Tashkiliy choralar Tashkiliy muhofaza choralari – bu ma'lumotlarga ishlov berish
tizimining ish jarayonlarini, uning resurslaridan foydalanishni, xizma
ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyatini tartibga soladigan, shuningdek
foydalanuvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning tizim bilan o‘zaro
aloqasi tartibini belgilaydigan, xavfsizlikka tahdidlarni amalga oshirish
imkoniyatini mumkin qadar kamaytirish yoki unga chek qo‘yishga, ular
amalga oshirilgan holda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini
kamaytirishga qaratilgan ma'muriy va protseduraviy xususiyatga ega
choralar.
Ma'naviy-axloqiy choralar Ma'naviy-axloqiy muhofaza choralariga axborot texnologiyalari
jamiyatda tarqalishiga qarab shakllangan yoki shakllanayotgan xulq-atvor
normalari kiradi. Bu normalarning aksariyati normativ hujjatlarning
talablari singari majburiy hisoblanmaydi, lekin ularga rioya qilmaslik
odatda inson, shaxslar guruhi yoki tashkilot obro‘sining pasayishiga olib
keladi. Yozilmagan va yozilgan ma'naviy-axloqiy normalar farqlanadi.
Yozilmagan
ma'naviy-axloqiy
normalarga,
masalan,
vijdonlilik,
vatanparvarlik umume'tirof etilgan normalari, yozilgan ma'naviy-axloqiy
normalarga esa qoidalar yoki amrnomalarning muayyan to‘plami (ustav,
odob-axloq kodeksi va sh.k.) ko‘rinishida rasmiylashtirilgan normalar
kiradi. Ma'naviy-axloqiy muhofaza choralari profilaktik xususiyat kasb
etadi va AATdan foydalanuvchilar va unga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
jamoalarida sog‘lom ma'naviy muhitni yaratish bo‘yicha doimiy ish olib
borishni talab qiladi.
Axborot xavfsizligining mazkur choralariga mos keluvchi o‘zaro
aloqalar chizmasi quyidagicha: