13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja



Yüklə 56,51 Kb.
səhifə1/2
tarix06.04.2023
ölçüsü56,51 Kb.
#93989
  1   2
Alohida kredit turlari


13-Mavzu. Alohida kredit turlari
Reja:
1.Alohida schyotdan kreditlash va kredit liniyasini ochib kreditlash tartibi. Kontokorrent schetidan kreditlash.
2.Overdraft bo‘yicha kreditlash va uni o‘ziga xos xususiyatlari. Lombard krediti va undan foydalanish imkoniyatlari. Revolver kreditini berish tartibi va uning ahamiyati.
3. Iste’mol krediti haqida tuShuncha. va uni rasmiylashtirish shartlari. Ta’lim kreditini berish tartibi va uning ahamiyati. Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga ajratiladigan kreditlar va ulardan foydalanish shartlari.
4.Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashgan kreditlarni berish tartibi.

Tayanch so‘zlar: alohida schyotdan kreditlash, kredit liniyasi, overdraft bo‘yicha kreditlash, iste’mol kredit, revolver kreditini, ta’lim krediti, ipoteka krediti, sinditsiyalashtirilgan kredit.


1.Tijorat banklari «kredit liniyasi ochmasdan» yoki «kredit liniyasi ochib», xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga alohida qarz hisobvaraqlaridan quyidagi maqsadlar uchun kreditlar berishi mumkin:



    • tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash, qarz oluvchining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, amal qilish muddati 30 kundan oshmaydigan akkreditivlar ochish.

Xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarni alohida qarz hisobvarag‘idan «kredit liniyasi ochmasdan» kreditlash bir martalik qarzlar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qarz berish to‘g‘risidagi qarorni bank ushbu qoidalarda ko‘zda tutilgan hujjatlar to‘plami asosida har bir qarz bo‘yicha alohida qabul qiladi.
Bank muassasasi kreditga bo‘lgan ehtiyojni xo‘jalik yurituvchi sub`yekt bilan birgalikda kredit buyurtmanomasiga hamda to‘plamda berilgan boshqa hujjatlarga asosan belgilaydi.
Bank kreditni kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatlarda qaytara boshlaydi. Shartnomada kreditni qaytarishning quyidagi tartibi belgilanishi mumkin:

    • majburiyatlarni bajarish muddatlari tugaganda kreditlar bo‘yicha qarzni qarz oluvchining hisob-kitob varag‘idan olish yo‘li balan;

    • qarz oluvchining hisob-kitob varag‘idan pul mablag‘lari bo‘sh qoldig‘ini uning to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra qarz hisobvarag‘iga kiritish yo‘li bilan muddatidan oldin;

    • tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar haqi sifatida kelib tushgan veksellarni hisobga olish yo‘li bilan;

    • Bank kafolat, kafillik bo‘yicha olingan majburiyatnomalardan, garov huquqini amalga oshirganda tushadigan mablag‘lardan foydalanish yo‘li bilan.

Xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarni “Kredit liniyasi ochib” kreditlash alohida qarz hisobvarag‘idan, oldindan kelishilgan kredilash summasi doirasida amalga oshiriladi. Bunda qarz oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli bulgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul hisob-kitob hujjatlari haqi Shu mablag‘lar hisobidan to‘lanadi. Shunda qarzni rasmiylashtirish shartlarini har gall bank bilan kelishish ehtiyoji qolmaydi.
Bunday kredit xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi, tayyorlov faoliyati bilan Shug‘ullanuvchi korxonalarga, savdo, ta’minot korxonalari va qoida tariqasida umumiy asosda kreditlanadigan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga berilishi mumkin.
Yuqoridaida aytilgan kredit turi berishning majburiy shartlaridan biri qarz oluvchi barqaror moliyaviy ahvolga ega bo‘lishidir.
«Kredit liniyasi ochib» qarz berilishi bankning kafolat majburiyatnomasi bilan rasmiylashtirilishi kerak. Bu kafolatnoma orqali bank o‘z vakillik hisobvarag‘ining ahvolidan qatiyo nazar, o‘z zimmasiga qarz oluvchiga kredit Shartnomasida belgilangan miqdor, muddat va kreditlash limiti doirasida hech qanday mone’liksiz kredit berilishini kafolatlovchi majburiyatlarni oladi.
Bank kafolat majburiyatnomasi ikki nusxada tuziladi. Ularning biri kredit xodmining farmoyishiga ko‘ra, balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olish uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi qarz oluvvchining yig‘majildida saqlanadi.
Hisobni yuritish uchun qabul qilingan majburiyatlar summasi qarz summasini chegirib tashlab, belgilangan tartibda iqtisodiy me’yorlarni hisoblab chiqish chog‘ida e’tiborga olinadi.
«Kredit liniyasi ochib» beriladigan kredit hajmi, undan foydalanish muddatlari va qaytarish davriyligi qarz oluvchi tovar etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzgan Shartnomalar tahlili asosida belgilanadi. Bu holat kredit Shartnomasida o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim.
«Ochiq kredit liniyasi» bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgani uchun qarz oluvchi bankka foizlar to‘laydi. Bu foizlar kreditdan foydalanish darajasi qandayligidan qati nazar, butun kreditlash limiti summasiga qo‘shiladi.
2. Bank kontokorrent kreditni moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga beradi. Bunday hisobvaraq kredit Shartnomasiga muvofiq ochiladi va mijozning bank barcha turdagi operatsiyalarni bajaradigan yagona hisobvarag‘i bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur hisobvaraq aktiv-passiv hisoblanadi, ya’ni unda aktiv qoldiq ham, passiv qoldik ham bulishi mumkin.
Kontokorrent hisobvaraq ochilayotganda qarz oluvchining hisob-kitob hisobvarag‘ yopiladi.
Qarz oluvchi kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kreditdan belgilangan kreditlash limiti doirasida foydalaniladi. Kreditlash limiti summasiga bankning kafolat majburiyatnomasi rasmiylashtiriladi.
Qarz oluvchidan tushgan barcha mablag‘lar kontokorrent hisobvarag‘iga kiritiladi. Agar kiritilgan summa (tushum) qarz summasidan oshsa (Shu hisobvaraqdagi debet qoldig‘i), hisobvraq bo‘yicha qoldiq kredit qoldig‘i bo‘ladi. Bunda kontokorrent hisobvarag‘i oldiga qo‘yiladigan maqsad o‘zgarmaydi.
Kontokorrent hisobvrag‘idan kredit asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi.
Boshqa turdagi to‘lovlar (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) kontokorrent hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i doirasida beriladi.
Kreditni qaytarish tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan tuShumni kontokorrent hisobvarag‘i kreditiga kiritsh tartibida amalga oshiriladi.
Foizlar Shartnomada aytilgan muddatlarda debet va kredit qoldig‘i bo‘yicha alohida yoziladi:

    • debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan foiz stavkasiga muvofiq foiz to‘laydi;

    • kredit qoldig‘i bo‘yicha bank mijozga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Shartnomaga muvofiq foizlar to‘laydi;

Kontokorrent hisobvaraq amal qiladigan muddat 12 oydan oshmasligi kerak. Qarz oluvchi 12 oy o‘tgach, kredit qoldig‘in ta’minlashi kerak. Agar kreditlash muddati tugagan vaqtda debet qoldig‘i mavjud bo‘lsa, u to‘liq so‘ndirilguncha kredit hisobidan pul berilmay turiladi.
Kredit Shartnomasi shartlari bajarilsa, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lsa, kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kredit uning yozma iltimosnomasi asosida, ilgari berilgan limit doirasida tiklanishi mumkin.
Har oyda kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha qoldiq tahlil qilinadi. Bunda mablag‘lar hisobvaraq bo‘yicha harakatlanishi ko‘rib chiqilishi, oy davomidagi debet va kredit aylanmalari hisobga olinishi zarur. Kredit aylanmalari ko‘p bo‘lgan hollarda, Shuningdek qarz oluvchining xo‘jalik-moliyaviy faoliyat natijalari asosida kredit xodimi xulosa chiqaradi. Shu xulosaga asosan kontokorrent hisobvarag‘idan bundan buyon ham foydalanish maqsadga qanchalik muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Qarz oluvchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni buzgan, uning to‘lov qobiliyati yomonlashgan va yaxshilanishi ehtimolidan uzoq bo‘lgan hollarda, kredit qo‘mitasi qarz oluvchini kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlashni to‘xtatish va ilgari berilgan kreditlarni ko‘zda tutilgan tartibda undirib olish masalasini ko‘rib chiqadi.
2. Overdraft kontokorrentning alohida shakli hisoblanadi. Uning o‘ziga xos tomoni Shundaki, bank mijozga qisqa vaqt davomida uning hisob-kitob hisobvarag‘ida debet qoldiq bo‘lishga ruxsat beradi.
Overdraftdan foydalanish huquqi, qoida tariqasida eng ishonchli mijozlarga beriladi. Overdraft hisobvarag‘idan kreditlar qarz oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi.
To‘lovlarning boshqa turlari (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) overdraft hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i doirasida o‘tkaziladi.
Overdarft qo‘llanilganda qarz oluvchining overdraft hisobvarag‘iga kiritiladigan barcha summalar qarzni qoplashga yo‘naltiriladi. Natijada mablag‘lar kelib tushgani sayin kredit hajmi o‘zgarib borishi mumkin. Qarzdan foydalangalik uchun foizlar amaldagi kelishilgan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Kontokorrent hisobvarag‘idagidan farqli o‘laroq, overdraft ko‘rinishidagi qarz bank bilan mijoz o‘rtasidagi Shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit berish shartlari va uni qaytarish tartibiga ko‘ra bank qarz oluvchiga hisobvaraqda turgan mablag‘lardan ortiq summadagi haqni to‘lashga ruxsat etmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Overdraft shaklida kredit berilganda kredit oluvchi har bir oy oxirida overdraft bo‘yicha kredit qoldig‘i bo‘lishini ta’minlagi lozim. Agarda bankda mijozning depozit hisobvarag‘i bo‘lsa, u holda depozit mablag‘lari dirasida unga doimiy debet qoldig‘iga ega bo‘lish huquqi beriladi.
Oy oxirida ushbu bankda qarz oluvchining depozit mablag‘lari bo‘lmasa va overdraft bo‘yicha debet qoldig‘i bo‘lsa, u to‘liq qoplangunicha bunday qarz berish to‘xtatib turiladi.
Qarz oluvchi overdraftdan foydalanilgan hollarda u mazkur kredit turini boshqasiga qayta rasmiylashtirish huquqiga ega. Buning uchun kredit qaytarilishi ta’minlangan bo‘lishi hamda qisqa muddatli kreditlash yuzasidan belgilangan muddatga rioya etilishi shart. Overdraft kontokorrent sifatida qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Lombard krediti asosiy faoliyatga taalluqli tovar-modiiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun qimmatli qog‘ozlarni garovga olib, alohida qarz hisobvarag‘idan beriladigan qisqa muddatli qarzdir.
Lombard krediti ta’minoti sifatida quyidagilar garov Shartnomasi rasmiylashtirilib berilishi mumkin:

    • davlat qimmatli qog‘ozlari;

    • boshqa emitentlarning aksiyalari va obligatsiyalari, veksellari va depozit sertifikatlari. Bankning o‘z aksiyalari garov sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Lombard kreditining o‘ziga xos xususiyati Shundan iboratki, garov Shartnomasi tuzilgan kundagi nominal qiymat bo‘yicha emas, balki garov sotilayotgan vaqtda yuzaga keladigan kurs xatarlari munosabati bilan, uning muayyan qismi uchun baholanadi.
Shu bois, qimmatli qog‘ozlarni garovga olib lombard kreditini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda bank qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bir vaqtda kredit ta’minoti tarzida qabul qilinadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida hamda ularning kurs xatari darajasini baholashga alohida e’tibor beradi.
Shu tariqa, qimmatli qog‘ozlar kotirovkalanayotganda ularning kurs xatarini belgilab beruvchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi birja kursi o‘zgarishlari munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning garov qiymati birja qiymatining 80 foizidan, kotirovkalanayotgan qimmatli qog‘ozlar garov qiymati esa, nominal qiymatning 60 foizidan oshmasligi zarur.
Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib beriladigan kredit muddati qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish muddatidan oshmasligi lozim.
Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining birja kurs kredit Shartnomasida qayd etilayotganida fond birjasidagi oxirgi savdolarda chiqarilgan kotirovka ma’lumotlari hisobga olinadi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari reyting sifati ayniqsa Yuqoridai darajada bo‘ladi. Shu bois ular garovga qabul qilinayotganda beriladigan kreditning maksimal summasi ular garov qiymatining 90 foizigacha etishi mumkin.
Qarz oluvchi fond bozoridagi sotib olgan boshqa qimmatli qog‘ozlar garovga olinayotganda kredit maksimal summasi ular garov qiymatining 80 foizidan Yuqoridai bo‘lmaydi.
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foiz to‘lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlash tartibiga o‘xshashdir.
Asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash maqsadida tuzilgan pul hisob-kitob hujjatlari pulini to‘lash uchun qabul qilinadi.
Qarz oluvchi bankka garovga qo‘ygan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga foizlar qo‘shilmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib kredit Shartnomasi tuzilganidan keyin bank qimmatli qog‘ozlar emitentiga uning qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bitimi tuzilganligini hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar kiritilishi lozim bo‘lgan depozit hisobvarag‘i raqamini ma’lum qiladi.
Lombard kredit beriladigan hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisobvarag‘iga qo‘yiladi (depozit Shartnomasi rasmiylashtirilmasdan) va birinchi navbatda ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, Shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Kreditlash jarayonida bank garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi birja kursidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari yordamida axborot to‘plab beradi.
Kreditlash davomida Fond birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati pasaygan bo‘lsa, u holda kredit qo‘mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga Shu summada qo‘shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori kamaytirilib, kreditning ta’minlangan qismi muddatidan oldin undirib olinishi mumkin.
Lombard krediti bo‘yicha barcha majburiyatlari bajarilgandan keyingina garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha olingan daromadlar qarz oluvchiga qaytariladi.
Lombard kredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hollarda bank imtiyozli davr tugaganidan keyin garov to‘g‘risidagi amaldagi qonunga muvofiq o‘z garov huquqidan foydalanadi.
Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining shakllaridir.
Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’mol krediti Shartnomasi (bundan buyon matnda Shartnoma deb yuritiladi) bo‘yicha to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi.
Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Iste’mol krediti berish qoidalari iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Iste’mol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi va ularda iste’mol krediti berish shartlari, Shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, iste’molchi to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovlar jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik o‘zgarishi Shartnoma taraflarining majburiyatlariga ta’sir etmaydi.
Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanilganda:

  • Shartnoma iste’molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga doir Shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin;

  • iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Moliyaviy iste’mol krediti berish O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi.
Iste’molchi tomonidan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi:

  • bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;

  • uchinchi shaxslarning kafilligi;

  • mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, Shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;

  • qonun hujjatlarida va Shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin.

Iste’molchining daromadlari hajmi, Shuningdek Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ta’minoti iste’mol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun etarli bo‘lishi kerak.
Moliya iste’mol krediti berish Shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi va ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Iste’molchi Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil iste’mol kreditini qaytarish muddati tugagach, iste’mol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonun hujjatlariga va Shartnomaga muvofiq iste’mol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashi shart.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xo‘jaliklariga g‘alla etishtirish uchun "O‘zdonmahsulot" tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya Shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya Shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.
Jamg‘arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom ashyosi etishtiradigan fermer xo‘jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya Shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya Shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi.
Kreditlar belgilangan shartlar asosida kreditni qaytarishga qodir bo‘lgan qarz oluvchilarga Shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) bo‘lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi.
Kreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va uskunalarni xarid qilish;

  • yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish;

  • mineral o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, veterinariya dori-darmonlari sotib olishga;

  • MTP, muqobil MTP, shirkat xo‘jaliklari, SFU (Suvdan foydanuvchilar uyushmasi), boshqa xo‘jalik sub’ektlari xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;

  • g‘alla hosilini o‘rish va paxta xom ashyosi yig‘im-terimi xarajatlari uchun to‘lovlar;

  • bevosita g‘alla va paxta xom ashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar uchun.

Olinadigan kreditning qaytarish ta’minoti sifatida qarz oluvchi bankka o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan erdan joriy yilda olinadigan bo‘lg‘usi hosilni ta’minot sifatida taqdim etadi.
Bunda bank va fermer xo‘jaligi o‘rtasida bo‘lajak hosilni garovi Shartnomasi imzolanadi. Shartnomada garovga qo‘yilgan hosilni "O‘zdonmahsulot" va "Paxtasanoat" tayyorlov korxonalariga va boshqa xo‘jalik sub’ektlariga sotishdan tushgan barcha pul mablag‘lari birinchi navbatda ushbu kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilishi to‘g‘risidagi shartlar belgilab qo‘yiladi.
Shuningdek, garov Shartnomasiga fermer xo‘jaligi tomonidan bo‘lg‘usi hosilni kredit bergan bank-benefitsiar foydasiga ixtiyoriy sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisini ilova etishi shart.
Tijorat banklari qarz oluvchilarga kredit berishni Shartnoma asosida, garovga er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga taqdim etgan holda, amalga oshiradi.
Bunda er uchastkasini ijaraga berish muddati kredit Shartnomasida belgilangan, ta’minlanishi uchun u garovga qo‘yilayotgan kreditni qaytarish muddatidan kamida besh yilga ko‘p bo‘lishi kerak.
Kredit berish muddatlari kreditlanayotgan tadbirning qoplanish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi, xususan:

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga doir aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit odatda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi;

  • fermer xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar muddatni kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha bo‘lgan muddatga berilishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘lanmagan fermer xo‘jaliklarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga doir boshqa kreditlar bo‘yicha, ularning kreditlardan foydalanishi eng ko‘p muddati, uzaytirishni hisobga olganda, 12 oydan ortiq qilmasdan belgilanadi.
Beriladigan kreditning summasi er uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatining 80 foizidan oshishi mumkin emas.
So‘ralayotgan kredit summasining qaytarilishini ta’minlash sifatida er uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymati etarli bo‘lmagan taqdirda qarz oluvchi er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yishga qo‘shimcha tarzda ta’minotning boshqa shakllarini taqdim etishga haqlidir. Kredit qaytarilishining qo‘shimcha ta’minoti sifatida mol-mulk va qimmatli qog‘ozlarning garovi, olingan kreditning qaytarilmaslik xatarini sug‘urtalash, uchinchi shaxslarning kafilligi, Shuningdek ta’minotning boshqa turlari taqdim etilishi mumkin.
Kreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish va tovar-moddiy boyliklar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalarini ana Shu hisobvaraqdan naqd pulsiz tarzda to‘lash yo‘li bilan beriladi.
Naqd pulni ssuda hisobvarag‘idan berish faqat o‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, kichik biznesning boshqa sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutalarda mikrokreditlash tartibi (ro‘yxat raqami 903, 2000 yil 29 fevral) belgilab bergan maqsadlarga va tartib hamda miqdorlarda amalga oshiriladi.
Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi: 

  • Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga;
    Yüklə 56,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin