Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

Shaxsiy javobgarlik 
Axborot va unga ishlov berish tizimining xavfsizligini ta'minlash uchun 
javobgarlikni har bir xodimga uning vakolatlari doirasida yuklashni nazarda 
tutadi. 
Mazkur 
tamoyilga 
muvofiq 
xodimlarning 
huquqlari 
va 
majburiyatlarini taqsimlash shunday tashkil etilishi lozimki, qonun buzilishi 
sodir etilgan har qanday holda aybdorlar doirasi aniq ma'lum yoki mumkin 
qadar tor bo‘lsin.
Vakolatlarni mumkin qadar kamaytirish
Ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra foydalanuvchilarga tizimga kirish 
uchun mumkin qadar kam huquqlar berishni nazarda tutadi. Axborotdan 
foydalanish imkoniyati faqat xodim o‘z xizmat vazifalarini bajarishi uchun 
zarur bo‘lgan holda va hajmda berilishi lozim.
 
 


 
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
193 
O‘zaro aloqa va hamkorlik
Bo‘linma jamoalarida qulay muhit yaratishni nazarda tutadi. Bunday 
vaziyatda xodimlar belgilangan qoidalarga ongli ravishda rioya etishlari va 
bo‘linmaning axborot xavfsizligini ta'minlash borasidagi faoliyatiga 
ko‘maklashishlari lozim.
Axborotni muhofaza qilish tizimining moslashuvchanligi
Ko‘rilgan choralar va o‘rnatilgan muhofaza vositalari, ayniqsa ulardan 
foydalanishning dastlabki davrida, muhofazani ham ortiqcha, ham yetarli 
bo‘lmagan darajada ta'minlashi mumkin. Muhofaza darajasini o‘zgartirish 
imkoniyatini ta'minlash uchun muhofaza vositalari muayyan darajada 
moslashuvchanlik bilan tavsiflanishi lozim. Bu xususiyat muhofaza 
vositalarini o‘rnatish ishlab turgan tizimga, uning normal ish jarayonini 
buzmasdan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda ayniqsa muhimdir. 
Bundan tashqari, tashqi sharoitlar va talablar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. 
Bunday vaziyatlarda muhofaza tizimining moslashuvchanlik xususiyati 
AAT egalarini muhofaza vositalarini yangisiga to‘liq almashtirish 
choralarini ko‘rish zaruratidan xalos etadi.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin