Abdulla avloniyning pedagogik faoliyati yangi maktablar o'quv jarayonlari dars uslubini tashkil etishdagi faoliyati reja



Yüklə 30,77 Kb.
səhifə1/2
tarix03.12.2023
ölçüsü30,77 Kb.
#172146
  1   2
ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK FAOLIYATI YANGI MAKTABLAR O


ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK FAOLIYATI YANGI MAKTABLAR O'QUV JARAYONLARI DARS USLUBINI TASHKIL ETISHDAGI FAOLIYATI
Reja:

  1. Abdulla Avloniyning ilk maktab darsliklarida pedagogik qarashlar

  2. A.Avloniyning hayoti va ijodiy yo’li.

  3. A.Avloniy tashkil etgan maktablar va darsliklar.

  4. «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida komil inson tarbiyasiga oid fikrlari.



Foydalanilgan adabiyotlar
Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan buyuk ijtimoiy ishdir, u shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan bog'liq. Avloniy so'zlari bilan aytganda «... tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur».
Abdulla Avloniy inson tarbisini bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan uch yo'nalishga bo'ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uuchn avvalo badan salomat bo'lmog'i zarurdir, badan soq bo'lgandagina inson uchun zarur bo'lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun ichkilik, ko'knor, nasha kabi inson badanini bevaqt zalolatga, tubanlikka olib boruvchi, salomatlikka zarar, «ba'zi harom, ba'zi makruh» narsalardan asrashi kerak. Bu esa Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko'tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas'uliyat o'qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o'quvchilarni fikrlashga, hari qanday voqea hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o'rgatadi. Bu o'rinda Abdulla Avldoniy ta'lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo'lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o'rinda o'kituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o'quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o'quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo'lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo'lishga o'rgatadi.
Abdulla Avloniy asarining "Yaxshi xulqlar" bobida fatonat, diyonat, islomiyat, nazorat, g'ayrat, riyozat, qanoat shijoat, ilm, sabri hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rijo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, afv haqida atroflicha fikr yuritadi, o'z qarashlarini dalillash uchun Qur'oni karim oyatlaridan, hadisi sharifdan namunalar, ulug' mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa'diy, Mirzo Bedil fikrlarini keltiradi. Jadidchilik harakati namoyandalari qarbiy Yevropa ma'rifatparvarlari kabi ilm-ma'rifatni, zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko'tardilar, taraqqiyotga to'g'anoq bo'layotgan mutaassib ulamolarga, qadimchilarga qarash keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o'zbek ma'rifatparvarlarining Yevropa ma'rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki, ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g'oyasi yotar edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma'qul emas edilar.
Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug'lanishi bevosita insonni ulug'lash bilan uzviy bog'lanadi. Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug' qilib yaratdi. Unga ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm-ma'rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana Abdulla Avloniyning aqlga bergan ta'rifi: "Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur... Janobi haq insonni hayvondan so'z va aql ila ayirlishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollahu alayhi vassalam afandimiz: "Ey insonlar!
Aqlingizga tavoze' qilingiz. Siz janobi haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz", demishlar"
Abdulla Avloniy inson salomatligi to'g'risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri tozalika haqida alohida bob ajratadi. "Nazofati» deb nomlanuvchi bobida odamni xalq o'rtasida hatto Olloh qoshida sevimli qiladigan vosita pokizalik - nazofatdir. Inson nafaqat o'z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan birga, yashab turgan joyini, muhitni, shahrini pokiza saqlashi kerak. Atrof-muhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo'lishiga sababdir.
Afsus bilan aytish kerakki, Avloniy yashab turgan va undan keyin ham mustamlaka ma'murlari o'lkaning obodonchiligi va aholisinnig salomatligini hayollariga ham keltirmadilar, faqat shaharlarning mustamlakachilari yashaydigan qismigagina e'tibor berdilar. 