Mundarija: Kirish.........................................................................................................................3
1.Psixologik konsultatsiya va uning yuzaga kelishi.................................................5
2.Konsultativ ta’sir texnologiyalari.........................................................................13
3.Psixologik konsultatsiya tamoyillari....................................................................17
Xulosa......................................................................................................................38
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..........................................................................41
KIRISH "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari, davlatimizning bu borada amalga oshirayotgan siyosati zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimining tashkil qilishga yo’naltirilgan, Respublikamizdagi uzluksiz ta'lim tizimi strategiyasi, taraqqiyoti, xalqimizning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlari, madaniyat, iqtisod, fan- texnika va texnologiyalarda erishilgan yutuqlari negizida barcha davlat tuzilmalari va jamiyat tashkilotlari oldiga oliy pedagogik maktablar shuningdek, psixologiya fanlarining ham pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi va ta'lim islohatlarini hayotga tadbiq etishni jonlantiruvchi asosiy vazifalarini belgilab bergan. Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Albatta buning uchun insonlar psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik o’zgarishlarni anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o’z navbatida psixologik bilimlarga bo’lgan ehtiyojni ortib borishini ko’rishimiz mumkin. Chunki insonlar haqidagi bilmlarni qo’lga kiritish uchun avvalo psixologik bilimlardan xabardor bo’lishi lozim. Shu bois yozilgan darslik shaxs psixologiyasiga doir dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarni tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. Inson psixologiyasini bilish asosida shaxsni shakllantirishga, uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.Bu jarayonda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" o’ziga xos uzluksiz ta'limning o’zbek modeli sifatida keng imkoniyatlar yaratmoqda.Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan asos solingan mazkur modelning diqqat markazida eng avvalo shaxsni shakllantirish va uni barcha ta'lim islohotlarning sub'ekt sifatidagi faoliyati yotadi. Zero, mazkur dasturning hayotga tadbiq etilishining natijasi - bu har jihatdan intellektual salohiyatga, ishlab chiqarish malakasiga va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo’lgan shaxsdir.Bu ulkan vazifani yechish inson omili bilan bog’liq bo’lib, bunda psixologiya fanlarining alohida o’rni, salohiyati hamda ma'suliyati yaqqol sezilib turadi.Ayniqsa respublika mustaqillikka erishgandan so’ng psixologiya fanlariga e'tiborning kuchayishi bu boradagi ishlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo„lib, ajdodlarimiz ma‟rifat va madaniyatni yosh avlodga o„rgatish, ularni komillikka yetaklash yo„llari aniqlash maqsadi izlanishlar olib borilgan. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko„lami kengayib borishi uning mas‟uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Mamlakatdagi iqtisodiy-iijtimoiy islohotlarning samarali bo„lishini taminlash, ishlab-chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha bo„g„inlarida inson omilidan samarali foydalanish, har bir ijtimoiy shaxs imkoniyatlarini to„la-to„kis yuzaga chiqarish masalasi O’zbekiston psixologlari oldiga umumiy psixologiya bilan bog„liq bir qancha vazifalarni amalga oshirishda mas‟uliyatni yuklaydi. Inson tom ma‟noda ijtimoiy mavjudot bo„lganligi bois uning shakllanishi va shaxs sifatida taraqqiyoti eng avvalo unga ta‟sir etuvchi obyektiv va subyektiv olamning o„ziga xos imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu imkoniyatlar tizimini o„rganish va tadqiq qilish bugungi psixologlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo„lib qolmoqda. Ushbu o‟quv qo‟llanmada umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari, bilish jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy tahlillar keltirilgan. Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Albatta buning uchun insonlar psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik o„zgarishlarni anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o„z navbatida psixologik bilimlarga bo„lgan yehtiyojni ortib borishini ko„rishimiz mumkin. Chunki insonlar haqidagi bilmlarni qo„lga kiritish uchun avvalo psixologik bilimlardan xabardor bo„lishi lozim. O‟quv qo‟llanma dastur tarkibiga kiruvchi mavzular “Umumiy psixologiya” fanini to„liq va batafsil ochib beruvchi tushunchalar, ko„nikmalar hamda ilmiy mushohadalarni o„z ichiga oladi. Mazkur o‟quv qo‟llanma hozirgi zamon psixologiyasining eng yangi yutuqlari, ilmiy mushohadalariga tayanuvchi nazariy va amaliy bilimlar, tamoyillar asosida yaratilgan.