish va bu bilan tinglovchilar e'tiborini xavfsizlikni tashkil etishning
muhim jihatlariga qaratishdan iborat.
Mavzu qismlari:
1.
Axborot tizimlarini muhofaza etishda kimplekslilik va tizimlilik.
2.
Axborot tizimlarida xavfsizlikni tashkil etish choralari.
3.
Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining boshqa tamoyillari.
4.
Elektron hukumat konsepsiyasi doirasida axborot xavfsizligini ta'minlashning
huquqiy asoslari
Tayanch so‘z va iboralar:
xavfsizlik, axborot xavfsizligi, xavfsizlik
tamoyillari, muhofaza algoritmi.
Axborot tizimlarini muhofaza etishda kimplekslilik va tizimlilik
Statistika ma'lumotlariga nazar tashlasak, turli AATga muvaffaqiyatli
hujumlarning aksariyati tizimning ichida amalga oshirilganining guvohi
bo‘lamiz. E'tiborsizlik yoki o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarash singari
«inson omili»dan texnik choralar yordamida saqlanish mumkin bo‘lsa, tizim
foydalanuvchisi yoki tizim ma'murining yovuz niyatidan bu choralar
himoya qila olmaydi.
Bu yerda biz AATni muhofaza qilishning asosiy tamoyili –
komplekslilikka
yaqinlashamiz. Umuman olganda, kompyuter tizimlarini
muhofaza qilish usullari va vositalaridan kompleks foydalanish tahdidlar
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni to‘sadigan va ayrim
komponentlar tutashadigan joylarda zaif bo‘g‘inlar mavjud bo‘lmagan
yaxlit muhofaza tizimini yaratishda turli xil vositalarni kelishilgan tarzda
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
186
qo‘llashni nazarda tutadi. Muhofaza bosqichma-bosqich tashkil etilishi
lozim. Tashqi muhofaza fizik vositalar, tashkiliy, texnologik va huquqiy
choralar yordamida ta'minlanishi zarur.
Ba'zan qo‘shimcha ravishda
tizimlilik
Dostları ilə paylaş: |