1907-yilnnig oxirlarida Turkiston o'lkasiga sayohat qilgan atoqli tatar ma'rifatparvari, yozuvchisi Abdurashid qozi Ibrohimov (kelib chiqishi o'zbek) chor Rusiyasining Turkiston o'lkasida olib borayotgan dahshatli mustamlakachilik siyosatini fosh etgan edi: «Rus Toshkandida qoyat tartibli bino va savdo uylari, tekis uylar, elektr nurlarida sayr qilib yurishlar Ovruponing bir namunasidir. Ammo musulmon Toshkendi aksincha. Ilk bahorda, bahor oxirida shahar ichida uylardan piyoda yurib o'tishning ham iloji bo'lmay qoladi. Buni hatto so'z bilan ham ta'riflab bo'lmaydi... holbuki, shahar bir shahardir, Toshkanddir, idorasi, kirim-chiqimi bir, umum aholisinnig asosiy qismi musulmonlardir. Daromad asosan musulmon qismidan olinur, sarf-harajatlar faqat xristian qismiga ajratilur. hokimiyat qudrati ruslarda, mamlakat daromadi ham ruslarda. Rus qismlaridagi yo'llarga umum daromaddan pul ajratiladi, ammo musulmon qismdagilarning yo'llari nima bo'lsa bo'lsin, bir so'm ham ajratilmaydi: na bir tekis yo'l, na bir chiroq bor, hech vaqo yo'q». Jahllik, qotillik, tanballik ilmsizlikdandir. Ilm insoniyat baxt-saodati, istiqboli yo'lini yoritib turuvchi mash'aldir. Ilm bilan inson martabasi yuksaladi, nomi-nishoni ulug'lanadi, o'zi izzat-hurmatga sazovar bo'ladi. Abdulla Avloniyning ulug' zamondoshlaridan Ahmad Donish «Fiqh va faroyiz, hisob va sijil tib, nujum, shoirlik, muallimlik madaniyat uchun eng foydali bo'lib, shu bilan ilmning o'sishiga yo'l ochadi. Biroq bulardan asl maqsad xalqqa foyda keltirishdan iborat bo'lishi lozim. Butun hunarlarning a'losi ilmdir, uning pog'onalari cheksizdir», - deb yozadi «Navodirul-voqoye» asarida. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarida ushbu masalaga «Ilm» va «Aqsomi ilm» boblarini ajratgan. Aql ilm tajriba bilan kamol topadi. Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga noil etuvchi uluq ne'matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Uning eng yaqinlarigagina emas hatto o'ziga ham foydasi tegmas. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi faniyga ajratadi. Ammo u bu ismlar o'rtasiga to'siq qo'ymaydi, aksincha, diniy kishi bo'lish uchun ham hisob, handasa, tarix, hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fanniy ilmlarni o'rganish zarurligini ta'kidlaydi.
Payg'ambarimiz: "Olim bo'l, ilm talab qiluvchi bo'l, yoki ilmni eshituvchi bo'l, hech bo'lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo'l, beshinchisi bo'lma, halok bo'lursan", - demadilarmu?" Bundan ham kattaroq to'siq mustamlakachi ma'murlar bo'lib, o'lkada har qanday ijobiy yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o'zgarishlarga, "usuli jadid" maktablarining xalq ma'naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko'rsatar, ularga qarshi kurashda mutaassib ulamolardan ustamonlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari, oliy o'quv yurtlari ochish, millatni ilm-ma'rifat kuridan bahramand qilishni mustamlaka ma'murlari xayollariga ham keltirmas edilar. Ozgina bo'lsa-da, rus tili va aniq fanlardan ibtidoiy tushunchaga ega bo'lish uchun esa rus-tuzem maktablaridagina o'qish mumkin edi, ammo bu maktablarning asl mohiyati, maqsadi ma'lum edi. 1907-yilda Turkiston o'lkasiga sayohat qilgan Abdurashid qozi Ibrahimov bu masalaga alohida e'tibor beradi.
Abdulla Avloniy mana shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom, vijdon kabi insoniy fazilatlari haqida chuqur ma'noli fikrlari bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e'tiborliroq. Vatan Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu necha-necha adabiyot va san'at ahllari e'tiborini o'ziga jalb qilgan. E'tibor bering, 1970-yillar boshida Erkin Vohidov
"O'zbegim", Abdulla Oripovnnig "O'zbekiston" qasidalari o'zbek xalqi orasida shunchalari aks sado berdiki, hatto sho'ro mafkurachilarini talvasaga solib qo'ydi. O'zbekiston bo'ylab birorta to'yu tomosha yo'qki, bu ikki she'r to'lib-toshib o'qilmasa yoki qo'shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyg'ularini shunchalar junbushga soldi bu ikki she'r?! Ongimizga 100 yildan ortiq o'zga millatning o'zga vatanning «buyuk»ligini singdirib keldilar. Xalqimiz o'z millati va o'z Vatani haqida iliq bir so'zga intiq edi.
XIX asrnnig 90-yillari oxirlarida rus-tuzem maktablarida o'qiydigan mahalliy millat bolalari uchun S.M.Gromeniskiynnig uch kitobdan iborat «Kniga dlya chteniya» («O'qish kitobi») asari darslik sifatida nashrdan chiqarildi. N.Ilminskiy qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini ulug'lovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta'rif-tavsif etuvchi o'nlab nazmiy va nasriy matnlar berilgan edi. Bu darslikning shovinistik maqsadini jadid pedagoglari tushunib yetgan va millat farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratgan edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy, badiiy asarlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak» degan bob bor. Unda yosh qalblarda o'z Vatani Turkistonga nisbatan muhabbat tuyg'ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor: Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o'lsa ravon, Banga na qam, qolur avlodima o'z Vatanim. G'ubora do'nsa qamim yo'q vujud zeri vahm, Choraki, o'z Vatanim xokidur go'ru kafanim. Tuqib o'san yerim ushbu Vatan vujudim xok, O'lursa aslina roje' bo'lurmi man g'amnok.
Ushbu asar yozilgan davrni - Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojei ahvolga tushgan, kelgindilar oyoqi ostida toptalgan davrini to'la his qilib, «Vatanni suymak» bobi o'qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan qoya asar qatlariga singdirib yuborganligini sezish qiyin emas. Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin.
emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to'la-to'kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud.

