1. Oʻzbekistonda turizmni rivojlanishi. Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 107,76 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,76 Kb.
#167294
1   2   3   4   5   6
2 5323397953761589347

Mamlakatimizda 2017-yildan to 2019-yilga qadar turizm sohasidan olingan daromad - ushbu xizmatlar eksporti hajmi hamda ularning mamlakat YaIMdagi ulushi 2,5 barobar oshdi. 2019-yilda turizm xizmatlari eksporti umumiy hajmining YaIMga nisbati 2,3 foizni tashkil qildi. O'zbekistonda turizm sohasining so'nggi bir necha yil davomida jadal rivojlanishi, undan tushadigan daromadning umumiy hajmi bir necha milliard dollarga yetishi mumkin edi. Biroq, boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi, joriy yil boshida dunyo bo'ylab tarqala boshlagan koronavirus pandemiyasi ushbu rejalarni chetga surib qo'ydi. Jahondagi barcha mamlakatlar turizmida boshlangan inqiroz O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi


2019-yilda turistik xizmatlar eksporti hajmi 1,3-1,4 milliard dollarni tashkil qilgan edi. Bu Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra — $1,3 mlrd , Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra — $1,4 mlrd. 2020-yilning 1-yarim yilligida esa turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad jami 203,5 million AQSh dollariga yetdi. Ushbu daromadning 99,5 foizi ya'ni $202,4 mlnni 2020-yilning 1-choragiga to'g'ri keladi, 2-chorakda bu ko'rsatkich atigi 1,1 million dollarga teng bo'ldi.

2020-yilning yanvar-dekabr oylarida MDH davlatlaridan O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1420,3 ming kishidan iborat bo'lib, bu jami tashrif buyurganlarning 94,4 % ini tashkil etdi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 83,8 ming kishi ya'ni 5,6% turist tashrif buyurgan.

2020-yilning yanvar-dekabr oylarida MDH davlatlaridan O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1420,3 ming kishidan iborat bo'lib, bu jami tashrif buyurganlarning 94,4 % ini tashkil etdi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 83,8 ming kishi ya'ni 5,6% turist tashrif buyurgan.

So'nggi uch yilda mamlakatimizga keluvchi xorijlik sayyohlar soni 4 barobar oshdi. Shu uch yilda turizmni rivojlantirishga qaratilgan o'nlab hukumat hujjatlari qabul qilindi. Ular tarkibiga -Turizm to'g'risidagi yangi qonun, 2019 — 2025-yillarda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi, turizm sohasidagi biznesga turli imtiyoz va preferensiyalar berish, ushbu sohaga investitsiyalar jalb qilish va ularni rag'batlantirish, chet ellik investorlarga turli imtiyozlar taqdim etish kabi chora-tadbirlar kiradi.


2017-yil boshida fuqarolari O'zbekistonga vizasiz kiruvchi mamlakatlar soni 10 tadan oshmas edi. Oradan uch yil o'tib, ushbu ro'yxat deyarli 10 barobar kengaytirildi. Chet elliklarga 5 kungacha mamlakatda mehmon bo'lishga ruxsat beruvchi vizasiz tranzit rejimi joriy etildi. Chet el fuqarolarini hisobga va ro'yxatga olish tartibi ancha soddalashtirilib, elektron vizalarni rasmiylashtirish tartibi qabul qilindi.
Prezidentning 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-sonli farmoniga muvofiq, joriy yilning 14–15 avgust kunlari Shahrisabz shahrida «O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni» mavzusidagi Forum tashkil etiladi. Ushbu Forum ishida turizm sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy xodimlar va malakali o‘qituvchilar, madaniy meros va muzey sohasidagi tajribali mutaxassislar, turoperatorlar, gidlar hamda talabalar ishtirok etadi

Yüklə 107,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin