IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
V. SHARTNOMANI O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH Taraflar shartnomani o’zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
Mazkur shartnomani o’zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu haqda qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
SHartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o’zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo’l qo’yiladi.
Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidanimzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo’shimcha va o’zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Ushbu shartnoma bo’yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko’ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko’radilar.
Taraflar o’rtasida o’zaro hal qilinmagan nizolar qonunchilikda o’rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi.
Mazkur shartnomada ko’zda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.
VII. FORS-MAJOR HOLATLARI Taraflar shartnomani fors-major holatlari, yahni yengib bo’lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo’lmaydilar.
Sodir bo’lgan fors-major holatlari to’g’risida taraflar bir-birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik bilan yozma yoki og’zaki tartibda xabardor qilishi shart.
Mazkur shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo’lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.