Abdulla Avloniy ona Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo'ladi. "Turkiy guliston yoxud axloq" asaridan bir kichik bob "Hifzi lison" ("Tilni muhofaza qilish") deb ataladi. Hamma vaqt, hamma jamiyatda millatning mavjudligini, e'tiborini belgilovchi ko'zgusi uning tili va adabiyotidir. Ulug' san'atkor shoir Abdulhamid Cho'lpon "Adabiyot o'lsa, millat o'lur" deb yozdi. "Adabiyot nadur?" maqolasida. har bir inson, birinchi navbatda, o'z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun kurashishi kerak. Asar muallifi o'rinsiz o'zga til so'zlarini qo'shib, aralash-quralash ishlatishga keskin qarshi chiqadi va buni madaniyatsizlikning yaqqol ko'rinishi deb biladi. Abdulla Avloniynnig ona tiliga bunday qarashlari hozirgi kunimizda ham har gapiga, albatta, 2-3 o'rischa so'zni qo'shib gapiruvchi yoki o'ris tilini durustroq bilmasa-da, o'rischa gapirishni madaniyat belgisi deb, biluvchi ba'zi bir yoshlarimizga nafaqat yoshlarimizga taalluqlidir: "Har bir millatnnig dunyoda borlig'in ko'rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin kundan-kun unutmak va yo'qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulagani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz bo'lg'on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi kerakli narsadur. Lekin o'z yerinda ishlatmak va so'zlamak lozimdur. Zig'ir yog'i solib, moshkichiri kabi qilub aralash-quralash qilmak tilnig ruhini buzadur"


