____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
192
Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun xarajatlar darajasining axborot
resurslari qimmatiga, ular oshkor etilishi, yo‘qotilishi, chiqib ketishi, yo‘q
qilib tashlanishi va buzib ko‘rsatilishidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar
miqdoriga muvofiqligini nazarda tutadi. Axborot
resurslari xavfsizligini
ta'minlash uchun ko‘rilayotgan choralar va qo‘llanilayotgan vositalar
mazkur axborot aylanayotgan AAT ishining ergonomik ko‘rsatkichlarini
jiddiy pasaytirmasligi kerak.
Ortiqcha xavfsizlik choralari, iqtisodiy
samarasizlikdan tashqari, xodimlar toliqishi va asabiylashishiga olib keladi.
Mutlaqo o‘tib bo‘lmaydigan muhofaza tizimini yaratish mumkin emas.
Toki axborot tizimda aylanayotgan ekan, ko‘rilayotgan choralar salbiy ta'sir
ko‘rsatilishi ehtimolini yoki ulardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni faqat
kamaytirishi mumkin. Vaqt va vositalar yetarli bo‘lgan taqdirda har qanday
muhofazani yengish mumkin. Shu sababli xavfsizlikni ta'minlashning
muayyan maqbul darajasini ko‘rib chiqish o‘rinli bo‘ladi. O‘ta
samarali
muhofaza tizimi qimmat turadi, ishda kompyuter tizimi resurslarining katta
qismidan foydalanadi va foydalanuvchilarga jiddiy qo‘shimcha
noqulayliklar yaratishi mumkin.
Xarajatlar, xavf-xatarlar va ko‘rilishi
mumkin zarar miqdori maqbul darajada bo‘lgan muhofaza tizimini to‘g‘ri
tanlash muhimdir (xavf-xatarlarni tahlil qilish vazifasi).
Dostları ilə paylaş: