Kitob tuman tmfmtte bo`limi



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2022
ölçüsü281,5 Kb.
#58650
  1   2   3
Talab-va-taklif-qonunlariga-doir-amaliy-mashg’ulot








Kitob tuman TMFMTTE bo`limi



Manzil

Qashqadaryo vilotati Kitob tumani
3-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Ishtirokchi

Usmonov Jasurjon Islom o’g’li

Lavozimi

Mutaxassis –toifali iqtisodiy bilim asoslari fani o’qituvchisi

Fan nomi

Iqtisodiy bilim asoslari

Sinf

8-sinf

Dars ishlanma nomi

Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg’ulot

O’quvchi soni

28

Pochna manzili

Jasurjon_U1984@inbox.uz

2015-2016 o’quv yili
Mavzu: Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg’ulot
I.Darsning maqsadi:
a) Ta`limiy maqsad:
O’quvchilarga talab va taklif haqida ma’lumot berish, talab va taklifga doir atamalarni bilish, talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg’ulotlar o’tkazish, bilim, ko’nikma va malakasini rivojlantirish.
b) Tarbiyaviy maqsad:
Darsni hayotga bog`lab tashkil etish va o’quvchilarning ona-vatanga bo’lgan sadoqatlarini yanada shakllantirish.
v) Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O’quvchilarni darslikdan tashqari talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg’ulot masalalarni yechishda yordamchi adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan ishlash.
II.Darsning uslubi:
Savol – javob, munozara, suhbat, amaliy mashq, interfaol usullar va eng asosiysi muammoli vaziyatlar yaratish.
III.Darsning jihozi:
1. Darslik, tarqatma materiallar.
2. Koordinata tekisligi tasvirlangan ko’rgazma.
3.Internet resurslar.
IV. Darsning tafsiloti va texnologik xarita.




Darsning bosqichlari.

Qisqacha tasnif

Qo’llaniladigan usullar

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

1. Salomlashish.
2. Davomatni tekshirish.
3. Navbatchi hisoboti.
4. Ma’naviyat daqiqasi:

Muloqot
suhbat

2 minut

2

O’tilgan mavzu va uy vazifasi tahlili

1.Uy vazifasini tekshirish.
2.Tarqatma materiallar
3. Test yechish.

Musobaqa

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg’ulot

Ma’ruza, taqdimot

15 minut

4

Mavzuni mustahkamlash

1.Mavzuga oid masalalar o’quvchilarga beriladi.

Guruhlar aro musobaqa.

15 minut

5

O’quvchilarni baholash

“5” balli tizim asosida rag’batlantirish

Noan’anaviy rag’batlantirish

2minut

6

Darsni yakunlash, uy vazifasini berish

O’qituvchining xulosasi.
Uyga vazifa. (101 bet 4-masala)

Darslik

1minut

V.Darsning borishi:


O`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
1. Barcha o’quvchilardan uyga berilgan vazifasini qay darajada bajarganliklari ko’zdan kechirib chiqiladi.
2) O`quvchilarga tarqatma savollari va test topshiriqlari beriladi. Har bir o’quvchi tomonidan savollarga javob beradi
Tarqatma savollari:

1.Talab miqdori
2.O’zaro bog’liq tovarlar
3.Talabga ta’sir etuvchi narxga bog’liq bo’lmagan omillar
4.Taklif qonuni
5.Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar
6.To’yingan bozor
7)Talab nima
8)Bir-birining o’rnini bosuvchi tovarlar
9)Normal tovarlar
10)Taklif miqdori
11)Taqchil bozor
12)Muvozanat miqdor

13)Talab qonuni
14)Bir-birini to’ldiruvchi tovarlar
15) Past tabaqali tovarlar
16) Taklif nima
17) Qat’iy narxlar
18) Tovarning bozor (muvozanat) narxi

Test savollari:


1. Taklif miqdori — bu muayyan vaqt davomida ...
A xaridorlarning ma’lum narxda sotib olishlari mumkin bo’lgan tovar miqdori.
B. sotuvchilarning ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan tovar miqdori.
D. sotuvchilarning ma’lum narxda sotishlari mumkin bo’lgan tovar miqdori.
E.sotuvchilar tomonidan bozorga keltirilgan jami tovar miqdori.
2. Tovar narxi oshganda ...
A. talab oshadi. B. talab miqdori o’zgarmaydi.
D. talab kamayadi. E. talab miqdori kamayadi.
3. Tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’la- digan resurslar narxi o’zgarganda, ...
A. taklif miqdori o’zgaradi. B. talab miqdori o’zgaradi.
D. tovarga bo’lgan talab o’zgaradi. E. tovar taklifi o’zgaradi.
4. Quyidagi guruhlarning qaysi birida ishlab chiqarish resurslarining har uchalasidan misollar keltirilgan?
A. Dala, traktor, paxta. B. Ofis, menejer, boshliq.
D. Neft, zavod, ishchi. E. Kompyuter, dasturchi, printer.
5. Tovarga bo’lgan talab va taklif quyidagi jadval ko’rinishida berilgan. Tovarning muvozanat narxi (so’m), miqdori (dona) va sotuv hajmini aniqlang.
Tovar narxi 400 800 1200 1600
Talab miqdori 15 10 5 0
Taklif miqdori 8 10 14 20
A. 400 so’m, 10 dona, 4000 so’m. B. 800 so’m, 10 dona, 4000 so’m.
D. 800 so’m, 10 dona, 8000 so’m. E. 1200 so’m, 10 dona, 8000 so’m.
6. Tovarning narxi bu ...
A. sotuvchining tovar uchun olmoqchi bo’lgan pul miqdori.
B. xaridorning tovar uchun to’lamoqchi bo’lgan pul miqdori.
D. tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan jami xarajat miqdori.
E. sotuvchi tovarni sotishga va xaridor esa tovar uchun to’lashga rozi bo’lgan pul miqdori.
7. Tovarga bo’lgan talab miqdori uning taklif miqdoridan ko’p bo’lsa, bozorda ...
A. tovar sotilmasdan to’planib qoladi. B. tovar taqchilligi yuzaga keladi.
D. muvozanat vujudga keladi. E. sotuvchilar o’rtasida raqobat yuzaga keladi.
8. Taklif ba’zida …. chiziqli funksiya ko’rinishida ham berilishi mumkin.
9. Talab ba’zida …. chiziqli funksiya ko’rinishida ham berilishi mumkin.
10. Tovar narxi oshganda, ...
VI. Yangi mavzu bayoni.
1. Muvozanat narxni talab va taklif jadvali orqali aniqlash. Aytaylik, tovarning bozordagi talab va taklifi quyidagi bitta jadval orqali berilgan bo’lsin:

Tovar narxi (p) so’mda

Tovarga bo’lgan talab miqdori (qd), donada

Tovarning taklifi miqdori (qs), donada

1200

0

8

900

2

6


Yüklə 281,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin