Toshkent Moliya Instituti Iqtisodiyot fakultetida bo’lib o’tgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami tadbiri
BAYONNOMASI
2022-yil 7-mart Toshkent shahri
Joriy yilning 7-mart kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent moliya institutida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda institut rahbariyati, ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirning ochilish qismida institut rektori T.Teshabayev institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Tadbirda mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni, mavqei oshib borayotganligiga alohida urg‘u berildi.
Fakultetimiz talabalari Mirzayev Otabek va Eshqobilov Shodmonlar boshchiligida fakultetimiz kirishida bezatilgan maxsus joyida fakultetimizda tehsil olayotgan talaba qizlarga esdalik rasmlariga tushurtirildi va bir guruh talabalar tomonidan gullar taqdim etildi.
Bayramdan foto-lavhalar:
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani Safarov G‘.
“Iqtisodiyot” fakulteti
Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan muovini Bozorov Z.
--
Dostları ilə paylaş: |