________________ tumani (shahar) maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona (yoki ota ona o’rnini bosuvchi) o’rtasida tuziladigan
SHARTNOMA _____-son “ ____”___________ 20___ y. _____________ tumani
________________ tumani (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi ____-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari ___________________________ bir tarafdan va ___________________ (bolaning tug’ilgan yili va F.I.O.) ning
(bundan buyon matnda tarbiyalanuvchi deb yuritiladi) otasi (onasi) _______________________________ (bolaning otasi, onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.) (bundan buyon matnda ota-ona deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan, birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:
Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini tahminlagan holda unga sifatli ta’lim-tarbiya berish, sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, ota-ona esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun badal to’lovni o’z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar tahminoti uchun to’lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa byudjet mablag’lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan tahminlashni hamda tashkilotning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yo’naltiriladi.
Bunda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo’naltiriladigan mablag’lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to’lovidan tushgan mablag’larning 5 foizidan oshmasligi lozim.