Международный
научный
журнал
№
8
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
март
, 2023
г
644
O‘TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA QAHRAMONLAR OBRAZI
TALQINI
Abdimo‘minova Dildora
TerDU talabasi
Sayfullayeva Sabina
BuxDPI talabasi
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi, adib O’tkir
Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani qisman tahlil etilgan, asar qahramonlarining
hayoti, xarakteri ochib berilgan.
Kalit so‘zlar
:
pafos, front orti, nafrat, zakunchi, itoatkor, zabardast.
“ Rost bilan yolg‘on o‘rtasi- to‘rt enlik, degan gap bor. Qiziq nega endi oz emas, ko‘p
emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi-to‘rt enlik ekan. Eshitganingga
emas, ko‘rganingga ishon….. Maqsad shu.”
Ushbu ajoyib jumlalar taniqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi O‘tkir Hoshimovga
tegishlidir. Adib bundan 82 yil oldin Toshkentda Do‘mbirobod mahallasida tavallud topgan.
Yozuvchining ilk asari 1962-yilda “Po‘lat chavandoz” nomida ocherklar to‘plami
tarzida
nashrdan chiqdi. “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, “Tushda kechgan umrlar” adibning
xalq orasida mashhur asarlaridandir. “Ikki eshik orasi” yozuvchining ikkinchi romani bo‘lib,
1982-1985- yillar orasida yozilgan. Asarda insonlar taqdiri murakkabligi mahorat bilan
tasvirlangan. Unda birinchi o‘rinda inson tinchligini
buzuvchi urush tilga olingan, uning
qiyinchiliklari,
front orti azoblari, ochlik, sevgi va nafrat yuksak mahorat bilan ochib
berilgan. Ayniqsa, urush voqeligining har bir
ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngillarga
dilxiralik keltirishi asarning umumiy pafosini tashkil etadi. Romanda har bir obrazga alohida
e’tibor qaratilgan. Bu romanda inson umrining naqadar murakkabligini va taqdirning
ayanchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. O‘tkir Hoshimov roman
hodisalarini chuqur va
teran o‘rgangani uchun, o‘quvchiga har bir voqea tushunarli va aniq qilib yetkaziladi. 7
qism va 7 bobdan iborat ushbu asar katta-yu kichik ko‘ngliga birdek manzur keladi. Asarni
o‘qigan sari qayta-qayta o‘qiging keladi, har o‘qiganda yangi-yangi g‘oyalar tug‘iladi,
asardagi ochilmagan qirralar ochilaveradi.
Romanning asosiy voqealari Oqsoqol, Qora Amma, Shomurod, Ra‘no, Kimsan, Robiya,
Umar zakunchi, Olimjon singari qahramonlar orqali yoritilgan.
“…Bu kitobdagi ko’p odamlarni o‘zim ko‘rganman, ko‘plari bilan gaplashganman.
Ba’zilarining o‘zi bilan, ba’zilarining… ruhi bilan... Ba’zilari nimani gapirgan bo‘lsa, shuni
qog‘ozga tushirdim. Ba’zilari nima gapirganini emas, nimani o‘ylayotganini yozishga
majbur bo‘ldim”,-deydi adib O‘tkir
Hoshimov.