Reja:
1. 1960- yillardan respublikada Musiqa madaniyatining rivojlanishi
2. Respublikadagi ko'rik-tanlovlar haqida
3. Xalq cholg'ularida professional ta'limning yuzaga kelishi
1960-yillarda respublika musiqa madaniyatining yuksalishi natijasida xalq cholg‘uchilarida konsert-ijrochilik faoliyati qizg‘in avj oldi. O‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish an’anasi keng quloch yoydi va u tartibli ravishda o‘tkazila boshlandi. 70-yillarda o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilikning obro‘-e’tibori ancha yuksaldi. Jumladan, 1973- yilda yosh mahoratli g‘ijjakchi Shuhrat Yo‘ldoshev Voronejda bo‘lib o‘tgan musiqachi-ijrochilarning Butunittifoq ko‘rik-tanlovida qatnashib, g‘ijjak ohangining jimjimadorligi, rang-barang tembr bo‘yoqlari hamda cholg‘uning yangi texnik imkoniyatlarini namoyish etdi. Natijada Sh.Yo‘ldoshevga ko‘riktanlovning birinchi mukofoti va laureatlik unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek bir guruh yosh sozandalar, jumladan, doyrachilardan: T.Sayfiddinov, Dilmurod va Xolmurod Islomovlar, O.Kamolxo‘jaev, I.Ikromov, changchi F.Shukurova, g‘ijjakchi Sh.Yo‘ldoshev, afg‘on rubobchi G‘. Ergashev, rubobchi H.Lutfullaevlar hamda “Qirq qiz” Nukus dutorchi qizlar havaskorlar ansambli, “Shodiyona” Shaxrisabz xalq ansambli, Xorazm kolxozining “Qaldirg‘och” ashula va raqs ansambli, “Shodlik” vokalxoreografik ansambli, O‘zteleradio qoshidagi dutorchi qizlar ansambli va boshqa ijodiy jamoalar yuksak mahorati va faol konsert ijrochiligi uchun O‘zbekiston yoshlar mukofoti bilan taqdirlanganlar.
1971-yildan boshlab o‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’anaga aylandi. Birinchi ko‘rik-tanlov 1971-yilda Toshkent (hozirda O‘zbekiston) davlat konservatoriyasida A.Petrosyans raisligida o‘tdi. Unda 15 turdagi cholg‘ulari bo‘yicha 101 sozanda ishtirok etdi. Ko‘rik-tanlov musobaqalari ikki bosqichda o‘tdi. I bosqichda majburiy dasturni O‘zbekiston bastakorlarining, shuningdek qardosh xalqlar xamda chet el bastakorlarining asarlari (jumladan yirik shakldagi bir asar) tashkil etdi. II bosqichda musobaqa katnashchilari har xil turdagi va murakkablikdagi to‘rt asarni ijro etishlari lozim edi