evgi yoki muhabbat — biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi.
Ijtimoiy fikrlar tarixida M.ga turlicha maʼno berilgan. Yunonistonda M.ni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada M. xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl M. olamni — insonlar va tabiat hodisalarini uyushtirib, birlashtirib turuvchi omil deb qaragan, Platon M.ni 2 turga — hissiy M. va aqliy M.ga ajratadi. Uning fikricha, hissiy M. tashqi goʻzallikni his qilishdan hosil boʻladi va M.ning quyi bosqichini tashkil etadi. Aqliy M. esa goʻzallikni keng maʼ-noda — axloqiy-estetik, ilmiy tushunishdan paydo boʻladi. U akliy (maʼnaviy) M.ni ustun qoʻyadi.
Oʻrta Osiyo mutafakkirlari ham M. masalasiga katta eʼtibor berganlar. Ular insonlar orasidagi, jumladan, erkak va ayol orasidagi M.ni yuksak munosabat deb tushunishgan. Ibn Sino M. haqida maxsus ilmiy asar yozgani maʼlum. Yusuf Xos Hojib nazarida, M. mustahkam oilaviy turmush, ijtimoiy takomilning zaminidir. Lutfiy fikricha, M. insonni qadrlash, sadoqat va vafodorlik bilan chambarchas bogʻliq.. Alisher Navoiy M.ni 3 turga: erkak bilan ayol nikohida amalga oshadigan jinsiy M.ga, umuman insonlar oʻrtasidagi munosabatlarda namoyon boʻladigan M.ga, Allohga boʻlgan M.ga ajratadi. Yevropada M. muhim ijtimoiy hissiyot sifatida tabiatni oʻrganishga, shaxsning garmonik takomiliga xizmat qiluvchi kuch sifatida talqin qilindi. 3. Freyd M.ni fiziologik instinkt deb billi va ota-onalik, farzandlik mehri ham shu instinktning ayrim koʻrinishi deb hisobladi.
Sevgi, mehr, sadoqat darajasidagi M. odamlar va hayvonlarning genetik dasturida mavjud boʻlgan biologik hodisa sifatida oʻzidan avlod qoldirish, uni hayotga tayyorlashga qaratilgan kuchli his-tuygʻuning namoyon boʻlishidir. Bu, hayvonda ham, odamda ham oʻz zoʻrriyotini saqlab qolishga qaratilgan ehtirosli ehtiyojlarni jinsiy munosabatlar shaklida yuzaga chiqaradi. M. faqat 2 jinsning birlashishiga boʻlgan kuchli ehtirosdan iborat boʻlibgina qolmay, ayni chogʻda u odamning ota-onasi, qarindosh-urugʻlari, yaqin kishilari, doʻstlari, qoʻni-qoʻshnilari, oʻquv va mehnat jamoalari, oʻz xalqi va Vatani hamda umuman bashariyat bilan ruhan yaqinlashishning kuchli vositasi hamdir. M. tufayli individ goʻzal feʼl-avtorni, xulqni oʻzida gavdalantirib, muayyan jamoa va jamiyat oldida yuksak qadr topadi, boshqalarda oʻziga nisbatan samimiy mehr-oqibatni uygʻota oladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasida M. olam va odam munosabatlarini anglash jarayenining boshlanishi va shart-sharoiti ham hisoblanadi. Odam olamni, oʻzini kur-shagan tabiiy va ijtimoiy muhitni ularga boʻlgan M.i darajasida anglaydi. M. odamlar va narsalar mohiyatini bilib olish uchun aqlga yoʻl ochadi, qorongʻu dunyoni yorugʻ etadi, ezgulikni yovuzlikdan, rostni yolgʻondan farqlash mezoni sifatida ham namoyon boʻladi. M. odamlarni, turli jamoalarni, xalqlarni, millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. M. bor joyda murakkab muammolar ham osonlikcha hal boʻladi, hatto urushlarga, janjallarga oʻrin qolmaydi. Shuning uchun ham bir guruh faylasuflar insoniyat tarixida M. dinini yaratish orqali xalqlarni, odamlarni birlashtirish, hamkorhamna-fas qilish mumkin, degan gʻoyani ham ishlab chiqqanlar.
Fantexnika inqilobi shitob bilan davom etayotgan, insonga iroda va individual erk berish orqali ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish va binobarin, eng qulay turmush sharoitini vujudga keltirish mumkinligi ayon boʻlgan hozirgi davrda anʼanaviy turmush tarzi izdan chiqib, yangi zamonga monand keladigan hayot tarzi hali shakllanib ulgurganicha yoʻq. Bunday sharo-itda odamlardagi M. his-tuygʻulari siyqalashib, dagʻallashib borayotgani, yakka nikohlikka asoslangan oilalarning qadrsizlanishi (ayniqsa, Gʻarbda) natijasida chinakam M.ga putur yetayotgani ham kuzatilmoqd