Reja:
1.Oʻzbekistonda turizmni rivojlanishi.
2.Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni.
3.O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi qonunlari.
4.Xalqaro turizmni rivojlantirish.
Maʼlumki turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotiga eng tez daromad keltiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, shu boisdan ham hozirda koʻplab mamlakatlar milliy iqtisodiyoti tarkibida turizmdan keladigan daromadlarni oshirishga harakat qilmoqda.Bugungi kunda turizmning dunyo iqtisodiyotidagi o'rni mustahkamlanib, muhim makroiqtisodiy tarmoqlardan biri sifatida jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda hududlarning turistik imkoniyatlarni aniqlash va turizmning o'ziga xos turlarini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga qo'llash turizmning muhim sohaligini ifodalaydi.
O'zbekiston o'z mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon tajribasidan keng foydalanmoqda. Bu o'rinda turizm sohasini rivojlantirishga davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 1995-yil 2-iyunda chiqargan «Buyuk ipak yo'lini qayta tiklashda O'zbekiston Respublikasini ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni rivojlantirish» to'g'risidagi Farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda dastlabki qadamlardan biri bo'ldi.

Oʻzbekistonning eng muhim tarixiy va turistik shaharlari dunyoning qadimgi madaniyat, ma'naviyat va svilizatsiya markazlari sifatida jahon sayyohlarini o'ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda turistik marshrutlarning ko'plab yo'nalishlari mavjud bo'lib, ularga
sayyohlarni qiziqtirish mintaqadagi turizm infratuzilmasini rivojlantirishni taqozo etadi. Respublikamizning barcha viloyatlarining o'ziga xos turistik imkoniyatlari mavjud bo'lib, ularni o'rganish, mintaqalardagi mavjud turistik ya'ni tarixiy,ma'daniy,arxeologik va boshqa ob'ektlarni iqtisodiy jihatdan baholash va aniq turistik marshrutlarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.