Abdulla Avloniy tomonidan ushbu bobning yaratilishi kuchli hayotiy ehtiyoj, ma'naviy zarurat samarasidir. Jadidlar milliy ta'limn ing zamini sifatida ona tili o'qitish masalasiga e'tiborni kuchaytirdilar, chunki milliy ruh, milliy ma'naviyatni "sut bilan kirgan..." deganlaridek, faqat ona tili orqaligina singdirish mumkin. Bu - jadid mutafakkirlari pedagogik qarashlarining tub mag'zini tashkil qiladi. Mahalliy millat bolalari uchun maxsus ochilgan davlat tasarrufidagi rus- tuzem maktablarida ona tili, uning adabiyoti, dini va tarixini o'qitish masalasiga maxsus e'tibor berilmadi. O'z tili, dini, madaniyati, tarixidan xabarsiz kichik ma'murlar toifasini tarbiyalab yetishtirish ruslashtirish siyosatining birinchi va hal qiluvchi bosqichi edi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar rahnamoligida ochilgan va xalq o'rtasida katta e'tibor qozongan jadid maktablari mohiyat e'tiboriga ko'ra rus-tuzem maktablariga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniynnig ona tiliga nisbatan buyuk muhabbat bilan aytgan so'zlari to'g'ridan-to'g'ri o'sib kelayotgan yosh (hatto hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi: Ey ona til, aziz qadrdonim, Iltifoti ruhim, rahmonim. Tug'dig'im kundan aylading ulfat, O'lgunimcha ayilma, ey jonim. Menga ilmu adab san o'rgatding, Chin adib, muallim ilonim. Millatning ruhini ko'targuchisan, Ey muqaddas karamli sultonim.
O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish hamma vaqt ta'lim-tarbiya tizimining birlamchi va asosiy vazifasi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida "Turkiy guliston..." asarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) san'atini egallashga alohida e'tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o'quvchi ona tilida o'z fikrini aniq, ta'sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Buning uchun esa o'quvchi ona tilining nozik, go'zal jihatlarini puxta egallagan bo'lishi kerak: "Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy oqiz orasidagi tilni (og'zaki nutqni U. D.) ham saqlamak lozimdur" - deydi.
Taniqli ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan, o’z asarlarida o’zbek xalqining eng yaxshi arianalarini, ta'lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalalarni aks ettirgan pedagog, olimdir.
Abdulla Avloniy 1878-yil 12 iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand-to’quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo’lganlar. Abdulla eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasaga o’qishga kiradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa vaqtlarda o’qir edi. o’ta iqtidorli bo’lgan Abdulla 15 yoshida she'rlar yoza boshladi. Avbdulla Avloniy
1907-yili «Shuhrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo’yadi. Abdulla Avloniy keyinroq «Sadoyi Turkiston» (1914-1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» gazetalarida,«Kasabachilikharakati» (1921) jurnalida ishlaydi. Shundan so’ng, u o’zbek matbuotning zabardast vakili, o’zbek matbuotning asoschilaridan biri sifatida taniladi.
XX asr boshlarida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida, pedagogik fikr rivojida Abdulla Avloniy alohida o’rin egalladi.
Abdulla Avloniy o’zbek xalqning san'ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yolga qo’yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli pedagogdir.
Abdulla Avloniy O’zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo’lib, o’zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913-yili «Turon» nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun katta to’siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati xalq ijtimoiy ongining uyg’onishiga yordam ko’rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy raunosabat bo’lgan bir paytda Avloniyning truppa tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi piesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma'rifati yo’lidagi zo’r jasorati edi. Teatrshunos Mamajon Rahraonov Av-loniyning teatrchilik faoliyati haqida shunday yozadi:
«Avloniy truppa uchun «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Ikki muhabbat», «Portug’oliya inqilobi» kabi dramalar yozdi, «Qotili Karima», «Uy tarbiyasining bir shakli», «Xiyonatkor oilasi», «Badbaxt kelin», «Jaholat», «O'liklar» kabi sahna asarlarini tatarcha va ozarboyjonchadan tarjima qiladi». Ammo bu asarlar nashr qilinmadi.
1916-yili ozarboyjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, «Turon» truppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini qo’yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a'zolari bilan Avloniy 1914-1916yillari Farg’ona vodiysida gastrollarda bo’ladi.
Abdulla Avloniy 1917-yil to’ntarishiga qadar Turkistondajuda katta ijtimoiyma'rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan edi. U ilg’or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag’larga dunyoviy ilmlarni o’qitadigan «usuli jadid», ya'ni yangicha ilg’or usuldagi maktablar ochdi va bu maktablarda xalq bolalarini o’qitdi. Marifatparvarlar o’z millatlaridan etuk olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari etishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yolda fidoyilik ko’rsatdilar.
Abdulla Avloniy 1907-yili Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o’quv jihozlarini o’zgartirdi, o’z qo’li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag’al kishilarning bolalari bolganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta'minlash maqsadida, do’stlarining ko’magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o’zi raislik qiladi.
«Nashriyot» shirkati tuzib, Hadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do’konini ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazi-falariga ko’ra mashg’ulotlarni sinf-dars usuli asosida o’z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o’z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma'lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning ilk o’quvchilardan biri, Toshkent davlat universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tobiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:
«Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temiryo'1 ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug’i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o’qishyozishni o’rgatarmish, jo’g’rofiya, hisob, tabiatni o’rganish degan darslar o’qitilarmish», - degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uch-to’rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nimqorong’u bolib, masjid yo’lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug’lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg’ir ham tushib turardi. Lekin xonada o’quvchilar va domlaning shogirdlari ko’p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho’qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. o’qishga qabul qilindik. Ko’p o’tmay ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsalar ham miro-bodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o’qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo’shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa, bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
Abdulla Avloniy «usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud Milliy she'rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy Guliston yoxud Axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Mak-tab gulistoni» (1917) kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publisistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug’lab, o’z xalqini ilmli, madaniyatli bolishga chaqiradi.
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o’ziga xos o’ringa ega. «Birinchi muallim» 1917-yil to’ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda, Saidrasul Aziziyning «Ustozi awal»iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi). Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobni, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atasak xato bolmas.
Kitob maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi:

Yüklə 30,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin