12-noyabr 2021-yilda bizning 246-DMTT sobiq bitiruvchilarning o’zlashtirshini nazorat qilish uchun №280-maktabga tashrif buyurdik. Shu kuni 1-B sinfdan bolalarni tolerantlikka oid tushunchalarini shakllantirishga yo’naltirilgan tarbiyaviy tadbir bo’lib o’tdi. O’qituvchim Usmanova Svetlana Ravilevna dars jarayonida bolalarni bag’rikenglik, o’zga millat vakillariga hurmat, ularning qadriyatlarini e’zozlash, milliy boyliklariga hurmat bilan qarash, toqatlilik, bardoshlik, do’stlik, birodarlik, vatanparvarlik, saxiylik, sadoqatlilik, ularga hurmat nazari bilan qarash ko’nikmalarini shakllantirish kabi tushunchalarni qamrabolgan bo’lib, ezgulik g’oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarni tarannum etgan.
Bizning sobiq bitiruvchilarimiz darsda faol ishtirok etishdi. Savolarga rus tilida to’liq javob berishga harakat qilishdi. O’zlashtirishi sust bolalar aniqlanmadi.
Bizning pedagogik xodimlar №280-maktabda 19-noyabr 2021-yil 1-A sinfda “Otam-onam va men” sport tadbiriga tashrif buyurdik. Tadbirda № 246-MTT sobiq bitiruvchilari oilasi bilan ishtirok etishdi. Tadbirda oilalar to’rtta jamoaga bo’linishdi. Tadbirda juda qiziqarli o’yinlar va musobaqalar uyushtirildi. Tadbir nihoyasida ishtirokchilar sovrinlar bilan taqdirlanishdi. Bitiruvchilarimizdan mamnun bo’ldik.