1. Oʻzbekistonda turizmni rivojlanishi. Turizmni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 107,76 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,76 Kb.
#167294
1   2   3   4   5   6
2 5323397953761589347

Bugungi kunda xalqaro turizmni rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar quyidagilardan iborat bo'lmoqda: turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislami chet ellarda bir yilda kamida bir marta malaka oshirishga jo'natish, o'qitish, ular uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, turistlarga sifatli xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish; respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o'tkaziladigan turistik xalqaro yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok etishini ta'minlash;

xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot almashishni yaxshilash, birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan qo'shma korxonalar tuzish va ula faoliyatini keng yo'lga qo'yish;


Globallashuv sharoitida O'zbekistonda xalqaro turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga kelganligi, turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuvi mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada Saudiya Arabistoning tajribasini umumlashtirish va xalqaro turizmni quyidagi 3 ta yo'nalishlarda rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatadi:

1. Turizm sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish.

1. Turizm sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish.

2. Aeroportlarda, temiryo'l vokzallarida, avtobus stansiyalarida xalqaro terminallar qurish, ularni ta'mirlash va kengaytirish, shuningdek, barcha turistlarni qabul qilish markazlarida zamonaviy kommunikatsiya tizimlarini barpo etish.

3. Respublikamizning tabiiy, iqtisodiy va tarixiy salohiyatidan kelib chiqqan holda turizmning turli shakllari — ekskursiya va o'rganish turizmi, arxeologik turizm, rekreatsion turizm, sarguzasht turizmi, ekzotik turizm, ekologik turizm, konferens-turlar, diniy turizm, etnik va nostalgiya turizmini rivojlantirish.


Glossary
1.Turizm: Turizm tashrif buyuruvchilarning faolligini anglatadi
2.Milliy turizm: Milliy turizm ichki turizm va chiqish turizmini o'z ichiga oladi, ya'ni rezident tashrif buyuruvchilarning ichki yoki tashqariga sayyohlik sayohatlarining bir qismi sifatida murojaat etilayotgan mamlakat ichida va undan tashqaridagi faoliyati.
3.Sport turizmi - bu turistning sayohat tajribasini ifodalovchi turistik faoliyat turi bo'lib, u sport musobaqasini tomoshabin sifatida kuzatuvchi yoki faol ishtirok etuvchi, odatda, raqobatbardosh xarakterdagi tijorat va notijorat faoliyatni o'z ichiga oladi.
4.Tog' turizmi - bu ma'lum va cheklangan geografik makonda, masalan, o'ziga xos landshaft, topografiya, iqlim, biologik xilma-xillikka (o'simlik va hayvonot dunyosi) xos bo'lgan o'ziga xos xususiyatlar va atributlarga ega bo'lgan tepaliklar yoki tog'lar kabi turistik faoliyat turidir. mahalliy hamjamiyat. U ochiq havoda dam olish va sport tadbirlarining keng doirasini o'z ichiga oladi.

Yüklə 107,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin