O’zbekiston hududida eramizdan avvalgi 2-mingyillik oxiri va 1-mingyilliklarda moddiy madaniyat yodgorliklari paydo bo’la boshladi.
Ular:
-Xorazm (Tozabogen)
-Zarafshon vodiysi (Urgut,
Kattaqo’rg’on)
-Farg’ona vodiysi(Vodil va
Karomko’l)
-Toshkent vodiysi (Achiqko’l)
XX asrning 60-yillaridan boshlab turizmga nisbatan e’tibor tubdan o’zgardi.
1966-1970-yillardagi kapital mablag’ oldingi besh yillikka nisbatan 4,5 baravarga oshdi.
1971-1975-yillarda turbazalar, mehmonxonalar, kemping va avtopansionatlar qurilishi boshlandi.
1980-yilga kelib 150dan ortiq turizm tashkilotlari, 575 ta sayr va sayohat byurolari, 6 ming mashinali avtoxo’jaliklar ishga tushirildi.
1985-89 yillarda ichki va hududiy turizmning hajmi 1,4-1,6 mln kishini tashkil etdi, bunda chet ellik turistlarning miqdori 130-180 ming kishini tashkil etar edi.
Sobiq Ittifoqda O’zbekiston turizmi 3-o’rinni egallardi.
Turizm xizmat hajmi 1,5 mln. turist va 6-7 mln. ekskursantdan iborat edi.
Qo’shimcha mahalliy mehmonxona va pansionatlar 4-5 mingdan oshdi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi.
O`zbekiston Respublikasida turizmning rivojlanishi beshta bosqichga bo`linadi.
Birinchi bosqich (o`z ichiga 1992 yilni oladi). Ushbu bosqich respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan "O`zbekturizm" Milliy kompaniyasiga asos solindi.
I kkinchi bosqich (1993-1995 yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqichda turistik xizmatlar ko`rsatish hajmi oshib bordi. "O`zbekturizm" milliy kompaniyasi turistik operatorlar bilan to`g’ridan-to`g’ri aloqa qilish maqsadida Germaniya (Frankfurt-Mayn), Buyuk Britaniya (London), AQSH (N'yu-York), Birlashgan Arab amirliklari (SHarja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda o`zining vakolatxonalarini ochdi.
Uchinchi bosqich (1995-1997 yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida "O`zbekturizm" milliy kompaniyasi tizimidagi turistik ob`ektlar umumiy miqdorining 90 foizga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi.
To`rtinchi bosqich (o`z ichiga 1998 yilni oladi). Bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar investitsiyalarning barqaror oqimini ta`minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari darajasidа shаkllаntirish turizmga bilvosita tegishli bo`lgan xizmat ko`rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi.
Beshinchi bosqich (1999 yil maydan hozirgi davrgacha). Ushbu bosqichda O`zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm bo`yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida "Turizm to`g’risida" gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat ko`rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi
Hozirgi kunga kelib O`zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo`ladi.
Bunga dalil sifatida 1995 yil 2 iyundagi "Buyuk Ipak yo`li"ni qayta tiklashda O`zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to`g’risida"gi farmonining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir .
Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator imtiyozlarga ega bo`lishdi.
Bu farmon "Buyuk Ipak yo`li"da joylashgan tarixiy va madaniy shaharlarda turistik yo`nalishlarning rivojlanishiga turtki bo`ldi.
Xulosa
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o`zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o`tish davri bilan bog’liq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 iyundagi 1162 raqamli "Buyuk Ipak yo`li"ini qayta tiklashda O`zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish
borasidagi chora -tadbirlar to`?risidagi" Farmoni. //Xal? so`zi, 1995.3-iyun'.
2. A.F.Saidov “Turizm-tinchlik va farovonlik timsoli”
3. Birjakov M.B, Vvedenie v Turizm: Uchebnik. - Izdanie 8-e, pererabotannoe i dopolnennoe. - SPB.: "Izdatel'skiy dom Gerda", 2006. - 51-55 s.