O'zbekistonda eneolit davro yodgorliklari



Yüklə 12,34 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü12,34 Kb.
#115309
O\'zbekistonda eneolit davro yodgorliklari


O'zbekistonda eneolit davro yodgorliklari
O’zbekiston hududida Amudaryo etaklaridagi eneolit davri yodgorliklarini S.P. Tolstov, quyi Zarafshon hududlarini Ya.G’. G’ulomov, A. Asqarov, O’. Islomovlar tadqiq qilishgan.
O’rta Osiyoning shimoliy va markaziy hududlaridagi qabilalar metall bilan miloddan avvalgi III ming yilliklar oxiri va II ming yilliklarning boshlarida birinchi bor tanishishgan hamda bu hududlardagi eneolit davri makonlari qalin madaniy qatlamga ega bo’lmagan, ular qisqa muddatli makonlar tipidagi qishloqlar bo’lgan. SHunday makonlar Zarafshonning quyi oqimida Kaptar ko’li va Katta Tuzkon-35 mavzelari atrofining 4 ta joyidan eneolit davri makonlari topilgan. Bu yodgorliklar 1960 yillarning boshlarida A.Asqarov va O’.Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Bu joylardan miloddan avvalgi III– II ming yillikning chegarasida iste’qomat qilgan eneolit davri urug’ jamoalarining kulbalari qoldiqlari topilgan. Ularning madaniy qatlamlari ming yillar davomida shamollar ta’sirida buzulib ketgan. Moddiy buyumlar – yorg’uchoqlar, o’roq, pichoq qadamalari, mis mehnat qurollarining siniqlari taqir va qum ustida sochilib yotgan.
Eneolit davrining ajoyib yodgorligi hisoblanadi. Hozirgi qishlog’i Zarafshon vohasining yuqori qismida O’zbekiston Tojikistonning chegara hududida joylashgan. SHu qishloqda isteqomat qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yili o’z tomorqasi va qo’shnilarining hovlilaridan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta va pichoqlarni olib, Panjikent muzeyiga topshiradi. Bu topilmalar darhol olimlarning diqqatini o’ziga jalb qiladi va 1977 yilda u yerda tojikistonlik arxeologlar tadqiqot ishlarini boshlab yuboradilar. U yerda 1977 yildan beri Tojikistonlik arxeolog Abdulla Isaqov tadqiqot ishlari olib boradi. Keyinchalik bu bilan frantsuz va amerikalik olimlar ham qiziqib hamkorlikda tadqiqot ishlari boshlanib ketadi.
Sarazm qishlog’i 90 gektar maydonni egallagan bo’lib, 10 tepalikdan iborat. U joydan qadimgi Sug’diyonaning ilk dehqonchilik madaniyatiga doir qimmatli materiallar to’plandi. Bu yerda aholi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan.
Qishloqdan toshdan ishlangan tarozi toshlari, to’qimachilik dastgohining qismlari, eshik osti toshlari, urchuq toshlari, misdan ishlangan pichoqlar, xanjarlar, qarmoqlar, igna va bigizlar topilgan.
. O’zbekistonda eneolit davri manzilgohlari kam o’rganilgan. Lekin mavjud arxeologik manbalar asosida eneolit davrining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yo’llarini aniqlab olish mumkin. Bu davrda O’zbekistonning shimoliy xududlarida hali neolit davri jamoalari, ya’ni Kaltaminor madaniyati jamoasi yashab kelardi. Lekin ularning janubiy xududlar bilan aloqasi ularning iqtisodiy xayotlariga o’zgarishlar olib keldi. Jumladan, 3 ming yillikning oxirlarida metall bilan tanishdilar, ilk chorvachilik va dehqonchilik xo’jaliklari paydo bo’la boshladi. O’zbekiston xududida bronza davrida ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot jadal rivojlandi.
Yüklə 12,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin